Ajib holat.

Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi.
Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim...
Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...

Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....

31 comments

Botir
👏👏👏
Ustoz juda yaxshisizda. Alloh sizga jannatni ato etsin .
Islomni go'zal odatlaridan: tanigan, tanimagan insonlarga salom berishlik va taom ulashishlik.
Alloh ehsonizni qabul qilsin.
Diyora
Olloh rozi bo'lsin,sizni ham olloh oliy mukofatlar bilan siylasin.
Zor ustoz..👏👏👏👏👏sizga juda havaz qilamiz
Masha Alloh😍
Alloh sizda rozi bólsin umriz uzoq bólsin
Allah sizdan rozi bo'lsin ustoz🤲🤲🤲
GULSHOD BEKCHANOVA
Buni o‘qub ko‘zimga yosh keldi
Masha Alloh
Allah sizdan rozi bosin 🤲🤲🤲
Zuhraxon
Ustoz juda katta savob ish bo'libdi.Rahmat sizga.
Husinova Dilafruz
Hayratlandim.bizga xam nasib etsin ilohim
Mashaolloh . Ustoz hayotdagi bunday voqealarizdan köproq tashlab turing. Chunki ming afsuslar bölsinki hozirgi dinga endigina kirib kelayotgan yoshlar islomni soqol hijob namoz doppi... lardangina iborat deb chunib qolyabdi . Alloh hammamzga tavhid va hidoyat bersin
@Miss_Ledy@
Ustoz bilasizmi juda ajoyib insonsiz
Alijon Rashidov
Yaxshilik qilishda doim peshqadam bo‘ling.bunday qilish hammamizni qo‘limizdan keladi faqat xohlasak bo‘ldi.ustoz sizga katta rahmat eslatganiz uchun.
Show next 15 comments