Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Konfutsiyning bir gapi bor "Baliq bersang bir kun boqqan boʻlasan, tutishni oʻrgatsang bir umr boqqan boʻlasan".
Kam taminlangan oilalarga berish kk
Bizdan emas sardoba axlidan fikrini sorang szga loyixa taklif qilishsin ozlarini xudududini yaxshi biladi nma maslaxat berishni bilishadi. Szga 200 mln likloyixa taklif qikishsn va eng zorini tanlab oling.
Ulugbek 777
Assalomu aleykum. Yig'ilgan pullarni o'rtacha yoshi 40 yoki 50 yosh bo'lgan nogiron oilalarga tarqatish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Nogiron keksa odam bo'lgan va boquvchisiz kam ta'minlangan oilalar. Bu mening shaxsiy fikrim.
Ганижан Акиев
сув чикариш керак....
ёки трансформатор урнатиш керакми...
Assalomu alaykum. Fikrimcha, bu pulni, ko'pchilik uchun uzoq vaqt hizmat qiladigan biror bir loyihaga sarflash kerak. Masalan, yer ostidan suv chiqarish, mini stadion qurish, bolalar maydonchasi tashkil qilish, mahalliy xalq uchun nonvoyxona qurish va shu kabi loyihalardan biriga sarflash kerak.
🌟 Yangiboy Xo'shmurodov 🌟
Assalomu alaykum.
Bu g'oyam sizlar uchun ko'rib chiqishlaringizni xohlardim.
Kichkina bir g'isht zavodi qurish kerak, chunki nima qurmoqchi bo'lsangiz ham g'isht kerak: kutubxona deysizmi,maktab deysizmi ,albatta, g'isht zarur.Shu orqali insonlar ish bilan ta'minlanadi.Oylik maosh qaysi mablag'dan to'lanadi degan savol tug'iladi?G'ishtning yarmi o'sha tuman uchun sarflansa, qolgan yarmi boshqa tumanga sotiladi ,sotilgan g'ishtdan mablag' to'lanadi.shu yo'l orqali ishsiz kishilar ish bilan ta'minlanadi.
Ayollarimizni ham unudmaslik kerak. Keyingi bosqichda ,albatta, tikuv fabrikalarini yo'lga qo'yib ularni ham ish bilan ta'minlashimiz mumkin.
I.M.T
Assalomu alaykum. Avvalo bu mablag'ni yig'ish uchun yordam bergan barcha sahobatpesha insonlarga katta rahmat. Pulning miqdori unchalik ko'p emas. Shuning uchun uni biror foydali beznesga tikkan l, yoki bankka ma'lum muddatga omonatga qo'yilsa yaxshi bo'lardi. Bu sohani unchalik tushunmaymankuya, lekin mablag'ni ishonchli qilib aksiya ko'rinishida beznesga jalb qilinsa qanday bo'larkin. Shua
Taklif: Sardobaliklar ta'limini tijlashga yordam bolsin bu pul.
Tumanda qurilish ishlarini (boshlangandan hozirgi kungacha) davom qildirayotgan quruvchilar(ustalar)ga to'lanadigan ish haqlariga yo'naltirish kerak yoki ish haqlariga qo'shimcha qilib moddiy yordam berish kerak.
Assalomu alaykum.
Maslahatim o'sha yerdagi talofat yetgan maktabga o'quv jihozlari (masalan 20 mingga 40-45 ta noutbook bersa kerak) olib beringlar, shunda u yerdagi juda koʻplab yoshlar bu jihozlardan foydalanadi.
Axvoli ota og'ir oilalarga berish kerak
200 mln juda kam. Ln imkon va vaqt topib bitta odamni juda xursand qilgan yaxwi. U bir umr minnatdor boladi. 1 kiwi uchun juda ahamiyatga ega bu pul. Kopchilikka arzimagan pul. Bogcha maktab yoki brorta ijtimoiy tuzilmaga kamlik qiladi.
Pulni egalariga berishga shoshilmasdan uni bankka quyish kerak . Jamjarilgan pulni har oy bir xonadonga berish kerak . Masalan oyiga 50 million beradgan bulsa ikta oilaga yetadi . 200 mnl pul esa kamaydi !
Nodirbek Yunusjonov
Assalomu aleykum .Bu falokat u yerdagi aholiga ancha qiyin boldi osha yerni aholisi asosan chorvachilik dehqonchilik bilan shugullanishgan shundan kelib chiqib aholiga qoshimcha tomorqaga yer berish kerak har bir honadonga hamda katta katta chorvachilik uchun joy qilib qurib berilsa hamda bir boshdan qoramol berish kerak deb oylayman chunki oshanda ularning iqtisodiy holati yaxshilanadi hamma narsa ham iqtisodiy tomonga bogliq.
Nodirbek Yunusjonov
Bu sozlarim 200 mly dan tasqsri
Маргуба Абдуллаева.
Ассалому алейкум!
Барча эхсон килганларга рахмат. Менимча пулни канчадан тегса хам хар бир оилага тенг булиб бериш керак.
Купчиликни иши ,уларни кунглини олиш жуда хам кийин.
Assalomu aleykum. Avvalo hayriya qilgan barcha insonlarga minnaddorchilik bildirgan holda ushbu pullarga maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishi uchun sarflansa yaxshi bo'oladi butun xalq uchun xizmat qilardi albatta.
Kam taminlangan oilalarning to'yini o'tkazish kerak eng kambag'allariga sigir olib berish kerak yoki mahallaga avtomoyka shahobchasi qurib berib hech qayerda ishlamaydigan odamni ish bn band qilish yoki qo'li gul sartoroshlik qilishni biladigan bolalarga sartaroshxona qurib ish bn taminlasa ham bo'ladi
Bu pullarni talofat kurgan maktablarga kitoblar oljb berish kerak kilingan ishlar unutilishi mumkin berilgan bilim hech qachon umutilmaydi.Har bir kitobga dashat quysangiz uning qiymati jugaham oshadi, balki vaqt utib shu erda tahsil olgan bolalardan sizga uhsagan huquhshunoslar etishib chiqar
Sardobalik konrakt o'qiyotgan talabalarni shartnoma pullariga yo'naltiring!!!
Show next 100 comments