Шахмат федерацияси билан боғлиқ машмашалар биринчиси эмас. Аввалроқ Гулруҳбегим Тоҳиржонова Федерациядаги қинғир ишлардан қочиб, АҚШ номидан мусобақаларда қатнашишни бошлаганини маълум қилганди.

Дунёнинг энг ёш гроссмейстерларидан бири Жавоҳир Синдоров ҳам агар бунақа ишларда давом этса, Федерациядан чиқиб кетишини айтганди.

Эътиборли томони, Шахмат федерацияси раҳбарияти 2021 йил 12 ЯНВАРЬ куни Синдоровга жавоб берар экан, биз «олтин балиқча» эмасмиз, оддий жамоат ташкилотимиз деб, ўта хунук муносабат билдирганди. Ва худди ўша 12 ЯНВАРЬ куни Шахмат федерацияси раисининг биринчи ўринбосари Ҳусан Турдиалиев директорлик қиладиган МЧЖга салкам 1 млрд 800 млн сўм пул беғараз ўтказиб берилган.

Бўлди, тушундик. Сизлар иқтидорли шахматчиларни рағбатлантиришга келганда оддий бир жамоат ташкилотисиз, лекин ўзларингизга келганда ҳақиқий «олтин балиқча»сиз!

"Малибу" ва салкам 2 млрд сўм воқеасини тегишли идоралар текшириб кўрармикин? Ёки ёпиқлик қозон, ёпиқлигича қолиб кетадими?


👉 @xushnudbek 👈

337 comments

Show 100 more comments
Shuyam yangilikmi hammayoq botqoqku vaaaq vaaq
Yopiqlik qozon yopiqligicha qolmaydi ustidan sementlab ham qoyishadi bilinmasligi uchun bosdi bosdi bolishiga kòzlari yetmasa shunaqa katta pulniyam hazm qilib yuborishmasdi
Insof bersin hammaga.xozir javob bermasa ham vaqti keganda xohlasa xohlamasa javob beradi😶🙂
Oʻzi shunaqa korrupsiyaga Singapur texnikasini qoʻllash kerak derdim-u... Bilmadim piramida boʻlsa taom🥲
Befoyda hammasi
Doimgiday baxonalar tayyor bularni quppquruq ketadi. Yoki ishdan olindi deb viloyatga zam hokim qilb qoyadi tamom. Bunaqalarni chopish kerak kallasidan.
Javob kutamiz 500ming pora bn tushgan inson qamaldi bular nchi yil bulsa
Sportda karrupsiya kuchli shuning uchun ham Jahon chempionatlariga chiqolmidi iqtidorli sportchilar
Shifokorlar 500ming soʻm olsa 5yil qamaladi bularga hayfsan berishsa kerak, osmonimiz musaffo nimayam derdik
Bunaqa kalla 2 mlrd ga chopilmasa kerak hov
Men doim shunaqa iflosliklardan nolib kelganman. CHunki qishloqlarda, tuman markazlarida hatto viloyatlarda ham turnirlar ommaviy bo‘lmay faqat tor doiralarda kelishilgan tartibda o‘tkaziladi. SHu uchun umuman bu ishlarga qo‘l siltagan necha necha yoshlar o‘zlarining potensial imkoniyati yetadigan darajada yuksala olmaydi. Sindorovni oldida o‘sha qog‘ozbozlar aslida kim? Bitta poraxo‘r xaromxo‘rlar xolos. U esa jahon arenalarida ishtirok etadigan kuchli grossmeyster. Bizdagi miyasi chirigan qari to‘nka poraxo‘rlik qahramonlari esa o‘zidan boshqani tan olmaydi. Ular haq qolganlar bir tiyin. O‘sha pulni har bir viloyatga 100mln so‘mdan bo‘lib chempionat o‘tkazsa qancha odam qatnashar edi? Nega shu ifloslarni urug‘ini quritmaydi tegishli tashkilotlar? Oddiy o‘qituvchi 1.5mln pora olganini biladiku 1.8mlrd so‘m yo‘q bo‘lib ketsa bilmaydimi?
Assalomu alaykum xayrli kun hammaga. Bunaqa voqelar yoshlarni kelajakga bo'lgan qiziqishini so'ndiradi
korupsiya uchun Oliy jazo qayta qo'llanganida edi Xitoyga o'xshab ana keyin bularni axvolini ko'rardik
Dokumentdagi qonun xalq uchun , kaltak xalq uchun, yuqoridagilarga jin ham urmaydi
Zudlik bilan tekshirilib, vaziyatga qonuniy va haqqoniy baho berilishi SHART! Davlat yoshlar uchun va turli sohalarga milliardlab pul ajratyabdi, ayrim noinsof, vatan hoyinlarini deb "itsarsonsan".
Бахтиер Мехмонов
Биз билгандик, биз кутгандик. Э сандака амалдорларнинг падарига ...туууут.. тууут.. туууут
Javohir Sindorov ajoyib natijaga erishdi va Vatanimiz nomini butun dunyoga yana bir bor eslatib qo'ydi deb o'ylayman! Lekin bu federatsyaning xarakteri chempionni kutib olinishidan xam ma'lum edi! Xatto Rossiya telekanallari bu xaqda gapirdi,ko'rsatuv qildi naxot biznikilar uyalmaydi. Ketgan pullar mayli javobgar topilar lekin bu tizimda yana navbatdagi loqaydliklar bo'lishi va Vatanimiz sportchilariyu iqtidorlarini ko'ngli sinishidan qo'rqaman...
Show next 100 comments