⚡️ Xayrli kech aziz #kuntesti bilimdonlari!

Bugun soat 23:00 dan boshlab mobil ilovamizdagi #yanvar_oyi_gʻoliblari aniqlanish jarayoni boshlandi. Ertaga #respublika g‘oliblari va imkon qadar tezroq #viloyat, #tuman g‘oliblari e'lon qilinadi.

Esingizda bo‘lsa oy boshida yangi qoidalar kiritilganini e'lon qilgan edik. Unga ko‘ra oy davomida 600 balldan yuqori natijaga erisha olmagan #respublika g‘oliblariga medal berilmasligi, aksincha #viloyat yoki #tuman g‘olibi bo‘lsa ham 600 balldan yuqori to‘plasa medal bilan taqdirlanishi belgilangan edi. Qaror qabul qilingan va bu bir oy oldindan e'lon qilingan edi. Shunday bo‘lsada bu borada fikringizni bilmoqchimiz.

Izohlarda fikringizni qoldiring.

P.S: Mehnatkash adminlarimiz tuni bilan uxlamay, oldiga kofelarni qo‘yib g‘oliblarni aniqlash bilan mashg‘ul bo‘lishadi😉

19 comments

Xudoymurotova Gòzalxon.
1oyda 600baldan koproq bal toplash kerakmi
O'zingizga va adminlaringizga kuch-quvvat tilaymiz.
Sizlarga katta raxmat bizday öquvchilar bilim olishi uchun shuncha imkoniyatlar yaratib berayapsizlar.Sizlar uchun biz doimo duodamiz.Ishlaringizga rivoj tilayman
🍓MЕХРИБОН🍓
Assalomu alaykum. O‘qituvchilar uchun ham kun testi tashkil qilinadimi? Ishlaringizga rivoj
У холда туман, вилоят кесимини платформадан олиб ташлаш зарур. Фақат республика иштирокчилари кесимида бўлса, сиз айтган тартибга тўғри келади. Бўлмасам нечестно бўлади. Бу менинг фикрим.
Hayot Salayevna Urazbayeva
Таклифни кун тести админига қолдирдим.
Yangi qoidalar yaxshi oʻylangan. Farzandim 2-sinf va u yanvar oyida 700 dan koʻproq ball yigʻdim divotudi, ozgina hato qilganini aytib xudo xolasa ballar sonini 800 ga chiqarishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bu holat albatta bizni quvontiradi.
Ozoda Jangirova
Sardorbek, viloyati va tuman kesimidagi g'oliblikni olib tashlash kerakmas.
O'z joyida qolgani ma'qul
Mustafo Nosirjonov
Assalomu alaykum kun testining jonkuyar ijodkorlari testlar juda zor lekin xozirgi programmalar juda murakkabligini xisobga olib xech bo'lmasa 500balldan yuqori qiliw kk
Ассалому алайкум, 600 бални асл камайтирса бўлмайдими
Assalomu alaykum 300 balldan yuqorilariga qilinglar iltimos
Sherzodbek
Assalomu alaykum 300 balldan yuqorilariga qilinglar iltimos
Ayniqsa 9-11 larga qiyinroq 600 ball to'plash har xil vaziyat bo'lib qolishi mumkin shuning uchun ham hech boʻlmasa 300 ga tushuringlar iltimos
Xudoymurotova Gòzalxon.
Вилоят билан туман кесимидаги голибликни олмасликлариз кк мени фикрим.Бу деганим бошка укувчилар хам кизикиши ортади
Xich narsaga teyish keremas xammasi shundo qolishi kere, ballarga kese xammasi yaxshi, 600 dan kam boʻsa bola yengil xayotga oʻrganip dangasa boʻp qoladi, xozir shunaqip azgina qiynalsa ertaga qiyinchilik paytta orqaga yurmasdan faqat oldinga qarab intiladi, muammoni xal qilishni unga yechim topishga harakat qiladi, shu turishida ketursin xammasi yaxshi ketvotti.
Show next 2 comments