Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Нима булганда хам соглик учун ишлатиш керак.Бош омон булса дуппи топилади.Дуппини топиш эса инсонни узига,харакатига боглик(деган фикрдаман).Шароитларга келсак Президентимизга катта рахмат!!! Хамма шароитларни яратиб беряптилар.
Birinchi o'sha yerdagi odamlarni o'rganish kerak 2 3 kun umuman o'sha yerlik fuqoro bo'lsa kimni ahvoli qay holatda ekanligi na'moyon bo'ladi.Shundan keyin rais va boshqa xodimlar deb o'tirmang ommaga ham ko'rsatmasdan oilaning oylik daromatiga qarab tarqatib chiqish kerak deb uyliman.Masalan kimdur davlat ishida ishlatdi oylik tushumi bor agar ular orasida ham ko'p farzandli qiynalgan nochor oilalar bo'lsa yordam berish kerak.Davlat ishida ishlamaydigan boquvchisini yuqotgan oilalarga ko'proq ulush ajratasizlar.Manimcha shunda adolatli bo'lsa kerak.
Азизбек
Мактаб ва богчаларни тамирлашга барибир одамларга етмайди болалар келажакимиз
Sherzodjon Nishonov
Хушнудбек менимча бу пулларни 20 та Сардобалик талабаларни укиши учун контракт пулларини тулашга сарфлаш лозим, зеро шу талабалар орасидан хеч булмаса 10 таси сизга ухшаган булиб эл юртга хизмат килсин.
Muhayyo_Tojiqulova_25_09_❤❤❤ Muhayyo
Assalomu aleykum juda yaxshi savobli ishga qòl uribsiz.Toĝri pul hammaga kerak.Eng avvalo xalqning sharoitini òrgangan holda ularga nima zarur bòlsa shuni qilib berish kerak deb òylayman.Masalan: boĝcha,ichimlik suvi,maktab yo kòchalaridir.
Assalomu aleykum! Menimcha bu mablagʻbi bogʻcha qurish uchun yoʻnaltirish kerak, chunki koʻpchilik ota onalar bola tarbiyasi bilan shugʻullanaman deb uyida oʻtirishadi, bolalar bogʻchada boʻlsa ham bilimli boʻladi ham ota onasi uchun ishlash sharoiti yaratiladi
Бу пулларга суд ҳаражатларига сарифлаб тузироқ адвокат топиб айбдорларни тезроқ топиб жавобгарликка тортиш кере ҳич бўлмасам холис экспертларни олиб келиб текширув ўтқазиб экспертиза ҳулосасини чиқариб айбдорларни жавобгарликка тортиш кере бўлмасам призиднентга ҳам бошқасига ҳам ишониб кутиб отирсак откан иш отиб кетади .
Assalomu alaykum, menimcha yig'ilgan pulni barcha umumiy foydalanadigan qo'shimcha ish o'rni yarata oladigan korxonaga sarflab, uni qayta faoliyatiga yordam berish kerak. Shunday qilinsa aholining uzini uzi ishlab qayta unglanib olishiga yordam bulardi. Naxt pul berilgan taqdirda ham 3-4 kunga qolmasdan tugaydi. Ammo ularga ishlashlariga imkon berilsa, uzlari pul topib hayotlarini izga solib olishardi deb uylayman. Bu mening shaxsiy fikrim, xato bulsa uzr surayman
Boshidan o'tkazgan tabib deyishadi yig‘ilgan mablag'ni qay darajada o'rinli taqsimlash kerak degan masalaga Sardobalik yurtoshlarimizning o‘zlaridan so'ralsa ayni muddao bo‘ladi lekin birinchi orinda ayollar va bolalar salomatligi va ehtiyojlarini ko‘rib chiqish kerak
Ассалому алайкум. Хеч булмаса 2 та хакикатда ночор оилага 100 млн дан булиб бериш керак. Албатта факат пул куринишида эмас, хожатига ёрдам бериш керак
Aholida qulaylik yaratish maqsadida iwlatilishi kerak Muxjotlar bor ln hamma bir xil jabr korgan uni buni ajratib olish kerakmas qandaydir barcha axoli uchun hizmat qiladigan ish qilish kerak Misol un : Qanadr Yol tizimi yoki elektr energiya yoki enternet tarmoqlari bn barcha honadonlarni taminlash kk bilamz viloyatlarni ayrim qismlarida enternet muammosi talaygina
Ххх
Бу пулларни бировни камашга еки бировларни кантрак пулларини тулашга манимча беришмаган уша худудда талофат курган мактаб, богча, шифохонага еки масжидларга сарфласа энг яхши савоб иш булар эди манимча.
Maqsud Jonixonov
Фикримча, энг яхшиси, талабаларнинг контракт пулини тўлаш. 20 та оилага қувонч кирган бўлади шунда.
Abror
Хар бир оиланинг электр энергия хисобига утказиб берилса хам булади
Assalomu alaykum bitta oilada 5 kishi bolsa o`rtacha 100 ming so`m bo`larkan shu pulni 70 mingiga 50 kg uy 30 mingga kartoshka olsangiz va har bir oilaga tarqatsangiz menimcha hamma oilalarga kerakli yordam bo`lardi
Yodizda bo'lsa 2 ta yosh qizcha suvga cho'kib ketgandi, shularni ota-onasiga bering
S Rasulov
Ana kurdingizmi halq bilan ishlash qiyinligini xokimlar masullarni xolatini oz kam pulni taqsimlash qiyinligini
Assalomu aleykum! Manimcha Sardobalik yoshi katta insonlar bilan maslahatlashish kerak!
Барча пулга янги бадиий китоблардан харид қилиб Ахоли эвакуация қилинган худуддаги мактабларнинг кутубхоналарига тенг тақсимлаб бериш керак. Илмга тикилган маблағ келажак пойдевори
Muslim
Assalomu aleykum, Xushnudaka birinchidan sizga va saxovatli insonlarga rahmat, mani fikrimcha 203 mln pul bilan bogcha yoki maktab qurishga yetmidi, insonlarga pul korinishida tarqatish ham samarasiz, talabalarga kontrak tolovi ham samarasiz, chunki 203 mlnga 20 ta talabani 1 yillik kontrakti, 70 ming oilada necta bola bor?! Bu pulni balki, ijtimoiy sohaga yonaltirgan yaxshiroqdur, bilishimcha kopchilik gazdan qarzdorligi bor, oshanchun gazdi kesib ketilgan kopchilida, kelin ularga shu gaz taminoti boyicha qarzdorligini qoblab, gaz taminotini yanada yaxshiroq qilishga komaklashish uchun sarflaylik, qishdi g'amini yozda qil degan gap bor, davlatga ham sal bosayam yordam, uzluksiz gaz bilan taminlash kerak mening taklifim. Bu xududlarda 1 kun qishda oddiy xalq bilan yashaganda tepadagilar, balki gazning xalq uchun qanday darajada muhimligini anglashardi, hozir ham Xushnudaka bilasiz, kop qishloqlar gazsiz o'tkizishadi. Albatta bu borada hammani fikri har xil, davlat ham gazdi tekinga berishi mumkin, lekin qaysidur boshqa joydan oshani pulini chiqarishga togri kepqolishi mumkin, yana noxaq qarzdorliklar kopayishi mumkin.
Show next 100 comments