👋 Diqqat, endi asosiy saralash olimpiadasi!

Talabalar uchun "
Qori Niyoziy" olimpiadasining asosiy saralash bosqichi!

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi o‘tkaziladi.

📝 Olimpiadaga @khiso_uz1_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

🗓Bugun khiso.uz saytida soat 12:00 dan 16:00 ga qadar olimpiadaning asosiy saralash bosqichi oʻtkaziladi.

📊 Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 25 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

💵 Final bosqichi g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 750.000 so‘m;
2-o‘rin: 600.000 so‘m;
3-o‘rin: 450.000 so‘m;
4-o‘rin: 300.000 so‘m;
5-o‘rin: 150.000 so‘m;

📜 Testlar soni 30 ta bo‘lib, 3 xil qiyinlik darajada va 3 xil baholash asosida beriladi:

▪️(1-10) 10 ta sodda testga 9 balldan
▪️(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 15 balldan
▪️(21-30) 10 ta murakkab testga 26 balldan;

❗️Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar bilan tanishib chiqing: 👉 t.me/khiso/3072

7 comments

Ruyhatdan òtganlar boshqa òtishmaydimi
O‘tgan hafta qatnasha olmaganlar bu hafta qatnashsa bo‘ladimi?
Madina Rajabova
Assalomu alaykum oldin ro'yxatdan o'tgandim. Ammo ko'p vaqt davomida saytga kirmaganim uchun parolim aniq esimda yo'q. Parolni sms orqali qayta topish bor kk.lekin urinib ko'rdim telefon nomerimni yozdim sms kelmadi. Qayta ro'yxatdan o'tmoqchi bo'ldim hamma ma'lumotlarni to'ldirdim lekin "ro'yxat bandlaridan birini tanlang" degan yozv ciqb turibdi. Shunga nima qilsam bo'ladi.
Ассалому алайкум МЭИ УКУВЧИЛАРИЯМ КАТНАШСА БОЛАДИМИ РЕГИСТРАТЦИЯДА БИЗИ УНИВЕРСИТЕТ ЧИКМАЯБТИ