Kitoblar oʻz egalariga yetib bormoqda!

Kitobimiz haqida e’lon qilganimizdan keyin juda koʻp buyurtmalar boʻldi. Ochigʻi, ulgurolmay ham qoldik.

Va’da berganimizdek, dastlabki 100 ta xaridorga kuntesti mobil ilovamiz uchun 100 tanga ham sovgʻa qilishni boshladik!

Shoshiling, kitoblar soni cheklangan!

Murojaat uchun +998939290006 (yoki @khiso_lc_admin).

15 comments

Assalomu alaykum bizga ham 100tanga beriladimi
Kechadan oldingi kun buyurgandim endi kelarkan.
Doniyorjon Muhammadjon
Assalomu alaykum bizga ham 100tanga beriladimi
Albatta buyurtma yetib borgach beriladi. Koʻp buyurtma sabab ozgina ulgurmayapmiz.
Assalomu alaykum!
Kitob ichidagi ma'lumotlar biz uchun juda qadrli boʻldi, material qidirib yurgandik. Ayniqsa javoblari batafsil video orqali tushuntirib berilgani juda yoqdi.
Ammo pereplyotini sal boshqacharoq qilinsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Chunki kitobni ochib undan foydalanish noqulaylik tugʻdirmoqda.
Umuman olganda juda zoʻr manbaa boʻlgan. Boshqa doʻstlarimizga ham shoshib tavsiya qildik☺️

Adamlar matematik sifatida qizimizni oʻzlari prezident maktabiga tayyorlayotgan edilar, faqat material topishda qiynalayotgan edilar. Koʻp manbaalardan koʻngillari toʻlmaydi. Ammo bu kitob ularga juda yoqdi, yana shunaqa boʻlsa yana olinglar dedilar😁
Mehnatingiz uchun katta rahmat))
QanChadan
Eshmirza Doniyorov
Assalomu alaykum kitob nechi pul ekan
Muxlisa
Assalomu alaykum. Ushbu kitobdagi testlar bilan hozircha qisman tanishib chiqdim. Kitob juda ajoyib, maktab darsliklaridan ancha farq qiladi, o'quvchini matematika faniga yanada qiziqtirib, uning mantiqiy fikrlashini kuchaytiradi. Ayniqsa, so'ngi bo'limdagi IQ testlar matematika fanini o'qitishdagi yangi yo'nalish bo'libdi. Kitob mualliflariga katta minnatdorchilik bildiraman. Kelgusi ishlaringizga omad.
Vohidova Dildora Sobirjonovna
Assalamu alaykum hurmatli tinib-tinchimas fidoyi "Khiso" jamoasi! Kitobni oldim, judayam qiziqarli kitob ekan. Farzandim bilan ta'tilda mazza qilib bajaryapmiz. Matematikadan qo'shimcha darslarga bormasdan uyda bilimlarimizni samarali oshiryapmiz. Vaqt o'tganini ham bilmay qolyapmiz. Rahmat sizlarga!
Show next 4 comments