​​Қорақалпоғистон ва Тошкент вилоятида 2 нафар божхоначида коронавирус аниқланди

🔺 2020 йил 25 май соат 10:00 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 3180 (+16) нафарни ташкил этмоқда.

⚠️Янги касалланиш ҳолатларининг 4 нафари Қорақалпоғистон Республикасида аниқланиб, улардан 3 нафари хориждан келган халқаро юк ташувчи автомобил ҳайдовчилари (улардан 2 нафари украиналик), 1 нафари чегара божхона пости ходими.

5 нафари эса Самарқанд вилоятида аниқланган. Уларнинг 4 нафари касалликка чалинганлар билан мулоқотда бўлиб юқтирган. 1 нафари эса аҳоли орасидан аниқланган.

Ҳозирда эпидемиологик суруштирув ишлари олиб борилмоқда.

Яна 1 нафар Тошкент вилоятида чегара божхона пости ходимида аниқланган. Қолган 6 нафари Карантин марказидаги фуқаролар орасида қайд этилди.

❗️Айни пайтда юртимизда 2565 нафар коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар бутунлай соғайган. Ҳозирда мамлакатимизда 602 нафар бемор даволанмоқда.

3 нафар беморнинг аҳволи оғир.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 8 more comments
Дилафруз
Яшил худуд билан кизил худудларини чегарасини имкон кадар ёпиш керакмикан?
Albatta bu meni fikrim o'sha Samarqand Toshkent va Qoraqalpog'istonni yana ko'chaga chiqarmaslik kerakmi men vodiydan bo'la turib issiq kunlarda yana uyga qamashlarini hohlamaymanku lekin xalq sog'ligi hamma narsadan ustunda.
Сапар
Yoq ular xizmatta boladi aholi orasiga kirmaydi, xizmatta oylap yuradi
Gulnoza Shodmonova
Cheklovlarni kuchaytirsh kerak, xalqimiz karantin tugadi deb o'ylab qolyapti
🖒🖒🖒🖒🖒
Bizning meditsinani ahvolini inobatga olsak, agar virus boshqaruvini yoʻqotiladigan boʻlsak juda-juda qiyin boʻladi...
A'zamatjon Bakirov
O'ylab qarasen o'ylagani ham qorqasan kishi tinchlik bo'lorsin
Samarqanda kopayib ketmoqda etiborliro bolish kerak
Дилафруз
Тошкент Фаргона таксилари катнаяпди манимча.
Gulnoza Shodmonova
Masalan, biz ikki qizil tuman orasidamiz, shunga qaramay odamlar ancha bemalol bo'pqogan. Mashina qatnovi ham ko'paygan
Роман
Хушнудбек сиз блогермисиз, ёки кун уз дарё уз каби интернет нашрми? Нимага икки журналистнинг мтрк дан ишдан бу́шатилганига муносабат билдирмайсиз? Блогер деган у́з каналида жамиятта бу́лаётган вокеаларга муносабат билдиради. Сизниннг бу информацияларингизни бошка ахборот каналларидан хам у́киса булади. Юристмуш яна, хех.
Aniq joylarini ham aytishsa yaxshi bo‘lardi. Odamlarga shunga qarab ehtiyot chorasini ko‘rishardi
Xammang cheklov xaqida yozasla. Kredit muammosini kim yo'zadi falon million kredit olganlarni kreditiga foiz minayapdi, bu muammo emasmi ertaga karantin tugasa xar bir oyni pulini yana foizini talab qiladi bu tepadagilarni oddiy xalq bilan ishi yôq
Inomjon Mamadiyorov
Samarqandda Shuncha koʻrsatkichlarning koʻpayib ketishiga juda katta sabab dezinfeksiya oshlaridagi kamchillardan deb oʻylayman bu mening shaxsiy fikrim lekin masalan Ishtixon tumanida koʻchalar biror marta dezentfiksiya qilinmaganligini koʻpchilik aytmoqda deyarli karanten qoidalaridan eng asosiysi bajarilmayapti bunaqa boʻlgandan keyin verusni ketishidan umid ham qilmasak boʻladi bunaqa holatga kimdir etibor berishini 2 oy davomida kutildi lekin bir tiyinlik foydasi boʻlgani yoʻq faqatgina bozorda dezinfiksiya olib boriladi har har zamonda u ham boʻlsa biron kishi kelib qolsa kattalarda XUSHNUDBEK AKA AGARDA QOʻLDAN KELSA SHU MUAMMOGA JIDDIYROQ QARASHGA CHORLASHINGIZNI SOʻRARDIK
E kasal bo'ganlarni ismini familyasini adresini yoziw kereeeeeeeee !!!!
ODamlar ozini oborib topwuradi karantinga
Samarqandda aholi orasiga tarqalgani yozilyapti yangiliklarda. Aynan qaysi tumanlardan chiqyapti aniq ma'lumot bersangizlar iltimos?
Show next 100 comments