Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Nasaf Master Metall MChJ
Sizlarga aytsam sardoba xalqi ishsiz hozir. Deylik ularga masjid kutubxona qurib berdiz.. deylik kantrakt pulini toladiz. Yoki oziq ovqat. Uy qurib beryapsiz. Lekin undan Nima foyda.. aytingchi.. ularni ishi yoq.. ishsiz.. ertaga qish oyi qanday kelishi nomalum.. Chet ellarga ishlashga ketgan barcha vatandoshlarimiz uyiga qaytmoqda. Bu virus balosi qachon chekinishi nomalum. Yaqin 6 oyda ishsizlar mamlakatimizda juda juda chiqqisiga chiqadi nazarimda.. shuning uchun vatandoshlar keling bir birimizga yordamlashamiz.. xushnud akani aksiyalarini sonini kopaytirishimiz kerak.. nafaqat sardobada balki o'z viloyatingizda. Shahar va tumaningizda mahallangizda hattoki yashab turgan kochangizda "bir ko'chada bir _tadbirkor" ni yaratsak.. keyin osha tuman shaharda tadbirkorning mahsulotiga nisbatan uning istemolchilarini aniq belgilab olsak.. tadbirkor kamida kochasidan har bir oiladan 1 kishidan ishchi olsa. Oylaymanki ham odamlar ish izlab kochaga chiqmaydi. Ham karantin talablari bajariladi. Yani bir kochani odami osha yerda ishlasa qanday yaxshi.. manaytayotgan taklif faqat sardobaliklarga emas. Butun mamlakat miqyosida qollasa boladi. Keyin bu ishlarni faqat davlat orqali amalga oshirsa boladi. Chunki bunga katta mablag' katta ishni amalga oshirishga qodir qayerga qaysi biznesni qoysak maqul tushishini tahlil qila oladigan menejer kerak. Chunki tadbirkor kerak ekan deb shunchaki pul berish yaramaydi. Tadbirkorni qanday biznes bilan shug'ullanishini menejer belgilashi kerak. Osha hududning mavjud imkoniyatlari va kamchiliklarini inobatga olgan holda...
Yoki yana bitta variant
Jabr ko'rganlar orasida boquvchisini yo'qotganlar yoki kam ta'minlangan oilalarga berish kerak
Assalomu alaykum. OTMlarga Kontrak o‘tgan studentlarga va o‘qiydigan talabalarga Kontrak pulini to‘lab berish maqsadga muofiq bo‘ladi.
Истат Камолова
Ассалому алайкум, Хушнудбек, менимча бу пулларни сардобаликлар учун курилаётган уйлар курилиши ёки Уй жихозлврига йуналтириш керак
UZВ UZB
Имконияти минимумдан хам паст булган 20та оилага 20та Согин Сигир олиб беришса яхши буларди ,ёки битта махаллага ичимлик суви учун сарфлаш керак.
avvaldan sharoiti "og'ir" bo'lgan oilaga uy olib berish kerak .10ming 20 ming som bilan hech nima o'zgarmaydi meni shaxsiy fikrimu eng maqul variant shu
Talofat ko'rgan talabalar bo'lsa ularni 10-15tasiga kantrakt pulini to'lab berish kerak chunki ular o'qishni tashlab qo'yishlari mumkin!
Murodov Abror
Энг куп жабр курган оилага бериш керак 10 та бусаям тула тукис бутланади,колган оилаларга хам шу тарзда кетиш керак шунда ярим ярти б.б комиди лекин етиб боришини назорат килиш к.к
Azizbek Ibroximov
Assalomu alaykum.Meni fikri ojizimcha o'sha yerga borib kim nimaga muhtoj ekanligini bilish kerakmikan!
