Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni fikrimcha ushbu pul mablag'iga Sardoba fojisdan zarar ko'rgan oilalarga yuz niqobilar (maskalar) va antiseptik vositalar hamda qolqoblar olish kerak! chunki mamlakatimizda karantin hanuzgacha davom etmoqda! Bu borada esa hali hech bir tashkilot yoki birorta inson sardobaliklarga karantinda kerak bo'ladigan vositalarni bergani yo'q!
Agar sizlar shunday qilsangiz koproq insonlarga yordam bergan bilardingiz yani hech kim chata qilib ketmas edi! yig'ilgan pul mablagʻlari hammaga teng foyda keltirar edi! A.Hakimov✍️
Sardoba xalqi uchun yig'ilgan bu pul, barcha Sardobaliklar uchun birdek nafkeltirsin. Masjid yoki maktab qurilishlariga boshlang'ich mablag' qilib kiritish kerakmikan.
Assalomu alaykum! Ularni ichida nogironligi bor, yoki yitim, yoki boquvchisi yoq oilalar kop kiyin aytkancha manimcha hamagayam uy qurub bermayapti ozlarini uylarini rekanstruksiya qberilgan va oilasida erkak kishi yoqlariyam bosa kerak (boquvchisi ishlaydigan insoni) shunaqalarni sorab surushtirib bersa yahshi bolardi. 203 mln sôm hamagayam yitmas lekin shu qiynalgan oilalarga bosa duosiyam ijobat bolardi.
Muhammad
Nima bo'lganda ham maqul ishni kanalda e'lon qilsangiz xursand bolardik
shu yerda yashshb shu fkrga keldm suv masalasi yamon
Sardoba rahbariyatiga murojaat qilib u yerdan yer olib bir yirik bog' tashkil qilish kerak.
Mol-qoʻy, parranda tarqatgan yaxshi deb oʻylayman. Bilamizki, bu tuman aholisining chorvasi toshqinda nobut boʻlgan. Davlat balki chorva tarqatgandir lekin, davlat tomonidan berilgan chorvani koʻrganman kasal, qari mollarni tarqatishadi. Aholi qancha koʻp boʻlsayam boqaveradi chorvani. Masalan mol tarqatadigan boʻlsak, novvoschalarni, hunajinlarni tarqatish kerak. Shunda molni olgan aholi undan bir-ikki yilda katta daromad koʻradi. Oʻshanda 203 million soʻmni emas balki undan ikki-uch barobar koʻp pulni tarqatgan boʻlamiz balki.
Ассалому алайкум. хакикатда бу пулларни масжид куриш учун сарфланса ёки бирор бир кичик ишлаб чикариш курилса яхши булади. ахолини маълум бир кисми иш билан таьминланади.
Ойсара Пўлатовна
Ассалом Хушнудбек. Билмадим аёл бўлганим учун шундай фикрлаётгандирман. 10 та бўлса ҳам хотин-қизларни иш билан таъминлайдиган кичик ишхона қурдирингизлар. 50-60 миллион кредит олиб иш бошлаганлар хам кўп-ку.
Assalomu Alaykum. Men toshqindan zarar ko'rganlarga yangi qurib beriladigan uylarga elektr toki, gaz, suv ta'minoti otkazilishiga sanriflash kerak deb o'ylayman. Misol uchun elektr taqsimlovchi trasformatorlar sotib olib erkazishsa bo'ladi.
Kam taʼminlangan oila va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga bu pullar juda zarur deb hisoblayman, keyin ularni farzandlari oʻqiydigani boʻlsa ularga osha kantrakt puli va oʻquv qoʻllanmalari olgan yaxshi
Jumayev Feruz.
Salom kam ta‘minlangan 10 ta oilaga bulib berish kerak.
Хаммага етказиб булмайди Хар кандай холатда хам . Яхшиси фодеада вафот этганларга булиб бериш керак
Assalomu alaykom xushnudbek
Aka yiglingan pullarga masjid qurdrib bersangiz pul yetmashi mumkin Demizku Alloh baraka ato etadi kamiga yana yiglar niyat qilsak shu ishga dudim
Ота ёки онасини йукотган оилаларга ва 20 ёшгача булган 3 дан ортик фарзанди бор оилаларга !
Ximoyat Mirxalilova
Asalom Alekom .Aholiga ish orin yaratib ish bn taminlash eng togri yol. Lk mablag sexmi zavodmi qurishga yetmaydi .Shunday ekan mablag kopi bn 50 kishini 2oy mavsumiy ish bn taminlashga yetadi.oylik maosh 2mln somdan.Mavsumiy ish Sardobada SUV toshib vayron qilgan joylarni obodonlashtirish.
Ахоли гавжум жойга Book Kafe қуриш керак. Яхши интернет билан таъминлаш керак
Ассалому алайкум Ҳушнудбек.Ҳалоллигингизга тан берганман сизни.Сиздай инсонлар купаяверсин илоҳим.
Show next 100 comments