Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
200 mln juda kam. Ln imkon va vaqt topib bitta odamni juda xursand qilgan yaxwi. U bir umr minnatdor boladi. 1 kiwi uchun juda ahamiyatga ega bu pul. Kopchilikka arzimagan pul. Bogcha maktab yoki brorta ijtimoiy tuzilmaga kamlik qiladi.
Pulni egalariga berishga shoshilmasdan uni bankka quyish kerak . Jamjarilgan pulni har oy bir xonadonga berish kerak . Masalan oyiga 50 million beradgan bulsa ikta oilaga yetadi . 200 mnl pul esa kamaydi !
Nodirbek Yunusjonov
Assalomu aleykum .Bu falokat u yerdagi aholiga ancha qiyin boldi osha yerni aholisi asosan chorvachilik dehqonchilik bilan shugullanishgan shundan kelib chiqib aholiga qoshimcha tomorqaga yer berish kerak har bir honadonga hamda katta katta chorvachilik uchun joy qilib qurib berilsa hamda bir boshdan qoramol berish kerak deb oylayman chunki oshanda ularning iqtisodiy holati yaxshilanadi hamma narsa ham iqtisodiy tomonga bogliq.
Nodirbek Yunusjonov
Bu sozlarim 200 mly dan tasqsri
Маргуба Абдуллаева.
Ассалому алейкум!
Барча эхсон килганларга рахмат. Менимча пулни канчадан тегса хам хар бир оилага тенг булиб бериш керак.
Купчиликни иши ,уларни кунглини олиш жуда хам кийин.
Assalomu aleykum. Avvalo hayriya qilgan barcha insonlarga minnaddorchilik bildirgan holda ushbu pullarga maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishi uchun sarflansa yaxshi bo'oladi butun xalq uchun xizmat qilardi albatta.
Kam taminlangan oilalarning to'yini o'tkazish kerak eng kambag'allariga sigir olib berish kerak yoki mahallaga avtomoyka shahobchasi qurib berib hech qayerda ishlamaydigan odamni ish bn band qilish yoki qo'li gul sartoroshlik qilishni biladigan bolalarga sartaroshxona qurib ish bn taminlasa ham bo'ladi
Bu pullarni talofat kurgan maktablarga kitoblar oljb berish kerak kilingan ishlar unutilishi mumkin berilgan bilim hech qachon umutilmaydi.Har bir kitobga dashat quysangiz uning qiymati jugaham oshadi, balki vaqt utib shu erda tahsil olgan bolalardan sizga uhsagan huquhshunoslar etishib chiqar
Sardobalik konrakt o'qiyotgan talabalarni shartnoma pullariga yo'naltiring!!!
Meni fikrimcha bu pulni talimga kiritish kerak. Zero bir necha yurtdoshlarimizni ziyoli qilgan bolardik. Ya'ni maktabda yaxshi o'qigan lekin oilaviy sharoiti yoki boshqa sabablarga ko'ra oqiwni davom ettira olayotganlarga ta'limni davom ettirishga yordam berish kerak. Pulni to'g'ridan togri emas balki mahalliy repititorlarga 1 yillik oqiw pulini tolab berish orqali ko'plab iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlashimiz mumkin.
200 mln pulga ham jamoat uchun ancha yaxshi ishlar qilsa boladi masalan mahallalarga ichimlik suvi chiqarishga yoki shunga öxshash komunal muammolar yetarlicha hali.
Buni sardobadagi odamlardan sòrash kerak nima zarur nima zarur emas
Барно
Шифохона учун энг зарур тиббий анжом.(агар уша худудда йук булса).Канча беморлар шифо топар эди.
Assalomu alaykum Aziz yurtdoshla . Eng zo'r sarmoya bilimga tikilgan sarmoyadir . Iloji boricha Internet tarmoqlarini tortib IT- markazlarni , bepul kutubxonalarni yo'lga qo'yish kerak . Kitob o'qish yo'naltirilgan har hail tanlovlarni tashkillashtirish kerak . Undan ortasa savdo sotiq yo'llarini yo'lga qo'yish kerak . Bu degani yo'llarni taminlash kerak .
Fayziyeva G
Мани таклифим,уларга тоза ичимлик суви (мини артизан)Билан таминлаш к.к
1.Сув хаёт манбаи,Хар 20 кишига 1 тадан миниартизан куриб берилса уларни ичимлик сувигаям,дехкончилик экинларига хам,чорва молларига хам хаммасига етади.Миниартизанни 1 таси 5млн атрофида(хамма харажати ичида)куриб берилади.203 млнга уртача 41 тадан 45 тагача курдириш мумкин.
Малохат Галабаевна
Мен узим шу талофат ичида булганларданман, бизни кучамизга сув келмади, Оллохга шукрки талофат курмадик, лекин Шодлик Б билан Ахиллик, Саховат махалласида уйларини бошкатдан куриб беришаяпти, шароитларини хам зур килиб беришаяпти, аммо Саховат махалласини Туман маркази тарафидаги кучаларда уйлар сув захида Бир неча Кун колиб кетган, шу уйлар ерилиб аварийный холатга келаяпти, шу пулларни комиссия тузилиб, хакикатда мухтож оилаларни урганиб чикиб, уша уйларни таъмирлаш учун ишлатилса тугри булар эди
Биз буёқда туриб талофат курганларга нима кераклигини айни пайтда купрок нимага мухтож эканликларини билмаймиз .Шунинг учун яхшиси уердаги одамларни узидан маслахат олиш керак. Нима кераклигини узлари айтишса максадга мувофик буларди деб уйлайман.
Xushnudbek aka siz chet ellarga borgansiz yangi qurilayotgan domlar oldiga chiroyli qandaydir dekaratsiya (masalan biror narsani ifodalovchi haykalmi vahokazo) qurish uchun saftlash kerak 3 xududda dom qurilayapti 70 mln dan to'g'ri keladi ekan. Bir o'ylab ko'ring. G'ayrioddiy bo'lsin.
Xushnudbek aka siz chet ellarga borgansiz yangi qurilayotgan domlar oldiga chiroyli qandaydir dekaratsiya (masalan biror narsani ifodalovchi haykalmi vahokazo) qurish uchun saftlash kerak 3 xududda dom qurilayapti 70 mln dan to'g'ri keladi ekan. Bir o'ylab ko'ring. G'ayrioddiy bo'lsin.
Sizlarga shuncha mablag' yiqqanlaringiz uchun rahmat. Yuqoridagi aholini suv bilan ta'minlash, yo'llarni asfalt qilish va obodonlashtirish fikrlariga men ham qo'shilaman. Yashagan joyi obod, shinam bo'lgan hudud aholisida ertangi kuniga ishonch, minnatdorchiilik hissi kuchli bo'ladi
Show next 100 comments