Ijtimoiy tarmoqlarda ayol oʻqituvchi bir oʻquvchini urgani haqida video tarqaldi.

Bu videoda voqea qandayligini bilmayman, lekin har safar shunaqa videoni koʻrsam ichimdagilarni yozgim kelardi. Biz oʻquvchi vaqtimizda ustozlar urishar, kaltaklagan vaqti ham boʻlardi. Shundan toʻgʻri xulosa qilardik, kamida keyingi yutugʻimizgacha ustozimizni yuziga qaray olmasdik. Uyga ustoz urdi deb kelsak, ota-onamiz yana urishardi. Rahmatli dadam har safar kundaligimizga shaxsan imzo qoʻyardilar (dadamni imzolaridan faxrlanardim, ularnikiga oʻxshatishga harakat qilardim). Ta’limimizga qiziqardilar, ustozlar ham e’tiroz va maqtovlarini kundaligimizga yozardilar. Ishkal qilsak, ustozlarimiz uyga telefon qilmasin deb, telefonni kabelini uzib qoʻyardik.

Afsus, hozirgi oʻquvchilar ham, ota-onalar ham quyushgʻondan chiqib ketishyapti. 4-kurs talaba vaqtimizda ayolim (oʻshanda unashtirilgan edik) praktikaga Uchtepa tumanidagi maktablardan biriga bordi. Rashkchiligim sababli men ham boraman dedim, 8-sinf oʻquvchilarini ahvolini koʻrib... Exx, agar zamon koʻtarganida erkaklik, yigitlik qanaqa boʻlishini koʻrsatardim.

Oʻqituvchilar haqida Paygʻambarimiz rasululloh sollallohu alayhi vasalam: “Ilmni oʻrganinglar. Ilm uchun sokinlik va viqorni oʻrganinglar. Oʻzingiz ta’lim olayotgan zotga tavozeli boʻlinglar”, yoki yaqinda yubiley 580-yilligi nishonlanadigan Hazrat Navoiy bobomiz: “Haq yoʻlinda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila” deganlar.

Dadam har yangi ustozim oldiga olib borganlarida “eti sizniki, suyagi bizniki” derdilar. Tajribali va dono xalqimizni ushbu maqoli qayerda qoldi?

Aziz ota-onalar, mard yigitlar, aqlli singillarim maktab imoratlar ichida eng azizi, ustozlar esa eng hurmatli insonlardir. Iltimos, ularni hurmat qiling. Gʻarbning har xil qiliqlarini emas, ustozni hurmat qilishni chellenjga olib chiqing. Tik-Toker va vinerlar ham ustozlar haqida ibratli vinelar qilsa, nur ustiga a’lo nur boʻlardi.

Ustozlar faqat 1-oktyabrda eslanmasligi kerak!

P.S: Ushbu postni erkaklik gʻururi yoʻq tirranchalar oʻqimasin.

