Audio
❓Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Ўқишга кира олмаса талабалар сафидан чиқарилмайдими?
#abituriyent

Овозли чатда бир талаба дўстимиз худди шу савол билан мурожаат қилди. Унга жавобимни юқоридаги аудиода эшитишингиз мумкин.

Жавоб: ҳозир Ўзбекистондаги ёки хориждаги исталган ОТМда талаба бўлиб ўқиётганлар ҳам абитуриент сифатида ДТМ сайтидан рўйхатдан ўтиб, ҳужжат топшира олади. Ўқишга кирса ва ўша ерда ўқишни истаса, ҳозирги ОТМда ўз хоҳишига кўра, талабалар сафидан чиқади. Агар ўқишга кира олмаса, ҳозирги жойида талабалар сафидан чиқарилмайди. Бунга ҳеч қандай ҳуқуқий асос йўқ.

Қўшимча изоҳ: Овозли чатда бир нарсани айтишни унутибман. Авваллари тестга кирган талабалар ўқишдан ҳайдалгани рост. Чунки улар ўқишга қалбаки ҳужжатлар билан ёки бировнинг ўрнига "паравоз" бўлиб киришар эди. Ўшанчун ҳайдалган. Тест пайтида бундай қинғир ниятли талабалар аниқланса, ҳозир ҳам талабалар сафидан чиқарилади.


👉 @xushnudbek 👈

330 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnudbek aka biz talabalardan qanday hujjatlar talab qilinadi diplomlarimiz oliygohdaku
Sirtqiga topshirib ikkita universitydayam oqib bitirib chiqishni iloji yoqmikan
Endi orzularga berilib kettimov🤭
Ғайрат Деҳқонов
Bilimim sinab ko'raman deb o'qishga byudjet asosida qabul qilinib, keyin o'qimasa. Byudjet o'rnini kuydirib quymasmikan
Axir bu nohaqlik meni fikrim chunki abiturientlar yetarlicha. Õylashimcha studentlar yana boshqa yõnalishga topshirganlaridan kõra õqiyotgan sohasini chuqur egallaganlari maqsadga muvofiq
Faqat 1-va 2-kursdagi talabalar shunday imkoniyatga egami?
Assalomu aleykum savol:DTM imtihonlari Avgust oyidan sentyabr oyiga ko'chirildi degan xabarlar keldi internetda bu xabarlar qachali rasmiy malumot bersangiz
Men tibbiyot instituti talabasiman agar abutirent sifatida oqishga topshirib kirolmasam
Tahsil olayotgan OTM dan rostan haydalib ketmiymanmi
Bunga kafolat bera olasizmi ?
JURAXOLOVA
Assalom alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev men hozirda talabaman ,qaytadan boshqa institutga ariza topshirmoqchi edim lekin topshira olmayapman
G.Farmonova
Ассалому алейкум.
Агар ўқишга кирса-ю ўқигиси келмай қолса-чи.Унда қандай қарор қабул қилинади???
JURAXOLOVA
Айтганлаку ихтиёрий деб
G.Farmonova
G.Farmonova
Ассалому алейкум. Агар ўқишга кирса-ю ўқигиси келмай қолса-чи.Унда қандай қарор қабул қилинади???
Янги кирган ўқиш жойида ўқишни хоҳламай қолса,аввалгиўқишини давом эттираверадими???
Sobirov Ruzimboy
Bu qandaydir mantiqsizlik. Talaba yana OTM ga imtihon topshiradi. Bali yetsa oldingi o'qiyotgan joyidan chetlatiladi. Talaba bo'lib yana OTM ga topshirish nima keragi bor. Aytaylik 1 ta yunalishiga 5 talaba topshirib kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilsa yu talaba o'qishni hohlamasa. 1 ta yunalishda 5 ta o'rin shunchaki yuq. 1 ball yetmagan navbatdagi talaba esa 1,5-2 baravar kontrakt to'lab uqiydi.
Assalomu aleykum men talabaman kantraktda uqiyman. Tafsiyanoma bilan bu yil uqishga toopshirsam buladimi
@@@@@@
Assalomu alaykum hammaga.bu yil.otmlar uchun oʻqishga topshirish sanasi aniq boʻldimi...agar aniq boʻlgan boʻlsa sirtqi topshirish qachon boʻlib oʻtadi...
Assalomu alaykum men Òzbekiston Milliy Universiteti TBK yònalish talabasiman.Men òqishimni Farmatsevtikaga super perevod qilsam kontraktni bolib tòlasam bòladimi
Mohigul Juraxolova
Assalomu alaykum Hozirda 2-bosqich talabasiman.Qayta o'qishga topshirmoqchi edim Lekin ma'lumotlarimni kirgizsam o'tgan yilgi kabenitim chiqib o'quv yurtlari so'ralmayapti.Xullas topshirishni iloji bo'lmayapti.Nega?
Show next 100 comments