Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
I S O
Ўша жойда бирор мактаб ёки боғча тамирлашга ишлатиш керак
10ta nochor oilaga bo'lib bering,hafsalasizlik qilmasdan Sardoba tuman mahalla kengashiga uchrab,o'z qo'llaringiz bilan nochor oilalarga bersangiz yaxshi bo'lardi,eng bo'lmaganda 10ta oilaga salmoqli yordam bo'lar edi ,rahmat.
Menimcha ham Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan,oilaviy sharoiti shu sabab og‘ir bo‘lib qolgan talabarning kontrakt pulini to‘lab bergan ma'qul.Bu nafaqat Sardoba,balki butun O‘zbekiston kelajagi uchun tikilgan invistitsia bo‘lar edi.
Assalom alekum mening fikrimcha Sardobada aziyat chekkanlar uchun bir dòkon ochib tushgan pullarni mahsulob olib aholi uzi kunlik ehtiyoji uchun kerak narsani òzi olib ketsin tarqatish emas òziga kerak bòlgan oziq ovqatlarni olib ketsin.
Mohira Nurpulatova
Assalom aleykum meni fikrincha bolalar uchun Bolalar maydonchasi yoki sport kompleksini qurgan maqul bu pullarni bollar uchun sarfladh kerak drb hisoplayman
JAHONGIRBEK SALIMOV
Assalomu alaykum! Uysiz qolganlarga koʻp qavatli uylar qurilayapti. Oʻsha uylarga yaqin bolalar shifoxonasini barpo etish kerak. Barcha birdek xursand boʻladi. Hozircha shu mablagʻga mos boʻlsa, keyinchalik yana mana shunday xayriyalardan tushgan pullar orqali kengaytirilaveradi. Mening fikrim shu edi. Rahmat.
Шердор Мусурмонов
Bor budidan ayrilgan insonga
Beva ayollarga berila bollari kop bolsa qiynaladi. Qaryalaga berila boquvchisi bolmagan qarichilik qiyinchilikda otmasin. Boshqalar tekiniga organib qolishmasin.
Soglom insonga hamisha olloh nasibasini beradi. Imkoniyati yoq oilalarga daromad manmayini shakillantirib olishga yordamlashish kerak
Shoxrux Atadjanov
Лоторея килинг
Бу пул унчалик катта маблаг эмас шу сабабли оилаларни холислар ёрдамида урганиш керак бизнинн халк бардошли ва сабрли шундай булсада ута начор энг бирламчи озик-овкат,тиббий хизмат ёки уй жойида кичик муамоси булган инсонлар топилади юкорида йигилган пуллар ташабускорларнинг савоб учун чикарган пуллари экан буни албатта 1 тийинни хакики эхтиёжмандларнинг энг зарурий харажатларидан келиб чикган холда эхтиёжига караб чукур тахлил килиниб таркаатилиш тарафдориман
1) Пул жуда кам экан, яна йиғиш керак.

2) 203 000 000сум ÷ 1 015 000 сумдан = 200 та энг ночор оилаларга бериш керак.
FERUZBEK TOZABOYEVICH
Sardobaga boring va 1 kun ekskursiya qiling keyin kinga kerakligini òylang
Тугри фикр. Имкон булсаа бориб курилса, тугри фикр кабул килишга ердам берарди.
MUZAFFAR
axoliga pul tarqatilgan. uylar qurilyapti.kutubxona xam.xama narsa bulyapti ularni xammasini davlat qib beradi. kino zallar shaxarda yuqku. kitob internetda.

nochor oilarga pul emas 1 tadan ona bola sigir oberish kerak qatiq sutini ichadi ortsa sotadi bolasini kupaytiradi.qishloq sharoitidan kep chiqinglar.
Yoki bolmasam shu tumanga ferma barpo etinglar .sababi kopchilikning qoro molini suv oqizib ketgan. Mahhali odamlarni ish bilan taminlasa ham boladi va har yilgi qora molchilikdan kopaygan mollarni aholiga sotib yoki kiriditga berib mahhaliy aholini rivojlantirsa boladi. Keyin gosh va sut mahsulotlarini ancha arzonga sotish kerak bu qaryalar va chaqaloqlarga juda muhum. Hullas eng zor taklif deb oyliman yana bilmadim.
Bu ferma qora mol . Qoychilik va quyonchilik yoki baliqchilik yahshi yolga tushib ketishi anniq.
Dilshad Babadjanov
Menimcha sardobaliklar orasida so'rovnoma o'tkazish kerak bu masalani xalqni o'zi xal qilib beradi..Aholini o'zi nimaga extiyoj sezsa shuni qurish kerak...yoki bo'lmasam o'sha yerga qurbon bolganlar uchun xotira maydoni qurish kerak...
Xushnid aka meni fikrim shundan iboratki bu pulni kopchilikka bolib bersangiz baribir hech qancha summadan tushmidi shuni uchun 3-4 ta oilaga bolib bering bunda shuni inobatka olingki bitta xovlida 2-3 ta uy bolib har ikkalasi yoq bolib ketib 1ta sertifikat olganlarga bersangiz ularni ahvoli sal yaxwilanardi bu meni fikrim ozim ham suv toshgan joyda turganim uchun shunday deb oyliman
Mr.Black
Кутибхона куриш керак шунда хеч ким умидвор ва хафа булмайди йитмаганига ОЛЛОХ йулида ёрдам берувчилар купаяди
Eng nochorlarga bo'lib berish varianti ham, ishchi o'rni yaratish varianti ham bomeydi☝️. Xalqni uzidan sorash ham bolmeydi. Eng yaxshi yo'l Sardobaga borib aholi orasida eng ko'p foydalaniladigan, savobi tegadigan biron bir obyekt yo binoga sarflash kerak. Agar biron bir kutubxonaga sarflansa zo'r bo'lardi, zoro suvi toshmeydigan inshootlar qura oladigan kadrlar yetisharmidi....🤔
Har bir oilaga bittadan texnika olinsa yahshimi deyman, eng eng kop jabrdiydalarga
Masalan duxovka
Mikravalnovka, dazmol, yoki arzon telefonlardan birini 1ta oilaga 1tadan berilsa ham esdalik ham foydali
Uznik Zamka If
Bu pulni Sardobada Masjit qurilishiga sarflasa tóĝri tanlov bólardi
Show next 100 comments