Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Tolibjon Normurodov
Tibbiyot oliygohlarida super muper kontraktlarni bekor qilish kerak, admin iltimos shu masalani ham kòtarib, òrganib chiqing. Oddiy biologiyani, kimyoni ikki bahoga bilgan abituriyent osmondan tushganday meditsina institutiga kirib olsa bir biridan murakkab termin-u reaksiyalarni, organizmdagi jarayonlarni mutlaqo tushunmaydi. Poraxòrlar, òrtakashlarga insof bersin. Haqiqiy bilimlilar kòpaysin jamiyatimizda🤲🤲
100%кушиламиз,илтимос Хушнудбек шу масалани хам кутаринг,айнан тиббиетга супер кантракт керак мас,милли сертификатни хам юкотишсин,хаммаси коррупциядан бошкасига утмаяпти.
Hammaga maslahat chet elda oʻqinglar men masalan shunaqa qilmoqchiman oʼzim Toshkent moliya institutida oʻqiman lekin yoqmaydi chet elda esa imkoniyatlar talaygina
Karrupsiyaga qarshi ogizda emas.Amalda kurashing iltimos
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Faqat duo qilyabsiz xolos hozir
Qiz bolamanda qòlim bog'liq. Lekin shuncha yigitlar borku. Talab qilinglar tegishli joylarga boringlar. Noqonuniylikni kòrsangiz indamay ketmang. Men shularni qilganim un ham hozir òzimga ishonaman. Faqat otamdan onamdan ruxsatsiz bunaqa katta ishlar qilolmimanda
Omin aytganingiz kelsin🤲🤲🤲
ELDOR
Омин оллоху акбар
Ramazon Karimov
nimaga holigacha xujjat topshira olmayapmiz
Make a Wish
Xorijiy OTM lardan perevod qilib kelayotganlar uchun ham avgust oyi imtixon bo'ladimi ?
Ramazon Karimov
faqat qoģozda xujjat qabul qilish boshlandi bulyaptimi
Xudo duolaringizni qabul qilsin. O'zi yordam bersin.
Allohumma amiyn ! 🤲😊
Madinaxon
Lekin muammoni qayta qayta olib chiqsalar xalq jonlanadi.
Тугри гап,ман хам шу масалани оп чиксинла димокчи ман.
Ilohim aytganiz kelsin tunlari bilan kunlari bilan oqigan barcha abituriyentlarga talaba bo'lish nasib qilsin
Hozirgi kunda o‘qishga pul bilan kiritib qo‘yish kabi korrupsiyalar oldingi yillarga qaraganda ancha pastga tushgan. Lekin harbiy kvota bilan kirganlar juda juda ko‘p. Va ularning bazilari shu qadar past ball to‘plasa ham gandda o‘qishadi. Va ular o‘qishni qadriga umuman ham yetishmaydi. Undan ko‘ra o‘sha pul bilan kirgan talaba yaxahiroq. Peshona terini qadriga yetib o‘qishga harakat qiladi. Mayli o‘zbekiston kvotalilar mamlakati hamma sog‘ bo‘lsin.
Nigora Muhammadjonova tög'ri aytasiz lekin abiuteyentlaram nima qilishsin özimizga kirmagandan keyin chetda öqishga majbur bizada bal osmon bop yotibdi.Super kirganlar öqimaydi degan gapiz notög'ri ularam ozgincha bal yetmagani uchun ancha pul tölab öqiyapdi.Lekin men bilgan superlar(kursdoshlarim orasida) hamma qatori hammadan zör öqiydigam superlar bor bilsaylar.
Show next 100 comments