Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Gulsum
Омин
𝓝𝓪𝓻𝓰𝓲𝔃𝓪
Тиббиет олийгохларидаги супер контрактларни бекор килиш керак мени фикрим
Madinaxon
Klinika ochadigan odam xech bòlmasa sterelizatsiyani bilishi kerak. Tibbiyot bu biznes emas. Inson hayoti. Farzandlar kelajagi. Davlatimiz kelajagi. Hammasi farmakalogiyaniyam òqimidida . Hamma qilyotgan ishni qiladi. Bunaqada ertamiz nima bòladi.
Tugriyu karrupsiya vapshe yuq busa eng oson uqishga kirish uzbda bulib qoladi jovop man karrupsiyani faqat sertifikatda kurmaganman otkan yiliyam bugan agarda hech qanday pulsiz kirsh bulsa butun Uzb buyicha maksimal ball tuplaganlar 50tadan oshmaydi
Илохим айтганиз келсин ака!!!! Шунча килшан ишларимизга яраша баржа Абитуриентларни улар каторида Мени хам,Халк олдида,Ота-онамиз олдида йузимиз йоруг булсин🤲
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Kunimiz korrupsiyachilarni ishi yurishmasin deb duo qilishga qolganidan afsuslanib ketyabman.Butun boshli tashkilotlarni qulidan bit uldirish ham kelmaydigan,haqiqatni aytgan odamni enasini uchqurgondan kursatadigan jamiyatni bulagi ekanligimdan nafratlanib ketyabman.Boshqa gapim yuq
Айтганиггиз келсин илохим...
Tibbiyot oliygohlarida super muper kontraktlarni bekor qilish kerak, admin iltimos shu masalani ham kòtarib, òrganib chiqing. Oddiy biologiyani, kimyoni ikki bahoga bilgan abituriyent osmondan tushganday meditsina institutiga kirib olsa bir biridan murakkab termin-u reaksiyalarni, organizmdagi jarayonlarni mutlaqo tushunmaydi.
Poraxòrlar, òrtakashlarga insof bersin.
Haqiqiy bilimlilar kòpaysin jamiyatimizda🤲🤲
Азимбоевна
Илойим, омин
Azamat Sohibov
Ilohim shunday bòlsin
In shaa Alloh
Xushnud aka men bitta gapizga qoʻshilaman xolos "odazod qirilib qacon qiyomat kuni keladi ana oʻshanda korrupsiya yoʻqoladi"
Азимбоевна
Илойим омин
Omin. Alloh barchamizni iymonda va islomda sobitqadam qilsin.
Nigora Muhammadjonovna
Super degan narsani yoʻqotsak faqat bilimi bor kiradi.Men bilgan barcha bilimli abituriyentlar oʻqishga kirgan.Lekin imtiyoz va super bilan bilimsizlar oʻqiyapti.Shu narsani qayta koʻrib chiqish kerak.Qirgʻizga ham bu yil juda koʻp ota onalar oʻqishga berdi.Birontasi borib oʻqigani yoʻq.Endi ular ham koʻchirish harakatida.Shuni ham halolash kerak.Sizga rahmat Xushnudbek.Doimo haqiqat tarafdorisiz.Bu ishingizdan aslo charchamang.Bilim bilan institutni bitirganingiz koʻrinib turibdi
2chisiga mazza qilib kuldim
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Hamma kutayotgan Adolatni qaror topishi haqida ikki og'iz:

Adalat apamga Green card chiqqan.Insofbek akamga erga tegib ikkisi amerikaga ketgan.Bunga ham ancha yillar bulib qoldi.Hozir farzandli bulib ketgan ular amerikada.Farzandlari Rivojlanishbek,Antimonopoloy,Antisenzuraoy,Haqiqatjon hamma hammalari shuyoqda baxtli hayot kechirishyabdi...
Show next 100 comments