Audio
❓Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Ўқишга кира олмаса талабалар сафидан чиқарилмайдими?
#abituriyent

Овозли чатда бир талаба дўстимиз худди шу савол билан мурожаат қилди. Унга жавобимни юқоридаги аудиода эшитишингиз мумкин.

Жавоб: ҳозир Ўзбекистондаги ёки хориждаги исталган ОТМда талаба бўлиб ўқиётганлар ҳам абитуриент сифатида ДТМ сайтидан рўйхатдан ўтиб, ҳужжат топшира олади. Ўқишга кирса ва ўша ерда ўқишни истаса, ҳозирги ОТМда ўз хоҳишига кўра, талабалар сафидан чиқади. Агар ўқишга кира олмаса, ҳозирги жойида талабалар сафидан чиқарилмайди. Бунга ҳеч қандай ҳуқуқий асос йўқ.

Қўшимча изоҳ: Овозли чатда бир нарсани айтишни унутибман. Авваллари тестга кирган талабалар ўқишдан ҳайдалгани рост. Чунки улар ўқишга қалбаки ҳужжатлар билан ёки бировнинг ўрнига "паравоз" бўлиб киришар эди. Ўшанчун ҳайдалган. Тест пайтида бундай қинғир ниятли талабалар аниқланса, ҳозир ҳам талабалар сафидан чиқарилади.


👉 @xushnudbek 👈

330 comments

Show 100 more comments
Assalom alekum agar hozi OTM da uqiyotgan talaba uqishga topshirsa grand bulsa agar yiqilsa kontrakt bulib qolmaydumi????????????
Student grantda oqib turib, abituriyent sifatida topshirib, kontraktga oqishga kirib, oqishni oldingi grant oqiydigan joyida davom ettirsa boladimi?
Assalomu alaykum. Man talabaman lekin imkoniyatdan foydalanib Diplomatiyaga topshirmoqchi edim ichki imtihoni otib ketgani uchun online royhatda chiqmayapdi qanday yol tutsam boladi?
Sayyod.J
Assalomu alaykum hozir 2-kursda grandga uqiyman .agar boshqa joyga topshirib kantrak bulsam keyin avvalgi uqish joyimda uqiversam buladimi .agar hozirgi topshirayotgan joyga grandga kirsam talabalikni 1- kursdanmi yoki 2- kursdan boshlayman
Assalomu aleykum kontrakt masalasi nima boladi shu vaqtgacha tòlagan
ASSALOMU ALAYKUM talabaladan o'qishga topshirganla bomi
Assalomu alaykum

Savollarim bor edi.
OTM da oʻqiyotgan talaba abiturient sifatida hujjat topshirib imtihonda yetarli bal toʻplay olmadi yaʼni oʻta olmadi. Avvalgi OTM da oʻqishini davom ettiradimi?
Iltimos javob berishingizni soʻrab qolaman
Med texnikumlarga qabul boshlandimi
+998990407064
Ha men
Hech qanday Zarar bumidimi manam topshirmoqchidim
Assalomu aleykum barchangizga hayit bayrami muborak bo‘lsin
Kecha Qarshi shahar DTM call markazidan so‘ralganda mumkinmas deyishdi
Ikki xil gapirishyapti o‘zi mumkinmi bu narsa aniq topshirib birinchi o‘qiyotgan joyidan haydalmaydimi
Assalomu alekum men ham topwirmoqchi bolib ariza toldiruvdim mendan orta maxsus diplom nomerlari soraldi bizga ma'lumki diplom unversitetda boladi va uni hozi oliw imkoniyati yoqligi sababli topwira olmadim u diplom nomerlarini qande olsak boladi wu haqida qisqacha malumot betsanggiz
Khamidova Nasiba
Unda topshiromimiz shunaqami
Men topshirdim Xushnud aka aytdilarku bo‘ladi deb
Show next 25 comments