🤩 Copernicus xalqaro olimpiadasi endi O‘zbekistonda!🏆 18-may kuni respublikamizning
12 ta hududida bir vaqtning o‘zida
matematika fanidan
oflayn tarzda
Copernicus xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
📌 Olimpiadaning
final bosqichi
iyul oyining oxirida
AQShning
Nyu-York shahrida joylashgan
Kolumbiya universitetida bo‘lib,
final bosqichida dunyoning
54 dan ortiq mamlakatlaridan saralangan o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiadada
3-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashish imkoniyatiga ega, ammo istisno tarzida
O‘zbekistonlik 1–2-sinf o‘quvchilari uchun ham qatnashish imkoniyati berildi.
⚡️ Ushbu olimpiada — xalqaro darajada o‘zingizni sinab ko‘rish uchun katta imkoniyat! Shunday ekan, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!‼️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!ℹ️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-qo‘llanma
➡️ keyingi ➡️ postda berilgan.
Titul raqami har bir hududning telegram kanalida pdf ro'yxat shaklida tashlab beriladi.
Qaysi olimpiadani nazarda tutmoqdasiz? KHISO olimpiadasimi yoki Copernicus xalqaro olimpiadasimi?
Har bir hudud kanalida e'lon qilingan bo'ladi ro'yxati pdf fayl shaklida.