Шахмат федерацияси билан боғлиқ машмашалар биринчиси эмас. Аввалроқ Гулруҳбегим Тоҳиржонова Федерациядаги қинғир ишлардан қочиб, АҚШ номидан мусобақаларда қатнашишни бошлаганини маълум қилганди.

Дунёнинг энг ёш гроссмейстерларидан бири Жавоҳир Синдоров ҳам агар бунақа ишларда давом этса, Федерациядан чиқиб кетишини айтганди.

Эътиборли томони, Шахмат федерацияси раҳбарияти 2021 йил 12 ЯНВАРЬ куни Синдоровга жавоб берар экан, биз «олтин балиқча» эмасмиз, оддий жамоат ташкилотимиз деб, ўта хунук муносабат билдирганди. Ва худди ўша 12 ЯНВАРЬ куни Шахмат федерацияси раисининг биринчи ўринбосари Ҳусан Турдиалиев директорлик қиладиган МЧЖга салкам 1 млрд 800 млн сўм пул беғараз ўтказиб берилган.

Бўлди, тушундик. Сизлар иқтидорли шахматчиларни рағбатлантиришга келганда оддий бир жамоат ташкилотисиз, лекин ўзларингизга келганда ҳақиқий «олтин балиқча»сиз!

"Малибу" ва салкам 2 млрд сўм воқеасини тегишли идоралар текшириб кўрармикин? Ёки ёпиқлик қозон, ёпиқлигича қолиб кетадими?


👉 @xushnudbek 👈

337 comments

Show 100 more comments
Baʼzida qoʻrqasan bunday faktlarni eshitib,koʻrib,amaldorlar hammasi davlatni kemirishda davom etaveradiganday goʻyo . Xushnudbekning hamma narsaga real yondashadi deb oʻylayman
Latif Mukhammadiev
2 mlr pul bor odamni sud qilib ayblay olmaydi bizarda faqat oddiy odam pul bn uwlansa wu poraxur kattalar bu iwni qilsa ular wunchaki.... Buladi
Yaqin orada toʻymasa keragov bular qatʼiy choralar koʻrish kerak bularga boshqalariga oʻrnak boʻlishi uchun
Va mansabdor shaxslar tadbirkorlik yuritishi boʻyicha qonunlarni koʻrib chiqish kerak
Уларга хеч кимни кучи етмаса керакда
Faqat uzbni bayrogʻini yuqoriga koʻtarib qaytgandan keyin hech narsa yoʻq naxxuy kk uzbdan qatnashib
Tegishli idoralar bilan bo‘lib olishadi
Latif Mukhammadiev
Telikanallarda burtiriwadi mana poraxurlikga qarwi kuraw deb lekin katta katta oltin baliqchalar erkin suzib yuriwadi okianda bizada faqat ariqdagi baliqlar uwlanadi
Axir ular shaxmat federatsiyasi boshlig'lari shaxmatni zo'r o'ynash uchun hisob kitobni yaxshi bilish kerak ayniqsa pul masalasida bo'lsa
Nafs yomonda nafs
"$AnvarPardaboyev$"
Bir shifokorni 500 ming so'm uchun 5 yil berganini eshitgandim, bularga 1,8mlrd uchun 3600000 yil berishsa adolatdan bo'lardi!
Vrach 500 ming so'm olganligi uchun 5 yil berib qattiq surishtirishadi uzil-kesil besh yil jazo naqt, a 2mlrd so'm uchun esa xech nima shunchaki xech kim aybdor emas va oddiy xayfsan yoki ogohlantirish beriladi Chunki u oddiy vrach emasda🤫 inson qadri uning mansabi va boyligiga qattiq bog‘liq zamonda yashayapmiz🤐🤬
"$AnvarPardaboyev$"
Endi Xushnudbek akani ham Solihon domlaga o'xshab faoliyatini cheklashsa ajablanmayman,
Камилджан Юлдашев
Синдоровдек иктидорли ёшлар Узбекистон фахри.Аммо шахмат федерациясидаги айрим нопок кимсалар на Худони билади ва на Конунни.Балки,улар узларини Конундан ,,ташкарида"деб билишар?...
Хушнуджонхам заказга ишлашни бошлаптида)
"Oltin baliq" ni hissasiga to‘g‘ri kelgandir 2 mlrd. pulni qolgan 5 qismi😂😂😂
500ming uchun 5 yil qamaldi ko‘ramiz qancha berisharkin bu summaga
qoyil shunchalik ham jasur odamlar ekanda xuddi kinolardagidek
shunchalik jasur ekan unda ularga oʻzgacha jazo berish kerak boʻlmasa uncha buncha jazodan qoʻrqmaydi ham
Yurisprudensiya
Davlatni Xalqni pulini 2 mlrd ni yebdi noinsof. Bir o'ylab ko'ring bu pulga qancha nochor insonga qancha o'g'ir kasal insonni davolashga yetardi.
Bu biz bilgan xalqni pulini yeyish bilmagan mlrd xalq pullarini qancha noinsoflar yeb yotibdi. Ey noinsoflar
Olloxdan qo'rqinglar bu pullarni go'rlaringga olib ketolmaysan xammasini javobi bor.
Korupsiya xalq pulini yeganlarni Umrbod qamoq jazosiga tortilsa korupsiya xalq pulini talon taroj qilish kamayadi bo'lmasa bilmadim.
Show next 100 comments