Шахмат федерацияси билан боғлиқ машмашалар биринчиси эмас. Аввалроқ Гулруҳбегим Тоҳиржонова Федерациядаги қинғир ишлардан қочиб, АҚШ номидан мусобақаларда қатнашишни бошлаганини маълум қилганди.

Дунёнинг энг ёш гроссмейстерларидан бири Жавоҳир Синдоров ҳам агар бунақа ишларда давом этса, Федерациядан чиқиб кетишини айтганди.

Эътиборли томони, Шахмат федерацияси раҳбарияти 2021 йил 12 ЯНВАРЬ куни Синдоровга жавоб берар экан, биз «олтин балиқча» эмасмиз, оддий жамоат ташкилотимиз деб, ўта хунук муносабат билдирганди. Ва худди ўша 12 ЯНВАРЬ куни Шахмат федерацияси раисининг биринчи ўринбосари Ҳусан Турдиалиев директорлик қиладиган МЧЖга салкам 1 млрд 800 млн сўм пул беғараз ўтказиб берилган.

Бўлди, тушундик. Сизлар иқтидорли шахматчиларни рағбатлантиришга келганда оддий бир жамоат ташкилотисиз, лекин ўзларингизга келганда ҳақиқий «олтин балиқча»сиз!

"Малибу" ва салкам 2 млрд сўм воқеасини тегишли идоралар текшириб кўрармикин? Ёки ёпиқлик қозон, ёпиқлигича қолиб кетадими?


👉 @xushnudbek 👈

337 comments

Show 100 more comments
Shohzod Norbekov
Baraka toping Xushnutbek ota onangizga raxmat shuning uchun ham kanalingizga a'zoman charchamang...... Yana ham ko‘proq mexnat qiling. Rivojlanishga juda katta xissa qo‘shayotgan o‘zbek yigitlaridan bitta siz bo‘lasiz.
Маматкобил Азизов
Bosh prokurotura buni ko'rib chiqarmikan yoki kar, ko'r va saqov bo'lib qolarmikan.
Uraaa yangi Òzbekistonda eski ishlar davom etmoqda.
Qonun bu òrgimchak tòri mayda hashoratlar ilinadi kattalari buzub òtib ketadi.
"$AnvarPardaboyev$"
Bir shifokorni 500 ming so'm uchun 5 yil berganini eshitgandim, bularga 1,8mlrd uchun 3600000 yil berishsa adolatdan bo'lardi!
Kop emas 36 yil bersin hech qanaqa qisqartirishlarsiz ogir tartibli kaloniyalarda va olgan pullarini joyiga davlat xazinasiga qaytarishsi. Tamom
Тешиб чиксин халкни пулини еганларни,халк бу ёкда канча кийнаяпти хаёлига келтирмайди
Илхомжон Исмоилжонович
Ассалому алайкум хурматли Хушнудбек. Илохим, сиздайин хаикатпарварлар купайсин.
Kelajak yoshlar qoʻlida
Hozirimiz mana shunday amaldorlar qoʻlida 🥴
Bu ketishda osmonimiz haqatan ham musaffo boʻladi qishin yozin
Izzatulla Abdullayevich
Xushnudbek yaxshimisiz? Bo'larkanu tanqidlar qilsangiz ham. To'xtamang. Sizning ta'siringiz katta matbuotda
farhod
Kechirim soʻraydi tamom wu ham muammomi
Xamma joyda poraxo'rlik avj ogandan ovottiki
Xichcham kamayganini ko'rmadim
. .
Президентимиз коррупцияга Карши каттик курашамиз дедилар бу йил булар хам у́з жазоси олар
hamma qonunlar shunchaki oddiy ishchi xalq uchun. bular baribir chora ko'rilmay qolaveradi. biz esa chora ko'riladi deb hali yana 1 asr kamida kutamiz
Anvar
Kimdur korrupsiyaga kurasharmikin deb kutib utirmasdan uzimiz ham kurashishimiz kerak.
Yopiqliq qozon yopiqligicha qoladi har doim wu ahvol harnarsada
Shuyam yangilikmi hammayoq botqoqku vaaaq vaaq
Yopiqlik qozon yopiqligicha qolmaydi ustidan sementlab ham qoyishadi bilinmasligi uchun bosdi bosdi bolishiga kòzlari yetmasa shunaqa katta pulniyam hazm qilib yuborishmasdi
Insof bersin hammaga.xozir javob bermasa ham vaqti keganda xohlasa xohlamasa javob beradi😶🙂
Oʻzi shunaqa korrupsiyaga Singapur texnikasini qoʻllash kerak derdim-u... Bilmadim piramida boʻlsa taom🥲
Befoyda hammasi
Doimgiday baxonalar tayyor bularni quppquruq ketadi. Yoki ishdan olindi deb viloyatga zam hokim qilb qoyadi tamom. Bunaqalarni chopish kerak kallasidan.
Javob kutamiz 500ming pora bn tushgan inson qamaldi bular nchi yil bulsa
Show next 100 comments