🎓Finalga kela olmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat: "Norasmiy final" olimpiadasi!

TIFT universiteti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida mantiqiy matematika boʻyicha respublika olimpiadasi o‘tkazilgan edi.

📊 Ushbu olimpiadaning saralash bosqichi uchun 7000 dan ortiq o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tib, 5000 dan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 875 nafar eng yuqori natijali o‘quvchilar final uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan va 100 dan ortiq o‘quvchilar 13-iyulda finalda ishtirok etib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va grantlar bilan taqdirlangan edi.

🎓 Finalga kela olmaganlar uchun 27-iyul kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha @tiftolympiad_bot da onlayn tarzda norasmiy final olimpiadasi o‘tkaziladi.

🎁 Ushbu olimpiadada 400 balldan yuqori olganlar TIFT universitetiga imtihonsiz kontrakt asosida qabul qilinadi, 700 balldan yuqori natijaga erishganlar esa 1 million so‘mlik ta'lim grantini qo‘lga kiritishadi. Eng yuqori natija egalari esa maxsus nashr etilgan kitoblar bilan taqdirlanadi.

😊 Keling, bilimingiz evaziga g‘olib bo‘ling va orzularga yetaklaydigan universitet talabasiga aylaning!

6 comments

Assalomu alaykum, men farzandimni Khiso olimpiada maktabiga kursga bermoqchi edim, qanday bogʻlansam boʻladi, 2-sinfga oʻtdi, olimpiadalarda qatnashgan, yozgi maktabda ham ishtirok etdik. Javob uchun oldindan raxmat.
Sadoqat Yo‘ldosheva
Natijalar qachon chiqadi
Natijalar chiqmadiku
Axmedova
Ha togri
Axmedova
Yuqori natija egalari yutuqlarini TIFT binoga borb olishadimi shuni ham aytvorilar