​​Қорақалпоғистон ва Тошкент вилоятида 2 нафар божхоначида коронавирус аниқланди

🔺 2020 йил 25 май соат 10:00 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 3180 (+16) нафарни ташкил этмоқда.

⚠️Янги касалланиш ҳолатларининг 4 нафари Қорақалпоғистон Республикасида аниқланиб, улардан 3 нафари хориждан келган халқаро юк ташувчи автомобил ҳайдовчилари (улардан 2 нафари украиналик), 1 нафари чегара божхона пости ходими.

5 нафари эса Самарқанд вилоятида аниқланган. Уларнинг 4 нафари касалликка чалинганлар билан мулоқотда бўлиб юқтирган. 1 нафари эса аҳоли орасидан аниқланган.

Ҳозирда эпидемиологик суруштирув ишлари олиб борилмоқда.

Яна 1 нафар Тошкент вилоятида чегара божхона пости ходимида аниқланган. Қолган 6 нафари Карантин марказидаги фуқаролар орасида қайд этилди.

❗️Айни пайтда юртимизда 2565 нафар коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар бутунлай соғайган. Ҳозирда мамлакатимизда 602 нафар бемор даволанмоқда.

3 нафар беморнинг аҳволи оғир.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 100 more comments
Abituriyentlarga kurslariga ruxsat berilmasmikn imtihongacha endi
Шерали Алиев
Aqlli! Ular jo'natayotgan valyutalar haqidayam o'ylab ko'rdingmi? Ishonchim 100 foiz komilki sendan bir necha barobar ko'proq davlatga foydasi tegadi chet eldagi yurtdoshlarimizning eng kam daromad topadiganining ham.
Nima bo'lganda ham gapirgan gaplarim bu mening shaxsiy fikrim. Agar fikrimga qarshi fikringiz bo'lsa fikringizni o'zingizni hamda menning xurmatimni joyiga qo'ygan holda bildirishingizni iltimos qilaman... Shu o'rinda sizga savolim bor. Charter reyslar orqali olib kirliayotgan fuqorolar soni bilan tanishib chiqdingizmi? Ular O'zbekiston hududiga olib kirilganidan so'ng kamida 14 kun davomida statsionar sharoitda karantinda saqlanadi. Karantin sharoitida saqlash xarajatlari bilanchi tanishib chiqdingizmi? Sizning ham fikringiz to'g'ri. Ammo O'zbekiston aholisi 2 oydan koproq muddatdan beri karantin sharoitida o'tiribdi. Bundan tadbirkorlik subyektlari qancha zarar ko'rayotganligini tasavvur qilaolasizmi? Undan tashqari o'zini o'zi band qilish orqali kunlik tirikchilik qilayotgan aholi haqida hech o'ylab ko'rdingizmi? Karantin tugashi uchun koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni kamayishi kerak bo'ladi. Chetdan olib kelinayotgan fuqarolarimiz tufayli ming afsuski ushbu raqam ancha ortib ketayabdi. Charter reyslar masalasini ikkinchi bosqich rejasi sifatida yurtimizdagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan biroz muddat o'tib amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi deb hisoblayman
Шерали Алиев
Aqlli! Ular jo'natayotgan valyutalar haqidayam o'ylab ko'rdingmi? Ishonchim 100 foiz komilki sendan bir necha barobar ko'proq davlatga foydasi tegadi chet eldagi yurtdoshlarimizning eng kam daromad topadiganining ham.
O'zimga kelsak, men o'zbek ayoli sifatida oila azolarimni chetga chiqishiga ko'nib ular topgan mablag' hisobiga yashashni o'zimga siira ham ep ko'rmayman. Undan koora ochimdan o'lganim yaxshi
Inomjon Mamadiyorov
Polvonov Tursunali
Abituriyentlarga kurslariga ruxsat berilmasmikn imtihongacha endi
Oʻylab koʻrayapsizmi hozirgi sharoitda qanaqasiga abuturiyentlarga ruxsat berish mumkin koʻchaga chiqmaslik haqida qancha tushunririshlar olib borilayapti bunga raxsat berilsa verusni koʻpayib ketishiga katta yordam boʻladi xolos bundan boshqa narsa boʻlmaydi
Асли Самаркандликман, Тошкентда яшайман. Карантинга амал килиш керак, кулингизни тинимсиз ювинг деймиз, аммо Самарканднинг айрим худудлари бор-ки, сувни узок масофадан ташиб келишади. Свет газ масалалари хакида гапирмасаям булади. Давлат ишида ишлайдиганлар маош ва компенсация олиб уйда карантинга амал килиб утиришар, аммо хеч ерда ишламайдиганлар нима килсин?! Пул топиш учун кучага чикишга мажбур-да.
Ахолининг купида медидцина маданияти етарлимас. Иктисод киламиз деб никоблариниям алмаштирмайдиганлар хам топилади 😔😔😔😔😔
Har bir narsani kelishi va ketishi bulganidek bu virusni ham ketishi bor. Lkn muddati aniqmas. Asosiysi 2 oydan ziyod sabr qilib gigiyena qoidalariga amal qilib kutdik. Yana ozro kutsak marra bizniki. Tòģri hozirgi vaziyatda hc kimga oson bulayotgani yoq. Oddiygina boģcha bolasidan tortib mamlakatimiz prezdentigacha hammaga birday oģir. Hozirgi vaziyatda hammani asablari tarang. Har bir inson ùzi va yaqinlari gigiyenasiga rioya qilsa InshaOlloh hammasi yaxshi buladi.
Biz virusni birgalikda yengamiz
Бечора божхона ходимлари
Хизмат пайтида юқтирган бўлса керак
MuhammadYusuf & Muhammad
Baxtimizga yurt boshimiz prezidentimiz omon bòlsinlar ularga hozir osonmas. Yurt boshimiz soģ omon bòlsinlar .
Tashkent shaxriga kirish chiqish bolyabdimi ili yo'q
Elyorbek Rahimov
Assalomu alaykum. Xushnud aka Siz bilan qanday bog'lansam bo'ladi. Juda ham zarur savolim bor huquqiy johatdan. Rasmiy web saytingizdan xabar yuborsam javob kelmayapti. Iltimos. Juda zarur.
Shundey holat bõlib kõpayishiga insonlarni õzi sababchi, chetdan kelgan odam mani karantinga 14 kun tiqib quyadi deb uyiga kirib biqinib ketgan, bu kasallik uzini kamida 14 kunda namoyom qiladi bulmasa uzoq muddatdayam namoyon qilishi mumkin, u chetdan kelib qanaqadur yullar b.n kelib agar uzida belgilar harorati kõtarilishlar bõlgan taqdirda man hozir shifokorga murojaat qilsam mani karantinga tiqib tasheydi deb qurqib uzicha davolanib yuravergan dori, parashok ichik xalq orasida chiqib kõribsizkuu usha uzini manfaatini uylaganlar, xalqni uylamadi uzim mayli xalqqa kupayib ketsa nima buladi deb xalqni uylamadi. Uzini faqat uzini manfaatini uyladi.
Шерали Алиев
Shuncha yozgan dostoningizga birgana javob-taklif Ombudsmanni o'qib chiqing!
Ombudsman bilan tanishib chiqqanligingiz dastlabki muomalangizdan ham bilindi. Shuningdek, ombudsman tog'risidagi qonunda epidemiologik vaziyatlar ko'zda tutilmaganligini ham eslatib o'tmoqchiman
Show next 48 comments