Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Oʻsha hududni barcha uchun kerakli boʻlgan muammosini hal qilishga sarflash kerakmikin. Fikr bildiruvchilarning koʻpchilik qismi shu maʼnoda yozmoqda.
Умиджон Абдуллоев
Яшаш шароити огир, бокувчисини йукотиб етим катта киладиган оилаларни биринчи навбатда куллаб кувватланг.
Abror
Suv chiqarish kk
Хатамов Абдувохид
Табиий офатни ёдда сақлаш, инсон омилининг экологияга таъсирини ёдда тутувчи эко боғ ташкил етиш кк.
Assalomu alaykum, suv chiqarish ham yaxshi fikr,mening taklifim maktabga yoki qishloq vrachlik punktiga jihozlar olib berishga sarflash kerak de hisoblayman
203 mln juda kam emasmi
Monika Bone
Summani xammaga tarqatilsa urvoq xam bo’lmaydi. Beva, bollalari bor 1 ta ayolga Guliston shaxridan 1 yoki 2 xonali uy olsa bo’ladi. Sardobada qaytadan uy ko’tarish osonmas. Suv va gazdan xam muammolari bor. Ish yoq.
Aʂἶղմო
Bu pulga biror tikuv sexi ochib tikuv mashinalarini xarid qib kamida 10-15 kishini ish bilan taminlash mumkin menimcha ularga tayyor pulni berib qoygandan kora ish joyi yaratib ish bilan taminlagan kattaroq savob
Javohir Ashurov
Mahalla kesimida o'rganib nisbatan ko'rsatgichi pasroq bo'lgan qishloqlarga yuqorida aytib o'tishibdi biron bir kichikroq bo'lsada biron bir ishlab chiqarish yo'lga qo'yish kerak va bunga shu qishloqda ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarni jalb qilsa yaxshi bo'lar edi. Bu pul bilan boshlash qiyin shuning uchun o'sha ya'ni tanlangan qishloq yoshlaridan biron bir tadbirkor yoki shunga qiziquvchi yoshlar bilan hamkorlikda va davlatimizdan yig'ilgan pul yetmasa imtiyozli kridit olib yo'lga qo'yish kerak deb o'ylayman. O'shanda biz 200 yo 300 bo'lmasin 60 70 kishini ish bilan taminlashimiz va buning natijasina 30 40 ta oilaga yordam qilgan bo'lamiz!
Pul yoki oziq ovqatni o'zini tarqatib berish bo'lmaydi. Yotib yesa tog' ham chidamaydi kegin mehnatsiz kelgan narsa tez ketadi qadri barakasi bo'lmaydi. Jo'ja ( broller bo'lsa yanayam yaxshi), qo'y berish kerak. Tomorqa qilib dehqonchilik bilan shug'ullanishlariga yordam berish kerak. Bizni xalqimiz dehqonchilik qila oladi va mehnatdan qochmaydi. Bu mening fikrim yana bilmadim. Tayyor narsa qilib bergandan ishlashga imkon bergan yaxshiroq.
BEK SAID O'G'LI
Assalomu alaykum! Maktab yoki maktabgacha ta'limga sarflash balki to'g'ridir.
70 минг ахоли фойдаланиши мумкин бўлган бирор фойдали спорт зал, кутубхона қуриш керак
MUHAMMAD SHOQOSIMOV
Shu hududdagi shifo maskanlariga qoʻshimcha jihoz olib berish maqsadga muvofiq.
Assalomu alaykum! Mening shaxsiy fikrim: bu yig'ilgan pul faqat maktablarga yoki bog'chalarga sarflash o'rinli deb o'ylar edim. Xech bolmaganda honalarga elektron jixozlar olsa bo'ladi. Talofat yetgan joyga suv toshqinidan oldin borganmiz. O'quvchilarga u darajada qulay, zamonaviy ta'lim olishlari uchun sharoit deyarli ko'rinmadi.
Assalomu aleykum. Yig'ilgan pulni iloji boricha o'zingiz borib ko'rib aholini ahvoli og'ir qismiga qurilish ishiga yoki maishiy texnikasigami bering lekin boshqa birov orqali yetkazmang chunki insofsizlar juda ko'p men buni buxoro viloyatining olot tumanida guvohi bo'ldim.
Товуқ йесанг бир кун йейсан тухум йесанг ҳар куни дейишипти доно халқимиз. Бу пулга товуқ фирмасини ташкил қилиб 5000 тагача товуқ анақа қилинса кунига 70-80% тухум олса бӯлади. Ойига эса 13 000$-14 000$ тушум олса бӯлади. 9-10 киши ойига ӯртача 1 500 000 сӯмлик part time job билан таъминланарди. Солиқ, ишчилар ҳаққи ва бошқа харажатлардан сӯнг соф 7-8 минг олса бӯлади. Бу даромад билан кейин юқорида айтилган боғча, талабалар тӯлов контракт, шифохона бассейн ва бошқаларни қилса бӯлади ин шаа Аллоҳ. Умуман олганда бу бизнесни Аллоҳдан қӯрқадиган бир инсонга топширилса шунда Сардобаликларга вақф қилинган бир даромад манбаи сифатида 3-4 йилда яхшигина натижага эришса болади.
Ichimlik suvi bilan taʼminlash kerak
Касал болаларга Берия керак
Мурод Саидов
Qurilish materiallari bilan taminlash kerak
Assalom Aleykum Men kecha Sardobadan keldim qaytatamirlanayotgan uylarni elektrik kasini qildim togrisini aytsam men u odamlarga bir sum ham bermasdm deyarli kopchiligi juda noshukur ekan bekorga suv bosmabdi qancha rozilgini olay desang shunchnorizo boladi davlatimiz shuncha yordam berayotgan bir paytda bundankura bermagani yaxshidi diganlar ham boldi sizlardan iltimos ularga rahmila kemasin shunga lloyiq odamlar ekan pulni undan kora Sardobadagi yetimxonani shotiga utqazish kerak hammaga raxmat men bu gaplani ollox uchun aytim ☝
assalomu alaykum, aholiga umumiy foydasi tegadigan biron bir foydali inshoat qurish kerak. Hududni avval urganib chiqish kerak , eng avvalo nima zarurligi buyicha , sog'lik yoki ta'lim sohasimi deb, ehtiyojga qarab yunaltirish kerak keyin.
Show next 88 comments