Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
1.MFY lardagi masjidlarga tamirlash yoki eng zarur jixoz, buyumlar xarid qilish uchun tarqatish.
2. Kutubxona qurishdan kura mavjudiga kitoblar olib berish. Maktablarning kutubxonalariga bulsaham buladi.
3. Mabodo ichimlik suvi bilan bogliq muammolar bulsa, shulargaham sarflasa buladi.
Бону Баратовна
Жадвал тузиб мезонланг,яъни оила бокувчиси 1нафар,фарзанди 3 ва ундан ортик,ногиронлиги бор..... Кайси оила ушбу мезонларга купрок тугри келса шуларга ёрдам берса адолатли
Уша жойдаги инсонлар фойдаланадиган нимадир куриб бериш керак, таркатса хаммани кунглини олиб булмайди, бекорга сиздан кимлардир хафа булгани колади бизгаям берса буларди деб
xalqimizda bir mayizni qirq kishi teng bulib yegan degan gap bor wu gapga tushunmas edim oxiri uylab kursam 39 tasi rozi bulgan bitasi yegan degan tuxtamga keldim😊albatda hazil.manimcha kupchilika uvoq bumagan narsa bir ikki kiwiga as qotib qoladi.juda juda nochorlarida ikkita uchtasiga beriw kk .qolganlarchi desa baribir bulib bersa ham bir dona lavashti pulidan ham tegmas ekan.
Feruz Qodirov
Assalom , Xushnudbek, oilasida nogiron farzandi bor oilalarga tarqating, bu olamda eng qiyini bu nogiron farzand katta qilishdir.
ЖАННАТИМ-ОНАМ
Манимча хам мактабларни ремонт килиш ёки болаларга спорт майдони куриш
Assalomu alaykum. hozir shoshmay turgan ma’qulmikan (ko’pchilik emotsiyada keraksiz narsalarga sarf qilib yuborishi mn) davlatimiz ko’plab ishlar qilmoqda shular tugagandan so’ng kamchiligini to’g’irlash kerak ya’ni ijt loyiha qilish, misol uchun maktabni internetini yaxshilash, kutibxonani ta’mirlash, masjidga, kichikroq biznes proekt qilish mn, ilmli yoshlarga sarflash. Aholiga bo’lib berilsa eshitgan odamni ichidan yomon fikr o’tishi mn (qalbni bilib bo’lmaydi). agar hammasi joyida qilinsa davlatimiz tomonidan keyin yo’l ta’miri, suv chiqarish, tranformator kabilarga qaratish kk.
Tolkin Boyzoqov
Ассалому алайкум Хушнудбек! Мен бир пайтлар Сардобада яшаганман у ерликларнинг асосий муаммоси айникса 1 совхоз деган жойники ичимлик суви муаммоси. Битта ширин сув чикарадиган скваж куриб берилса катта савоб иш булишига хеч кандай шубха йук.
Нуриддин
Энг яхши укийдиган 40 та студентларнинг ярим йиллик контракт пулини ярмини тулаб беринг
СУХРОБ
Dilafruz
Bu fikrga qo'shilmayman. Suv chiqarib berish fikri ma'qul.
Сув чикариб бериш керак
Assalomu alaykum. Oʻsha hududni barcha uchun kerakli boʻlgan muammosini hal qilishga sarflash kerakmikin. Fikr bildiruvchilarning koʻpchilik qismi shu maʼnoda yozmoqda.
Умиджон Абдуллоев
Яшаш шароити огир, бокувчисини йукотиб етим катта киладиган оилаларни биринчи навбатда куллаб кувватланг.
Abror
Suv chiqarish kk
Хатамов Абдувохид
Табиий офатни ёдда сақлаш, инсон омилининг экологияга таъсирини ёдда тутувчи эко боғ ташкил етиш кк.
Assalomu alaykum, suv chiqarish ham yaxshi fikr,mening taklifim maktabga yoki qishloq vrachlik punktiga jihozlar olib berishga sarflash kerak de hisoblayman
203 mln juda kam emasmi
Monika Bone
Summani xammaga tarqatilsa urvoq xam bo’lmaydi. Beva, bollalari bor 1 ta ayolga Guliston shaxridan 1 yoki 2 xonali uy olsa bo’ladi. Sardobada qaytadan uy ko’tarish osonmas. Suv va gazdan xam muammolari bor. Ish yoq.
Aʂἶղմო
Bu pulga biror tikuv sexi ochib tikuv mashinalarini xarid qib kamida 10-15 kishini ish bilan taminlash mumkin menimcha ularga tayyor pulni berib qoygandan kora ish joyi yaratib ish bilan taminlagan kattaroq savob
Javohir Ashurov
Mahalla kesimida o'rganib nisbatan ko'rsatgichi pasroq bo'lgan qishloqlarga yuqorida aytib o'tishibdi biron bir kichikroq bo'lsada biron bir ishlab chiqarish yo'lga qo'yish kerak va bunga shu qishloqda ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarni jalb qilsa yaxshi bo'lar edi. Bu pul bilan boshlash qiyin shuning uchun o'sha ya'ni tanlangan qishloq yoshlaridan biron bir tadbirkor yoki shunga qiziquvchi yoshlar bilan hamkorlikda va davlatimizdan yig'ilgan pul yetmasa imtiyozli kridit olib yo'lga qo'yish kerak deb o'ylayman. O'shanda biz 200 yo 300 bo'lmasin 60 70 kishini ish bilan taminlashimiz va buning natijasina 30 40 ta oilaga yordam qilgan bo'lamiz!
Pul yoki oziq ovqatni o'zini tarqatib berish bo'lmaydi. Yotib yesa tog' ham chidamaydi kegin mehnatsiz kelgan narsa tez ketadi qadri barakasi bo'lmaydi. Jo'ja ( broller bo'lsa yanayam yaxshi), qo'y berish kerak. Tomorqa qilib dehqonchilik bilan shug'ullanishlariga yordam berish kerak. Bizni xalqimiz dehqonchilik qila oladi va mehnatdan qochmaydi. Bu mening fikrim yana bilmadim. Tayyor narsa qilib bergandan ishlashga imkon bergan yaxshiroq.
Show next 99 comments