#uzluksizlik
#raqobat


Maktab vaqtida ustozimga savol berganim esimda.

Men: “Nimaga sportchilar bir vaqtda yugurishi kerak, hamma oʻz davlatida yugursa boʻladiku, spidometr borku vaqtini oʻlchab gʻolibni aniqlasak boʻlmaydimi?”

Ustozim: Seni hech it quvlaganmi? Shu vaqtda qanday yugurasan?

Men: Tushundim…

Qissadan hissa shuki, raqobat boʻlsa inson oʻzining odatiy imkoniyatlaridan koʻproq kuch bilan harakat qiladi. Masalan, yuqoridagi voqeada it tishlamasligi uchun it bilan raqobat qilgan ekanman🙂

Raqobat muhitini paydo qilish maqsadida 2024-yildan boshlang reyting tizimini yoʻlga qoʻydik. Masalan Shu vaqtga qadar Toshkent shahrida 3 ta, Xorazm viloyatida esa 6 ta reytingli musobaqa boʻlib oʻtdi. Ular bilan @khiso va @khiso_khorezm kanallarida tanishishingiz mumkin.

📊 Reyting natijalarini tahlil qilib shunga amin boʻldimki, uzluksiz qatnashayotgan oʻquvchilarning nafaqat umumiy natijasi, balki oʻrtacha natijaga nisbatan koʻrsatkichi oshib bormoqda. Motivatsiya (xuddi benzin quyishdek gap) biror nuqtadan keyin yoʻqoladi, agarki ragʻbat yoʻqolsa. Shu sababdan eng kamida oʻquv yili yakunida reyting natijalarga koʻra alohida taqdirlash marosimi oʻtkazishni rejalashtiryapmiz. Unda uzluksiz va yuqori darajada ishtirok etgan oʻquvchilar munosib ragʻbatlantiriladi.

🏆 Darvoqe, bu yakshanbada Xorazmlik oʻquvchilarda reyting ballarini +💯 ballgacha oshirish imkoniyati bor. Roʻyxatdan oʻtish ertaga yopiladi. Batafsil: ➡️ t.me/khiso_khorezm/296

7 comments

Mirzayeva Shaxnoza
Assalom alaykum. Men andijon viloyatidanman. Mening farzandim ham qatnashishini xohlardim.
Mirzayeva Shaxnoza
Menimcha onlayndan ko'ra oflayn yaxshi. Shunda bolalarni raqobati kuchliroq bo'larsi
Mirzayeva Shaxnoza
Menimcha onlayndan ko'ra oflayn yaxshi. Shunda bolalarni raqobati kuchliroq bo'larsi
Albatta, rejamizda bor. Xorazmda ham oktabrdan yoʻlga qoʻydik. Andijonda ham nasib qilsa yoʻlga qoʻyamiz!
🌹"Dream works LC" english school🧚‍♀️
Assalomu alekum yaxshimisizla
Yozuvlar va ayniqsa sonlar juda xira kòrinyapdi oxirgi marta òtkazilgan olimpiada natijalaridayam, Reyting ballariyam
Tiniq qilishni iloji bormi iltimos
Assalamu aleykum onlayin qatnshsaham ballar inobatga olinadimi yani avvalgi oflayindagi tôplagan ballariga qushiladimi oldindan rahmat