❗️Авиа ва темир йўл қатнови учун йўловчилардан коронавирусга тест топшириш талаби бекор қилинди.

〰️〰️〰️〰️〰️

18 май кунидан Тошкент шаҳридан Нукус, Урганч, Термиз шаҳарларига авиақатновлар (бориш ва қайтиш) ҳамда Тошкент шаҳридан Навоий, Бухоро, Қарши шаҳарларига “Афросиёб” тезюрар поезди ҳамда Фарғона водийсига темир йўл қатнови (бориш ва қайтиш) учун коронавирус инфекциясига тест топшириш талаби белгиланган эди.

✅ Карантин шароитида аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, ортиқча ноқулайликлар юзага келишининг олдини олиш мақсадида Республика махсус комиссияси томонидан ушбу талаб бекор қилинди.

🚫 Эндиликда юқорида кўрсатилган рейслар бўйича ҳаракатланаётган йўловчилардан коронавирус инфекциясига тест таҳлиллари олинганлиги ҳақидаги маълумотнома талаб этилмайди.


👉
@xushnudbek 👈

74 comments

Show 28 more comments
Temir yo'l saytlarida belit narxlari berilmagan. Shuni ham ochiqcha qilishsa yaxshi bo'lardi. Toshkent-Navoiy chipta narxlarini biladiganlar bormi?
НАРГИЗА САТТОРОВА
Ҳақиқатдан ҳам билет нархларини қаердан билсак бўлади?
G'.B.B
Тест топшириш пулли булади деб кимдир кайфда айтворган, кейин 2 соатда узига келганми дейман
Kim oylab toparkin shunaqa qarorlani? Qaror ishlab chiqargan odammi saviyasini korsatib qoyadide. Logika yoq. Spravka ogandan keyin samalyotga chiqgunga qadar bogan vaqt oraligida koronavirus yiqtirib oldi va samalyotga chiqib qoganlaga ham yuqtirdi. Qani mantiq spravka olishdan? Odamla foydalanmi qoyaqoladi bu hizmatladan, ozi biletti qimmatligidan odamla norozi olgan ustiga tepgan qilib spravka talab qilinishi aqlga sigmidi.
Islom
Testni bekor qilingani yaxshi emas, xalqning iqtisodiy ahvoli inobatga olingan deyilgan, juda zarur ishi bor odam borishi kerak poytaxtga yoki boshqa joyga, boshqalar uyida qolgani yaxshi edi, ehtiyot bo‘lish kerak, Qashqadaryoda ko‘pchilik odam niqobsiz yuribdi, xudo asrasin-u agar bitta odamda virus bo‘lsa butun viloyatga tarqalib ketishi hech gap emas
Д О
Бу республика комиссиясида бизнесмен, олигархла утирибдими? Нима бало, чикарган хамма карорлари факат пул ишлаш хакида!!! Халк банкоматмас
Testni bekor qilmasdan tekin qilib qóysayam bólar edi, kimdadir virus bólsa undan allaqancha odamga yuqib kasal bólsa byudjetdan bir talay mablaģ sarflashga hojat qolmas edi
яхши фикр эмас хамма Узбекистан фукороси! уларни иктисодий томонинм уйлаб яхши килишибди аммо тестни бекор килмай уни текин килиш керак эди деган фикирдаман, бу канакаси булди рейслар темир йуллар очиладиган булса хар канака одам булади инфекцияланганлар 2× купайишини хамма хам хозламас эди шунинг учун тестни бекор килмай уни бепул яхши текшурув остида олиб борилиши керак
bilet narxlari 2 barobar qimmatlagan karantindan oldin Urganch-Toshkent aviachipta narxi o'rtacha 400 mingdan boshlanardi endi esa 790 ming so'm ekan.
🇺🇿👨‍🎓Husinov Zafar🇺🇿👨‍🎓
Manashu ish togri bolmagan. Manimcha karantinni juda kop yumwatmoqdim. Yumshatilish faqat korxona ishlab chiqarish mashunaqa sohalarga yunaltirilsa yaxwi bulardi. Bu holatda hech kim kafolat bermaydi virus tashuvchi yuqligiga test otkazilgab qoģoz bilgani ishonchli edi
Siz etgande ishlab chiqaruvchilaga faqat ruxsat berilsa va qogan aholi uyida otirsa, kimga sotadi ishlab chiqaruvchi mahsulotini odamlada pul bomasa uyida otirgan bolsa? Faqat taklif bolsade talab bomasa? Axolini asosiy qismida jamg’armasi yoq, bor bosayam uzoqqa yetmidi. Spravkaga kese mantiq yoq bu narsada
Qozon soliģining ğirt òzi. Kim òylab toparkin a shunaqa narsalarni. Aytadigan ham qaytadigan ham òzlari.
Охирги чиқаётган қарорлар умуман ўзини оқламаябди бугун эрталаб қарор чиқса бу кунаси бекор қилинябди. Тепадигалардан халқни хам ўйлашларини истардим
Xushnudbek shaxsiy moshina bilan shaharlararo xarakatlanishkayam ruxsat bormi shu xaqdayam aniq ma'lumot bersangiz yaxshi bo'lar edi.
T.M. Maxsudovna
Husan
bilet narxlari 2 barobar qimmatlagan karantindan oldin Urganch-Toshkent aviachipta narxi o'rtacha 400 mingdan boshlanardi endi esa 790 ming so'm ekan.
400 ming bu ikki yil oldingi narx 550-600 mingdan oshgan edi Urganch-Tashkent aviabiletlar karantindan oldin
Uzr mavzudan tashqari kimga qanaqa bilmadimu Xushnudbek oldingi Xushnudbek emas oldinlari tanqidlari bilan vazirlikniyam oyoqqa turgizga Xushnud ko‘p mavzuga ko‘z yumib utib ketgan pazitsiyasi o‘zgardimi yoki boshqami bulisi qorong‘u xozir asosan tayyor ma‘lumot beryapti xolos adashayotgan bulsam ming bor uzr
@xushnudbek moshinagayam ruxsat bo'ladimi
Афросиёб тез юрар поезд қанча екан Тошкент Навоий билганлар айтворсин
Show next 25 comments