Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Kimdur xujjat topshirdimi
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Xalq hech qachon jonlanmaydigan xolga kelib bulganiga 104 yil bulyabdi
Usha xalq bu Siz bu Sizni OTA ONAngiz qarindoshlaringiz farzandlaringiz bòladi. Sizlar jonsizmisizlar??? Yoki ozingizni xalq deb hisoblamaysizmi
Nigora Muhammadjonovna
Nafaqat meditsinada pedagogikada ham superni toʻxtatish kerak.Bilimsiz pedagog oʻquvchiga nimani oʻrgatadi
Erkaboev Ulugbek
Хушнудбек, илойим дуоларингизни яратганни узи даргохида кабул колсин. Хушнудбек, узингизга хам куз тегмасин, Оллох панохида асрасин. Мана шундай окилона ва адолатли юришни давом эттираверинг. Хурмат БИЛАН Улугбек.
Madinaxon
Farzandlaringiz kelajagini shu jamiyatga tashlab qòyasizmi? Jamiyatimiz u qadar yomon emas. Lekin odamlarimiz ochkòz. Usha tepada òtirganlar ham òzbek ular ham shu atrofingizdagi shaxslar. Ulardab kòngil qolib yomon kòrgan bn ish bitmidi.
Ochkòzlikdan ham kòra juda juda befarq, bu mening muammoim emas deb barmoq orasidan qarab ketishadi atrofdagi muammolarga.
Ta'lim tizimini ònglamas ekanmiz poraxòrlik ham, befarqlik ham yòqolmaydi.
🕊Dr. M. S. 🕊
Sertifikat haqidagi iltimoslarimiz inobatga olinmadi biz abiturientlar DTMni raxbarlarini Ollohga topshirdik senlarni jazoingni Olloh bersin poraxo‘rlar.
Madinaxon
Usha xalq bu Siz bu Sizni OTA ONAngiz qarindoshlaringiz farzandlaringiz bòladi. Sizlar jonsizmisizlar??? Yoki ozingizni xalq deb hisoblamaysizmi
Hozir hech kim bir biri bilan iwi yoʻq yxwi qiz hammani nafsi yomon mansabdor shaxslar ham ertangi kuni un narsa toʻplaydi bean ketsam nima boʻladi deb
ШАҲОДАТ РАЖАПОВА
Assalomu aleykum
Ilohim aytganingiz kelsin! Haqiqatan chin dildan o‘qishga kirishga tayyorlangan abituriyentlarga Talabalik baxti nasib qilib, ota~onasi do‘st dushman oldida yuzlari yorug‘ bo‘lsin!
Ukajonimni ham Alloh qo‘llasin Grant asosida talaba bo‘lsin ilohim! 🙂
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Madinaxon
Usha xalq bu Siz bu Sizni OTA ONAngiz qarindoshlaringiz farzandlaringiz bòladi. Sizlar jonsizmisizlar??? Yoki ozingizni xalq deb hisoblamaysizmi
Naqadar vatanparvarsiz.lekin kuzizni kattaroq oching.uygoning.ozgina real hayotga ham qayting.7-osmondan pastroqqa ham tushing.atrofizga boqing.adolat degan narsa uydirma narsa.hamma mansabdorlar talash bn band.biror marta davlat organlari ustidan shikoyat qilib kurgansizmi.mana men shikoyat qilib olgan xulosamni aytyabman.
Show next 100 comments