Doimiy ishlaydigan Ish òrni yaratish kerak bu pullarga
Қобилбек Ҳамдамов
Ассолому алайкум. Хушнудбек ака мени таклифим. Сардобада вилоятлардан бориб уй таъмирида ишлаётган усталарга озиқ овқат махсулотларидан ёрдам берса зўр бўларди. Ўзим хам хозирги кунда Фарғона вилоятидан Сардобага хашарга келганман. Усталарга озиқ овқат махсулотлари зўр дея олмайман. (Бу шахсий фикр)
Azamat Xalimov
Meni dòstlarim xuddi o'sha zarar ko'rgan xududda ishlab (ustalar) qaytishdi uyerda hozirgi aholiga qilib berilayotgan sharoit judaham alo darajada. Bu pullar kasalhonada jiddiy kasal bn og'rib yotgan ehtiyojmand insonlarga berish kk menimcha. Kontrakga ,maishiy texnika olishga ,mini stadion kutubxona qurishga ishlatgandan kòra bir oilaga baxt ulashish kerak.
Salom Xushnudbek sizga murojaatim bor edi uzr shu yerga yozyapman..
Magistraturani tugatganman biroq doktaranturaga kira olmayapman..Kuzda borsang qishda kel qishda borsang imtihon tugadi deydi institutlar.Mustaqil tadqiqotchi bulib domlalar oldiga borsang Sizni kim junatdi deydi hech kim uzim deyman shunaqa savoldan zerikib prezident junatdi dedim bittasiga ikkilanganidan akademiklar ham bajaralmaydigan topshiriqlarni berib qoldilar a.Nima uchun doktaranturada faqat professorlarni bolalari uqiydi yoki suyukli shogirdlari.Doktarantura falon kuni qabul falon kuni imtihon falon fandan DTM oladi testini desa bulmaydimi..Umr ham utib ketyapti yoshim 36 da Adabiyot yunalishini tanlabman u avlodimda professor qarindoshlarim yuqligini hisobga olmabman..Doktarantura imtihonlari shaffof bulmayapti..Chunki imtihonda yuqori bal oladiganlar oldindan malum kerak bulsa unga raqobat qiladigan odamni uzi ham yuq ha qachon nima hujjat qayerga topshiriladi bu haqda hech qaysi OAV da eshitmaganman ham...Ishlaringizga omad.
Akbar Juraev
Sharoiti og'ir, yetimlar yoki ko'p bolali qiynalgan oilalarni 20tasiga bittadan yaxshi sigir olib berish kerak.
Исроилжон
Ахолига ерларини хайдаш ишлов бериш учун унверсал трактор олиб берилса 10ёки 20йилга аскотади
🅝🅐🅩🅐🅡🅞🅥. 🅝
Bu pulni manga bersayiz 20 ta sardobalik uchun ish òrni yaratardim.
Assalomu alaykum, Xushnud aka. Tezda maqsadga o'tsam: menimcha bu pullarni ,,tabiiy ofat" qurbonlarining oilalariga tarqatish kerak. To'g'ri, vafot etganlarni bu pullar bilan qaytarib bo'lmaydi, lekin harna yordam bo'lardi, menimcha.
O'sha suv omborini qurganlarga ming lan'at!
Assalomu alaykum Bu Mablagni aynan Sardobaliklarga berish kerak db hisoblamayman kanalda elon bering SAXOVATLI odamlar balki yordam qilishir yana 1 oyda kiyinn yigilgan Summaniv bulib eng yordamga muhtoj oilalarga yoki kasallarga qarashsa yaxshi bulardi menimcha eng qiyin narsa manashu Tuzaladigan kasal lekin oddiy doruga pul topolmi qolgan oilalar bor Sardobadagilarga 40 mln dan pul ajratildi Bu bir oilaga bemalol 1 yil yashashga yetadi urtachadan yaxshiroq yeydi kamroq kiyadi lekin hozir bu pul juda kerak bugan oilalar boshqa viloyatlarda juda kub
Талофат курган жойларда Иш урни яратиш керак деган фикр бор менда: сартарошхона.. этикдуз... еки мактаб-богча та'мир ишларига еки уларни моддий техник базасини бойитиш керак дейман
Рустам
Ассалому алайкум манимча ахолига балик эмас балки кармок олиб берарсиз. Яни кандайдир бизнес масалан: тикувчилик, нонвойчилик, курилиш у.н гишт цехими хуллас хаказо.....
Show next 100 comments