Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Delete account
Ассалому алейкум мени фикримча камтаминланган оилаларга таркатиш керак деп ойлайман бу мени фикрим нотугри фикир берган болсам узур 🙏
Big_nuri
Мени фикрим хаммом курип бериш керак кишлок шароитда роса керакли кишди куни айникса
Assalom aleykum.Mening fikrimcha ,,Sardoba" ahli uchun oziq-ovqat olib bersak maqsadga muvofiq bôlardi.Pandemiya sharoitida odamlar uchun ham foydaliroqdir.
Сардоба кам таъминланган 10 кишига беринг. Биз бориб соц опрос ўтказганмиз ҳолатни кўрганмиз. АҚШ ку майли Россиядан келолмай мухожир Ўзбек деган ном олганлар билан журналистик таҳлил қилиб Ҳукуматга моддий кўмак механизмлари таклифини киритиш зарур. Бу эса, Сизни қўлингиздан келади ва УзАни ҳам. Азизбек 909090683
Баходир Рахматуллаев
Энг катта зарар курган кишлокни еки давлат ердам бермаетган махаллани топиб уша ерда энг катта муаммога сарфлаш керак. Масалан электр симлари, еки окава сув, кучани асфалти. Хуллас хаммага фойдаси тегсин. Агар маблаг етмаса яна давом эттриш керак хайрияни. Килинадига ишни сарф харажатлари курсатилса етмаган пулга яна ердам беради одамлар. Давлатдан кура сизга ишонади купчилик
Aholi uchun tibbiyot muassasi qurilib, davlat tomonidan tibbiyot hodimlari bilan ta'minlanishi kerak. Issiq jonning isitmasi bor. Bu pulga hamma uchun shinamgina shifoxona qursa bo'ladi xudo xohlasa.
Assalomu aleykum bu masalada hozirda davlat tomonidan ham juda katta bir yordamu imtiyozlar ajratilgan,Masalan: yordamga muhtojlarning umumiy sonini 100 deb oladigan boʻlsak shulardan imkoniyati boricha 10 tasigami 20 tasigami oʻzini tiklab ketaoladigan darajada sarflansa qoʻlganlari davlat tomonidan taminlanadi.Menimcha shunday qilinsa vaqtdan yutulardi.
Assalom aleykum men osha sardobadanman shuncha etibor yordam berilyapti bunga kattakon rahmat. Ushbu summani shu sardoba fojiyasida ishlayotgan tuni kuni bilan ishlayotgan ichki ishlar hodimlar, barcha usta ishchilar, shafyorlar harbiylarlarning oilalariga ham bir yordam sifatida ushbi yig'ilgan mablagni sarflashingizlarni maslahat bergan bolardim. Chunki ularning kopchiligi hali oila azolarini farzandlarini korganicha yoq ayniqsa sardoba ichki ishlar hodimlar ular mukofotga munosib. Jabrlangan aholiga davlatimiz tomonidan keragidanda ortiq yordam korsatilyapti bu eng togri qaror deb oylayman
.....
@Xushnudbek.uz
Manimcha bu pulni ovqat va shunga o'xshash narsalarga sarflagandan foyda yo'q chunki ovqatni 3 kun istemol qilish mn undan ortiq emas.
Masjid ?? Masjidni wundoq ham davlatni uzi qo'rib beradi. Agar yaxwilab uylab qarasak Davlatni uzi ancha muncha yordam berib quydi...
Manda bitta taklif bor bu pulni Sardoba fojiasi halok bulgan askar yoki milliy gvardiya xodimini uydagilariga yetkazib bersangiz yaxwi bulardi chunki Marhum insonlarni qutqaraman deb halok buldi va bu odamiylik jihatdan ham to'g'ri buladi deb
Assalomu alaykum Alloh rozi bo'lsin juda davobli ishga qo'l urdingiz.
Fikrim: baliq emas qarmoq olib berib baliq tutishni o'rgatish kerak degan fikr asosida o'sh pulga mol,qo'y,echki,tovuq, olib eng qiynalgan oilalarga tarqatish kerak deb o'ylayman
O'tkirjon Quchqorov
Biroz kutib turinglar. OTM larga imtihon bo'lib o'tsin. Davlat grantiga kira olmagan Sardobalik talabalarga (ehtiyojmandlariga) to'lov kontraktini to'lab beringlar.
Sattarov Isroil
NAFAQAT SARDOBAGA BALKI BUTUN O'ZBEKISTON UCHUN FOYDALI BO'LADIGAN TAKLIF. 50 TA YOSH YIGIT-QIZLARNI TANLOV ASOSIDA DASTURCHILIKKA O'QITISH KERAK. MOBIL ILOVA VA SAYT ISHLAB CHIQARUVCHI ONLINE KORXONAGA ASOS SOLSA BO'LADI. BULAR DAVLATGA SOLIQ TO'LASHDAN OZOD ETILGANLIGINI HISOBGA OLSAK, ANCHA NATIJADOR BO'LADI. BUTUN DUNYOGA NOMI CHIQQAN DASTURCHILAR HAM QIYIN SHAROITLARDA BAZO'R PUL TOPADIGANLAR ORASIDAN CHIQQAN. INGLIZ TILI VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI KELAJAGIMIZ ASOSIDIR
shunga qoʻshmcha sfati shu narsani ayta olmanki xozirgi texnalogiya zamonida ozmizni dvlatmzad ishlab chqarilgan telefon komputer aloqa vositalrni yaratish uchunam yoshlrni davlat granti asosida amerika anglya xitoy uaponya germanga va boshqa texnalogiya taraqqiy etayotkan davlatlarga oqshka yuborsh kerak qachongacha xtoyni 7 sort mahsulotni ishlatamza
Mini stadion kutibxona shunga uxshash narsa qursa yaxshi bulardi
My name
Ассалому алейкум. Бу пулларни моддий жихатдан кам таминланганларга хамда боқувчисини ёқотганларга берилганларга бериш.
Meni fikrim juda qiynalgan oila azolarga berish kk deb uylayman
Show next 100 comments