​​Қорақалпоғистон ва Тошкент вилоятида 2 нафар божхоначида коронавирус аниқланди

🔺 2020 йил 25 май соат 10:00 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 3180 (+16) нафарни ташкил этмоқда.

⚠️Янги касалланиш ҳолатларининг 4 нафари Қорақалпоғистон Республикасида аниқланиб, улардан 3 нафари хориждан келган халқаро юк ташувчи автомобил ҳайдовчилари (улардан 2 нафари украиналик), 1 нафари чегара божхона пости ходими.

5 нафари эса Самарқанд вилоятида аниқланган. Уларнинг 4 нафари касалликка чалинганлар билан мулоқотда бўлиб юқтирган. 1 нафари эса аҳоли орасидан аниқланган.

Ҳозирда эпидемиологик суруштирув ишлари олиб борилмоқда.

Яна 1 нафар Тошкент вилоятида чегара божхона пости ходимида аниқланган. Қолган 6 нафари Карантин марказидаги фуқаролар орасида қайд этилди.

❗️Айни пайтда юртимизда 2565 нафар коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар бутунлай соғайган. Ҳозирда мамлакатимизда 602 нафар бемор даволанмоқда.

3 нафар беморнинг аҳволи оғир.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 25 more comments
Inomjon Mamadiyorov
Samarqandda Shuncha koʻrsatkichlarning koʻpayib ketishiga juda katta sabab dezinfeksiya oshlaridagi kamchillardan deb oʻylayman bu mening shaxsiy fikrim lekin masalan Ishtixon tumanida koʻchalar biror marta dezentfiksiya qilinmaganligini koʻpchilik aytmoqda deyarli karanten qoidalaridan eng asosiysi bajarilmayapti bunaqa boʻlgandan keyin verusni ketishidan umid ham qilmasak boʻladi bunaqa holatga kimdir etibor berishini 2 oy davomida kutildi lekin bir tiyinlik foydasi boʻlgani yoʻq faqatgina bozorda dezinfiksiya olib boriladi har har zamonda u ham boʻlsa biron kishi kelib qolsa kattalarda XUSHNUDBEK AKA AGARDA QOʻLDAN KELSA SHU MUAMMOGA JIDDIYROQ QARASHGA CHORLASHINGIZNI SOʻRARDIK
E kasal bo'ganlarni ismini familyasini adresini yoziw kereeeeeeeee !!!!
ODamlar ozini oborib topwuradi karantinga
Samarqandda aholi orasiga tarqalgani yozilyapti yangiliklarda. Aynan qaysi tumanlardan chiqyapti aniq ma'lumot bersangizlar iltimos?
Дилафруз
Хеч кандай фоиз кушилмайди деб ёзишаяпдию.
Unda kredit olganlardan so'rab ko'ring aytishadi bilmadim hamkorbankdan olgan kreditimiz bor edi foiz minib ketipdi toxtagan deb yuruvdik
Kim nima desa ham hamma bir bo'lmasa foydasiz. Men Samarqandda yashayman. Mahallamizdan kasallik aniqlanib postlar qo'yildi hech kim tashqariga chiqishi mumkin emas. Birinchi kun bundan behabar ishga otlandim. Postda to'xtatishdi. Ishga ketyabman dedim. Mumkin emas deyishdi. Post yonida norozi kayfiyatda ancha turdim. Uydan chiqib kelayotgan odamlarni 90% bemalol turli sabablar bilan o'tib ketaverishdi. Ishga ketayotganlar ham shular orasida(qo'shnilarim bo'lganligi sabab bilamanku). Bunday holda qanday atash mumkin qattiy karantin deb?!
Dezinfeksiya xaqida gapirasla o'zi dezinfeksiya xech kim qilmayapdi. Xudo biladi oddiy suv sepib yurushipdimi xamma narsani kutsa boladi
bu kasallik pandemiya darajasiga chiqdi, o‘zimizda qanchalik karantin qoidalarini kuchaytirgan bilgan boshqa mamlakatlardan bu kasallik kirib kelaveradi, shunday ekan biz karantin sharoitida yashashni o‘rganishimiz kerak! odamlarga esa bu yetib bormayapti!
Самаркандда ахоли орасидаги бази одамлар кучага 3-4 ёшли боласи билан сайр килишга чикади.'' Нега болани олиб чикдинг''-деб сураса ''маскаси борку'' - дейди.
Самаркандга кириб чикишни бутунлай ёпиб яшил худудлардан орган ходимларини Самаркандга олиб келинса 14 кунда карантиндан чикса булади.
Baraka topgurla aholida pul qolmagan, 3 oydan beri uyda otirdila jamg'armasi tugadi qanday qilib oilasini boqishsin uyda otirib. Odamlar uyda o'ririshi uchun pul tarqatilishi kerak aholiga yoki shu zaylda virus yuqtirib aholi bir biriga knchalik davlat tominidan davolansin etilgande har bir virus yuqtirganni 25mln som bn davolanaversin
Gulnoza Shodmonova
Cheklovlarni kuchaytirsh kerak, xalqimiz karantin tugadi deb o'ylab qolyapti
Misol un uyizda 1 tin qolsa ln karantin bn hamma narsani cheklab tashlasala qanday ahvolga tushardiz?
Дилафруз
Бир хисобдан одамлар узлари карантинни к,уришса булади, одамлар соглиги узларига керак, карантинга риоя килиш учун, шартми уларга чора тадбир ку́риш, ахир хар бир инсон узи харакат килиши керак эмасми?
KhamiD αδgγxαฟนð 🦁
Samarqandi kuchli karantinga olishdi
Xaa olishmasayam bolmasdi afsuski axolini orasidan kopayib ketti
qaysi tuman qaysi viloyatni aytgandan nima foyda? shu bilan kasallik kamayarmidi?
Bir savol Buxoroda 3-4 kun boʻldi hamma sogʻaygan. Endi biz sariq hududmi yashilmi qizilmi? Agar sariq yo yashil boʻlsak unda nega 20:00 dan keyin avtomobillar harakatiga toʻsqinlik davom etmoqda???
Samarqandda Qizil hududdan odamlarni umuman chiqarmaslik kerak edi. Postlar qo‘yilgan bilan ko‘pchilik tanish bilish qilib o‘tib ketayapti
Furachilan toxtatiw kere cegaradan hckmi otkzmasa yaxw bob ketad
Дамир Артиков
Биз Кунград туманига кийин булди. Хали бери кизилдан чик маймизми дейман шу Каракалпакия постидан утувчи фуралар сабаб.
Show next 100 comments