28 comments

Show 1 more comment
Aziza Allayarova
Fikringizga qo'shilaman.Juda to'g'ri fikrni yozibsiz.
Ташева Раъно Камоловна
Юкоридаги гапларга кушиламан устоз бекордан бекорга уришмайдик-у сабабини яхшилаб урганиш кере эди
Quchqarova Zilola
Жуда тугри айтдингиз устозларни хурмат килиш керак айникса ота оналар фарзандларимизни илмли булишни биздан куп устозлар уйлашади
Quchqarova Zilola
Устозлар хам бехуда бировни боласини уришмайди билимли тарбияли бололар булишини мени укувчим деб фахрланиб юришни хохлашади
Наргиза
Ассалому алайкум Сардор Базарбоев ютукингиз билан чин калбдан табриклиман умрингиз узок булсин биз каби устозларга билдирилган тилаклар таклифлар учун каттакон рахмат мана якинда 30 йил булади устоз деган шарафли номга сазовар булганимга .Барча укувчиларимни оллох гувох шундай яхши кураманки бунга гувох ягона аллохимдир.кичкина кизим Гули бир куни (хоразмча)(opa)ойижон неча кун булди бир марта уйга келиб кизим демадингиз лекин мактабда бир кунда бир соат дарсингизда болам кизим деб бегоналар фарзандига кайта кайта такрорладингиз лекин уз кизингизга уйда кизим демадингиз деди .мана азизлар устозлар калби шунака
Наргиза
Устозларни хакорат килманг азиз ота -оналар .болангизни хам укитувчи уз узидан бориб бехуда уришмайди .Сардор Базарбоевни ишларига омад узига ва оила аьзоларига соглик саломатлик тилайман
Assalomu alaykum.Sardor Bazarbayev yutuqlaringiz bilan avvalombor chin qalbdan tabriklayman.Sizni fikrlaringizga qo‘shilaman, chunki meni o‘zim ham ustozlar tarbiyasida o‘sganman.Ota-onam o‘qituvchilik qilishgan ,mana men ham ustozlik qilib kelmoqdaman.Naqadar mashaqqatli, ma‘suliyatli kasb ekanligini bilaman.Ijtimoiy tarmoqlarda shunaqa narsalarni ko‘rsam juda ta‘sirlanaman va biroz o‘zimga kelishim qiyin bo‘ladi. Faqatgina bitta narsani bilaman ustozni hurmat qilmagan, uni ranjitgan insonni biri ikki bo‘lmaydi.Doimo sog‘ bo‘ling Sardorjon.
Zohirshox & Mironshox
Assalomu alaykum. Men ham har safar shu kabi videolarni ko‘rsam yuragim og‘rab ketadi. Nahotki "Ustoz otangdek ulug‘" degan maqollar shunchaki kitoblarda qolib ketayotgan bo‘lsa. Biz maktab o‘qib yurgan paytimizda ota-onamiz maktabdagi gap makrabga, uydagi gap uyda qolsin deb qulog‘imizga quyardilar. Telefon degan baloni nima kerak yosh bolaga olib berib.
Hurmatli Sardor Bazarbaev sizga bir taklifim bor edi. Agar iloji bo‘lsa kerakli tashkilotlarga maktabga telefon tutgan bolaning ota-onasiga shunchalar katta jarima e‘lon qilinishi haqidagi tashabbus bilan chiqsangiz. Zora shunaqa ko‘ngilni xira qiladigan har xil videolar chiqishi to‘xtatilar.
Ассалому алайкум!Аввало Сардорбек Базарбаев сизни мукофотларингиз б.н табриклайман,Узбекистоннинг бундан хам юксак орден медалларию,янги русумли автолари б.н так,дирланавергайсиз!!!!
26йиллик тажрибамдан биламан айрим укувчилар мактабни тугатгунча работала утиринг коидасига амал килмайдилар....У егини айтмай ... Фарзанд тарбияси Энг мухимлигини унутиб куйманглар.Устоз урса хам сукса хам емон йулга солиш учун килмайдику ... Устоз отангдан улуг деган аждодларимизнинг нак,лининг маъноси к,айда к,Олди????
Эльмира Шарифуллина Комиловна
👏👏👏👏👍👍тугри фикрлар
Ali Xudjaev
👏👏👏👏👏👏👏👏
Juda tòģri gaplar bbdi mingdan ming raxmat sizga
Ангел
Ассалому алайкум Сардор Базарбаев аввало сизни ютукларингиз билан табриклайман! Сизни мана келажак авлод учун килаётган ишларингиз учун фарзандларимиз билимларини чархлаш учун килаётган ташаббусларингиз учун рахмат! Мен сиз каби барча устозларга рахмат айтаман доим тазимдаман. Мен доим шу "Эти сизники суяги бизники" иборасини куллаб келаман. Хамма ота оналаримиз хам фарзандлари келажаги учун шунака иборага амал килишса яхши буларди. Тарбия оиладан бошланадику.
Assalomu aleykum! Judayam to'g'ri gaplar. Sardor aka yutuqlaringiz bardavom bo'lsin.
Faqat o'qituvchini yomonlab ishdan bo'shatishnimas, balki o'sha o'quvchining xulqini ham o'zgartirishni o'ylash kk. Fikrlaringizga qo'shilaman
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
E'tibor bergan bo'lsangiz usha videodagi bolalar boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'xshaydi. Meni hayron qoldirgan narsa shu yosh bolalarning hozirdan shunaqa yaramas ishlarga qodirligidir.🤨
Assalomu aleykum Sardorbek! Mehnatlaringiz uchun katta rahmat. Ishlaringizga omad. Ota onalarga maslahatim, avvalo farzandingizga ta’lim tarbiya beradigan ustozni ma’naviy va bilim jihatidan yaxshi ekanligi haqida surishtiring. O’quvchini o’z farzandiday ko’rib qusurlarini yo’qotib, yutuqlarini oshirib berishiga xalaqit bermang
Payg'ambarimiz va Alisher Navoiyni yozganlarini eslatib menga motivatsiya berdingiz! Qaniydi hamma ota-onalar farzandlariga har kuni ertalab Maqsadi bilim olishligini uqtirsa !!! O'quvchilar nima maqsadda maktabga kelayotganini unutib qoyishganligidan juda juda xafa bòlaman😔
Show next 6 comments