​​Қорақалпоғистон ва Тошкент вилоятида 2 нафар божхоначида коронавирус аниқланди

🔺 2020 йил 25 май соат 10:00 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 3180 (+16) нафарни ташкил этмоқда.

⚠️Янги касалланиш ҳолатларининг 4 нафари Қорақалпоғистон Республикасида аниқланиб, улардан 3 нафари хориждан келган халқаро юк ташувчи автомобил ҳайдовчилари (улардан 2 нафари украиналик), 1 нафари чегара божхона пости ходими.

5 нафари эса Самарқанд вилоятида аниқланган. Уларнинг 4 нафари касалликка чалинганлар билан мулоқотда бўлиб юқтирган. 1 нафари эса аҳоли орасидан аниқланган.

Ҳозирда эпидемиологик суруштирув ишлари олиб борилмоқда.

Яна 1 нафар Тошкент вилоятида чегара божхона пости ходимида аниқланган. Қолган 6 нафари Карантин марказидаги фуқаролар орасида қайд этилди.

❗️Айни пайтда юртимизда 2565 нафар коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар бутунлай соғайган. Ҳозирда мамлакатимизда 602 нафар бемор даволанмоқда.

3 нафар беморнинг аҳволи оғир.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 59 more comments
Umidaxon
Nima Samarqandda organ xodimlari yo‘qmi? Yashil hududlardagilar nima uchun borishi kerak?🤔
Менимча етишмайди чунки ахоли кучада сайр килишга чикяпти. 1 та гвардия 1 та ички ишлар ходими бунча одамни уйидан чикмасликка мажбурлай олмайди. Кучада БЕСАБАБ юрганларни аввалгидек автобусга тикиб жазога тортиш керак!
Хушнудбек сиз халиям холис блогерми ёки сарой блогерга айландизми? Нагадир охирги пайтда долзарб мавзулар турганда ТВ каналларга ухшаб только "зелёный" нарсаларни ёзяпсиз. Ёзинг Сардобанинг товони ким тулайди, Узбекистон24 каналини танкид килган телерадио бошловчилар нима сабабдан ишдан бушатилди, Автомобил божларини умуман йукотишни ва хакозо. Бу изох учиб колса демак сиз бошка блогерсиз.
Pulsizli va ishsizlikni nimaligini ayni vaqtda aynan shu odamdek bo‘lgan odam tushunadi 2.5 oy bo‘ldi karantin boshlanganiga. Xitoyda chiqqan bu lanati virusni davosiniyam xitoy allaqachon topgandir lekin aytishdan qo‘rqsa kerak sababi amerikaday davlatlar kambinsatsiya talab qilsa kerak
Rasmiy malumotlar umuman yaxshi ishlamedi. Aholi orasidan chiqdi deyilayapti. Ozidan ozi chiqib qomediku. Navoiy yashil edi yana kopayib ketyapti. Kattalar masuliyatni xis qilmayapti. Jizzax bozorida asosiy eshikdan krishda harorat olchanayapti lekin bozorga orqa eshikdan kiradigan onlab eshiklar ochiq.
Happiness
Kasallkining aholi orasida ham tarqalishi judayam yomon boʻlibti. Kasallik yengillashib, karantin qoidalari ham buzilyapti. Yashil hududlarda ancha yengilliklar berildi bu yaxshi ammo bu odamlarning ongida kasallik tugadi degandek gap boʻlyapti. Endilikda odamlar bemalol koʻchalarda parklarida yurishibdi. Ishga borishlari kk chunki oilani boqish kk lk koʻngilochar joylar nimasi. Qattiq karantinga olish yoki olinish ham davlat byudjetiga ham aholi byudjetiga katta zaraz. Ammo hammamiz bilyapmiz bu kasallik kengayaib bormoqda shunday ekan oʻzimizni oʻzimiz himoya qila olamizku. Buning uchun shunchaki karantin qoidalariga oʻzimiz oilamiz va yaqinlarimiz uchun qatʼiy amal qilaylik buning uchun hukumatdan chiqadigan qatʼiy chora tadbirlar toʻgʻrisidagi turli qonun va hujjatlarni kutmasdan
Эркинбой Эркиной
Мен хам юкоридагилар фикрига кушиламан самолет ва поезд катновини тухтатиш керак.
$$$$$
Saidaxmad
Fikringgizga gap yo ln 😊
Rostda qiynalb kettik ahir bomasa pul berilsin azgina berilsayam tejab yetkazardik berayotgan oziq ovqatiniyam tana bilan opkeb tawawadi huddi biz oyin qilib yordam sorayotgandeymiz
sitora
Assalom alekum sizga savollarim bor edi
UsmanoV
Assalomu alaykum. Siz bilan qanaqa qilib bog’lansa boladi? Ta’lim sohasida taklif bor.
Inomjon Mamadiyorov
Эркинбой Эркиной
Мен хам юкоридагилар фикрига кушиламан самолет ва поезд катновини тухтатиш керак.
Toʻmri lekin u yoqda ham yurtdoshlarimiz borku ularni kim oʻylaydi masalan sizni ham qarindoshiz boʻlganda nima qilardiz unda ham shunaqa derdizmi
Oldin aholi orasida borligini aytishmagandi. Demak endi aholi orasida tarqabdi. Nima uchun? Chetdan kelganlar hammasi karantinda bo‘lsa.
Chet eldagi O'zbekistonliklarga charter reyslar yo'lga qo'yilgani xato ish bo'ldi. Ular chet elga ketish yo'lini avvaldanoq tanlab bo'lishgan, o'sha yerdan daromadlarini olishadi va o'sha yerda soliq to'lashadi. O'zbekistonga esa faqatgina koronavirus pandemiyasidan tekinga davolanish maqsadida qaytishmoqda. Davlat budjeti esa qayyerdan shakllanishini deyarli unutib qo'yishgan
Ш Р
UsmanoV
Assalomu alaykum. Siz bilan qanaqa qilib bog’lansa boladi? Ta’lim sohasida taklif bor.
Талим сохасига буларни Нима алокаси бор🙁🙁балким Шерматовга мурожаат киларсиз
Abror
Media mass oriat donodagi Bobur Akmalov va Jamoldin Babajonovlarga biron yordam qiladimi
Inomjon Mamadiyorov
Oʻzi bu kamintariyalarni kimdir oʻqiydimi ?????🤔🤔🤔🤔🤔
Karantin juda susayib ketti,kichalarda odam bemalooool yuuuripti,arafa kuni ayniqsa qorqib ketadi odam kopligidan
Inomjon Mamadiyorov
Juda koʻp narsa yozilayaptida mingdan ziyod yoziladi kamida buncha narsani oʻqib chiqish ham oson boʻmaydidaa
Show next 93 comments