This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сездингизми, охирги пайтлар яна ташкилот ва идораларда меҳнат қонунчилиги аҳволи ёмонлашиб кетди. Ярим тунгача ишлаш, дам олиш кунлари ҳам ишга чақириш, иш вақтидан ташқаридаги мажлислар сезиларли кўпайди.

Аввалгидек рейдлар ёки баландпарвоз чиқишлар ҳам камайди.

Бизда бир дунёқараш бор. Яхши натижа бўлиши учун жуда кўп ишлаш керак, деб ўйлашади. Гапиртирсанг давлат аҳамиятидаги ишни қиляпмиз, дейишади. Ваҳимаси дунёни бузади [энсасиқотгансмайлик]

Ваҳоланки, ўша ташкилотларнинг эришган натижасини кўрсанг - тайинли гап йўқ. Бунақа натижани кунига 8 соат одамга ўхшаб нормал ишласа ҳам қилиш мумкин.

Замонавий дунёда ишнинг кўзини билган ақлли раҳбарлар ходимларига кўпроқ дам олиши учун имкон беради, қолоқ ва эскича ўйланадиган тизимлар эса ходимларини эшшакдай, қулдай ишлатишга ҳаракат қилади. Шу сабаб ҳам улар доим қолоқ бўлиб қолаверадилар.

Юқоридаги видео - тинимсиз ишлаш муваффақият калити эмас, балки пайти келганда ишни тўхтатишни билиш кераклигига яққол мисол бўла олади.


👉 @xushnudbek 👈

249 comments

Show 100 more comments
Qulmatov Xurshid
Oliy ma'lumotliman.Qaysi sohada ishlashimni aytmay qo‘ya qolay, 13-noyabr kuni xuddi shunaqa ahmoqona ish kuni sababli ishdan ketdim, hozir ishsizman.endi chorva bilan shugullanmoqchiman.shanba, yakshanba ish kuni edi, bazida yakshanbadaham ishlashga majbur bo'lyapmiz, qiladigan ishimizning tayini yo‘q, jamiyatga foidasiz ishlar! Eng yomoni shu samarasiz ishlar tufayli kech soat 8-9 gacha qolishni talab qilishadi.
Erta kelamiz iwga agar 5 minut kec qolaylik uruwadi hech km kec ketyapsan db uruwmidi
БАҲОДИР
Ассалому алайкум. Хушнудбекка саволларни қандай юборамиз
Tori yaxshi dam mehnatga hamdam
Awesome!
Jasurbek 자수르백
Bizda eng zor ishlayptgan sistema bomi bor. Bu sistemani nomi -"Korrupsia"
Ха, бунга кушиламан. Афсус-ки, ута мустабид коррупциялашган тизимда яшаяпмиз. ОАВ-ларда курсатилаётган коррупция лавхалари, оддий халк учун бир пулга киммат томошалардир. Коррупция билан коррупционерларнинг узилари шугулланишияпти. Бизга томоша эмас натийжа ва коррупция билан кураша оладиган чинакам мустакил суд тизими керак.
Хасанова
Билдирилаётган таклифлар амалга ошармикан
Assalom alaykum! Ko‘p ishlash hattoki kechasi 12 gacha qoladigan hodimlar bor. Bolasi uxlaganda uyga kelib uyg‘onmasdan chiqib ketadi hatto! Bunday ish oilaviy munosabatlarga yaxshi ta‘sir qilmaydi.
Канийди хамма шундай деб уйласа
Mana shunaqa videolarni ko'rish va tushunish kerak
Afsus lekin befoyda
Huddi shunday.Maktabda ham o‘qituvchilarni ish hujjatlarini kamaytirdik deb qaytaga topshiriqlarni ko‘paytirib qalashtirib tashlashdi.Bunda o‘qituvchini bolalarga qanday bilim beroyatganiku e‘tiborga ham olinmaydi.Hujjat zo‘r,joyida bo‘lsa o‘sha o‘qituvchi yaxshi.Darsga tayorgarlik ko‘rishga vaqt yo‘q.Faqat hujjat hujjat
VAZIRA
Assalomu aleykum juda yaxshi mavzuni ko'taribsiz. Yana majlisbozliklar ko'paygan O'qtuvchilar yana maxalla ishlariga o'tishgan 2021 yil saylovga ro'yxatga olish boshlangan. Shuncha qaror, shuncha qonun chiqarib qog'ozni uvol qilishgani qolyapdi xalos. Hech qanday ijrosi amalda yo'q.
Феруза Хазраткуловна
Hulkaroy
Huddi shunday.Maktabda ham o‘qituvchilarni ish hujjatlarini kamaytirdik deb qaytaga topshiriqlarni ko‘paytirib qalashtirib tashlashdi.Bunda o‘qituvchini bolalarga qanday bilim beroyatganiku e‘tiborga ham olinmaydi.Hujjat zo‘r,joyida bo‘lsa o‘sha o‘qituvchi yaxshi.Darsga tayorgarlik ko‘rishga vaqt yo‘q.Faqat hujjat hujjat
Кушиламан мактабларни эзворишди.хужжатлариям Майли хар ой директорга долясини бермасанг йигилишда очилмаган кирраларинг очилиб кетади.килган мехнатларинг ювилиб кетади Яна охирида каерга борсанг бор хамма жойда одамим бор деб дук уришади бу тошкент мактаб директорларига хос айникса.йук жойдаги хужжатларни талаб килади 8гача утирасан дейди долясини олса акси.....
VAZIRA
Kundalik komni degan yangilik kiritibdi maktabga. O'quvchilarni har kun har darsda olgan baholarini darsdan keyin o'qtuvchilar o'z xisobidan internetga pul to'lab kechgacha kiritishyapdi. Shu kimga kerak. ota bobolarimiz o'zimiz ham oddiy kundalikga baho olganmiz yomon bo'lmadik.
Yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman bu masalalarni tartibga olib bu to'g'risida ham qonuniy asos yaratilishi kerak mehnat kodeksida belgilangan vaqtda ish xonada bo'lish va ish taqsimotlarini ko'rib chiqish zarur.
Бандлик вазирлиги ишламаябди бу масалада
Qachon yaxshi böp ketarkin, mehnat kodeksiga amal qilinarmikan bizda ham
Дурыс айтыныз
Gulnaz
Ha 5,6oy oldin reydlar yurib 8soat ishlardi hamma endi esa keshki 9 10 11soatkacha shozilishi oddiy holga aylandi
Show next 74 comments