Audio
❓Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Ўқишга кира олмаса талабалар сафидан чиқарилмайдими?
#abituriyent

Овозли чатда бир талаба дўстимиз худди шу савол билан мурожаат қилди. Унга жавобимни юқоридаги аудиода эшитишингиз мумкин.

Жавоб: ҳозир Ўзбекистондаги ёки хориждаги исталган ОТМда талаба бўлиб ўқиётганлар ҳам абитуриент сифатида ДТМ сайтидан рўйхатдан ўтиб, ҳужжат топшира олади. Ўқишга кирса ва ўша ерда ўқишни истаса, ҳозирги ОТМда ўз хоҳишига кўра, талабалар сафидан чиқади. Агар ўқишга кира олмаса, ҳозирги жойида талабалар сафидан чиқарилмайди. Бунга ҳеч қандай ҳуқуқий асос йўқ.

Қўшимча изоҳ: Овозли чатда бир нарсани айтишни унутибман. Авваллари тестга кирган талабалар ўқишдан ҳайдалгани рост. Чунки улар ўқишга қалбаки ҳужжатлар билан ёки бировнинг ўрнига "паравоз" бўлиб киришар эди. Ўшанчун ҳайдалган. Тест пайтида бундай қинғир ниятли талабалар аниқланса, ҳозир ҳам талабалар сафидан чиқарилади.


👉 @xushnudbek 👈

330 comments

Show 100 more comments
Sobirov Ruzimboy
Bu qandaydir mantiqsizlik. Talaba yana OTM ga imtihon topshiradi. Bali yetsa oldingi o'qiyotgan joyidan chetlatiladi. Talaba bo'lib yana OTM ga topshirish nima keragi bor. Aytaylik 1 ta yunalishiga 5 talaba topshirib kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilsa yu talaba o'qishni hohlamasa. 1 ta yunalishda 5 ta o'rin shunchaki yuq. 1 ball yetmagan navbatdagi talaba esa 1,5-2 baravar kontrakt to'lab uqiydi.
Assalomu aleykum men talabaman kantraktda uqiyman. Tafsiyanoma bilan bu yil uqishga toopshirsam buladimi
@@@@@@
Assalomu alaykum hammaga.bu yil.otmlar uchun oʻqishga topshirish sanasi aniq boʻldimi...agar aniq boʻlgan boʻlsa sirtqi topshirish qachon boʻlib oʻtadi...
Assalomu alaykum men Òzbekiston Milliy Universiteti TBK yònalish talabasiman.Men òqishimni Farmatsevtikaga super perevod qilsam kontraktni bolib tòlasam bòladimi
Mohigul Juraxolova
Assalomu alaykum Hozirda 2-bosqich talabasiman.Qayta o'qishga topshirmoqchi edim Lekin ma'lumotlarimni kirgizsam o'tgan yilgi kabenitim chiqib o'quv yurtlari so'ralmayapti.Xullas topshirishni iloji bo'lmayapti.Nega?
Turdosh yònalishlardagi ayrim guruhdagi yònalishlar qizil rangda berilgan buni alohida sababi bormi?
حلو
Ассалом алекум техникумни 1чи курсни тугаттм олийгохга тавсиянимам бор 4фоизли хотн кзлар учун ажратилган тоифасдан. Бу йил инстга топшрб кромасам техникумдан хайдалмиманми окшда давом этураманми. Инстга кирсам оз хохшм блар ариза йозб техникумдан кетаман шунака боладми шунда
Assalomu alaykum. Bir Oliy ta'lim muassasasi doirasida turdosh yõnalishga perevod qilmoqchiman. Shunda super kontrakt tõlaymanmi?
Assalomu alaykum Hurmatli Hushnudbek sizdan bir iltimos, 2-mutaxassislik bo‘yicha ham to‘liqroq ma'lumot bersangiz.O‘qish nechi yil va nechanchi kursdan ishlash huquqi beriladi.Men mexanikani bitirib ped yo‘nalish bo‘yicha 2-mutaxasislika topshirgandim lekin faqat 4-kursdan dars beramiz deyishyapti shu to‘g‘rimi men 3-kurs bo‘ldim.
2-savolim esa 2-mutaxassislik 3yil edi bizga esa 4-yil o‘qisilar ya‘ni 5-kursda bitirasilar deyishdi bu qanchalik to‘gri
G'irt bemanilik talaba xoxlasa qaytadan imtihon toshirishi .
Xarna davlatga 122ming sum foyda🙂😂
Хушнудбекка хабар кайжерге калдырса булади .личкасига ердам беринг
Iltimos perevodni super kontraktini ham bolib tolasa bòladimi va turdosh yònalishlardagi ayrim yonalishlar qizilda berilganligini sababi nima shunga javob bering.Javob uchun raxmat.
Ассалаума алейкум хаммага.
Саволим бор еди:келгуси ил хам шунака килса буладими.Масалан шу ил топшираман хохлаган окишимга кира олмай колсам балм етканида окип келуси ил хам топширсам буладими?
Шунга жаваоб берсангиз илтимос
Xasanov Asadbek
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, yaxshimisiz? Agar iloji bo'lsa, bu haqda ham xabar qoldiring
Juda yaxshi yangilik bòlibdi. Òzi xohlamasdan bali past joyga òqishga topshirib òqib yurgan talabalarga juda katta imkoniyat. Endi ular ham òzlari qiziqgan soha bòyicha yana qayta topshira oladilar. Bilimlari yetarli bòlsa albatta òqiydilar. Menga palonchi universitetda òqish armon bòlib qolgan degan narsaga chek qòyildi Rahmat!
Имтезларин кайтариш учун бугин Ешлар марказида игилишиб ётган узб чемпиони ешларларга блогерлар ердам берса дегандим
Assalomu aleykum Oliy Imtihonlar qoldirilgani rostmi Xushnudbek aka?
Тинглайдиган қулоқ йуқми диман
Agar talaba imtihondan oʻta olmasa nma boʻladi
Show next 100 comments