Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum! Pulni topishdan ko‘ra sarflash qiyin deganlari shu bo‘lsa kerak! Kam ta‘minlangan oilaga shundoq berib qo‘ygan bilan ham menimcha hech narsa o‘zgarmaydi. Biror narsani o‘zgartira olganda kam ta‘minlangan bo‘lmas edi. Yeg‘ilgan hayriya pullarni ko‘p bolali oilada yashovchi talabaning kontrakt to‘lovini to‘lab berish mumkin. Bergandayam eng zaruriga. Shaxsan men tibbiyot oliygohi talabasiga to‘lab berishni tavsiya etaman( meni bu sohaga hech qanday aloqam yo‘q. Shunchaki bugungi kun zaruratidan kelib chiqiv aytdim). Bu birinchi taklifim. Ikkinchisi og‘ir kasal davolashga mablag‘i yo‘q insonlarga yordam bersakmikan?! Uchinchisi muhtoj ko‘p bolali oilalarga jonliq berish orqali yordam bersakmi?! Ko‘paytirib o‘zini tiklab olardi. Bundan oilalarni ham o‘rganib chiqib berish kerak. Hamma ham bir xil emas berilgan hayvonni sotib pulini bekorchi narsalarga sarflashi mumkin. Unda ko‘zlagan maqsadga erisholmaymiz. Qanday qarorga kelsangiz ham biz sizga ishonamiz!
Zararlangan umumiy xalq foydalanadigan ishga sariflang. masalan ichimlik suvi, bogcha yoki maktabga
ИМКОНИ БЎЛСА БИТТА БИЗНЕС ПЛАН АСОСИДА ҚАНАҚАДИР ШУ ЕРДАГИ ЖУДА ҚИЙНАЛГАН ИНСОНЛАРГА БИЗНЕС ШАКЛЛАНТИРИБ УЛАРНИ БИТТАМИ ИКТАСИНИМИ ТАДБИРКОРЛИК БИЛАН ШУҒУЛЛАНТИРИБ ЙЎЛИНИ КЎРСАТСА. У РИВОЖЛАНИ БОШҚАЛАРНИ ХАМ ИШГА ЖАЛБ ҚИЛАДИ. ИШЛИ БЎЛАДИ БИР ЭМАС 100 ЛАБ ОИЛАЛАР МАНФААТ ТОПАДИ.
Assalomu alaykum albatta eldan fikr va takliflarni ham olgan yaxshi. Chunki har xil saviyali kishilar bor harxil muhitni ko‘rganlar hammalari. Mani aqli ojizimcha axli ilmlardan maslaxat olgan yaxshiroq chunki ular ham fiqhiy ham dunyoviy xolatni inobatga olib hadislarda qanday ishlar yaxshiligini o‘qib bilgan kishilardir. Musulmonchilikda hamma ishga eng yaxshi yechim borligini hammamiz bilamiz shunday ekan mani taklifim shu.
Кам таъминланган оилалардаги талабалар Контракт суммасига ердам...
Sardobaga boring va 1 kun ekskursiya qiling keyin kinga kerakligini òylang
Xushnud aka hayrli ishlarizda Alloh madadkor bo‘lsin
GULZODA ESHQULOVA
Juda yaxwi reja 👍👍👍👍
Eshitishimizcha Sardobada ichimlik suvi muammo bo'layotgan ekan shu summani qishloqlarni ichimlik suvi bilan taminlashga sarflasanggiz yahshi bo'lardi savobi ham katta bu mani yana bilmadim
Sardobadagilar rozi bolsa Karantinga sarflasak yaxshi bolardi
Masjid yoki ixtisoslashtirilgan maktab qurish kerak yoki bolmasa 200 ish oʻrni yaratiladigan issiqxona shunga oʻxshash tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish kerak
Илхом
Салом иш урни яратишга сарфланса яхши бўларди ёки масжид боғча мактаб учун.
Islom.
Kam taminlangan oilani rõyxatini ob õshala berish kerak
J@mshid
Bu pullarni jamoaviy foydalanadigan obektlarga sarflansa hammaga birdek savobi tegardi
Саидали Хасанов
Салом 20 мата энг ночор оилага бериш кераг манимча сог булинг
Nochor qatlamini aniqlaw kerak. Maxalladan kambagal oilalarni ruyxatini oling. Kambagallikdan chiqariwga xissa quwilgan buladi
Nimani joiz deb bilsangiz shuni qiling
203 млн сумни Сардобадаги евакуация қилинган ахоли орасида жудаям оғир ахволда колган оилаларга тең болиб бериш керак
To'raqulov
Jabrlangan oilarni farzandlari o'qishda o'qisa o'shalarni kantrakt pulini to'lab berish kerak yanayam bilmadim
Show next 100 comments