Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Madinaxon
Tomchilar daryo bòladi. Jamiyatni hammamiz tashkil qilamiz.
Mana shu yerni ham hozir qarang yozayotganlarni yarmi uzini telegram kanalini reklama qilib odam yigish bn ovvora.shular bn uzgartirasizmi kelajakni
Madinaxon
Haqqiimiz yetarlicha bor. Shunchaki biz haddan oshilmasligini sòrayapmiz. Sizni qaysi haqqingizni toptashgan???
Яхши баҳс бўлгани учун қўшилдим. Ҳар ким хақ бу ерда. Қўлимиздан келганича ҳаракатда бўлишимиз керак. Қолганини барибир ўзгартира олмаймиз. Эгилган бошни қилич кесмас. Бекорга жабр тортиш ҳам керак эмас.
Balki bas qilarsizlar... Bazi bir ozicha bahs qilayotganlar... Yetar endi... Biringlar u deysizlar, boshqa biringlar bu deysizlar... Adolat bu dunyoda bor... Agar bu dunyoda ololmasayiz u dunyoda olasiz InshaAlloh agar albatta haq bolsayiz... Juda bir noliyverib noliyverib ozlaringni ozlaring qiyin ahvolga solayabsizlar... Yetar endi... Bu yerda muammolar uchun komment ochilmagan ! Duolarda sherik bolishchun, yana boshqa yaxshi niyatlar bildirish uchun ochilgan ! Sal ozinglarni bosib olinglar...
Madina Tog'ayeva
🤲🤲🤲
Илохим, Амин
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Bor yugi suraganim kutubxona edi.Institutni birinchi raqamli dushmaniga aylandim.Endi kuzim ochildi.Nasib bulsa ketaman chetga magistraturaga.shu bn qaytmaymiz
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Mana shu yerni ham hozir qarang yozayotganlarni yarmi uzini telegram kanalini reklama qilib odam yigish bn ovvora.shular bn uzgartirasizmi kelajakni
Hamma òzini ishini qiladi. Man ham . In sha alloh farzandlarim bunaqa jirkanch ishlarni kòrmidi deb duo qilaman. Alloh duolarni qaytarmaydi.
Barcha haqiqatda kechalari bilan uxlamasdan ilm talabida bo‘lgan abituriyentlarga alloh mushkullarini osonlashtirsin. Inshaalloh🤲🤲🤲🤲🤲
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Madinaxon
Hamma òzini ishini qiladi. Man ham . In sha alloh farzandlarim bunaqa jirkanch ishlarni kòrmidi deb duo qilaman. Alloh duolarni qaytarmaydi.
Surish kerak.bulmasa yetti avlodiz shunaqa jamiyatda katta buladi
Madinaxon
Hamma òzini ishini qiladi. Man ham . In sha alloh farzandlarim bunaqa jirkanch ishlarni kòrmidi deb duo qilaman. Alloh duolarni qaytarmaydi.
Sizga rahmat ! Sabrizga va boshqa jihatlarizgayam ! Duolarizda kop kop eslang InshaAlloh farzandlariz albatta yetuk oz kasbini zor mutaxassisi bolib chiqadi...
آمين يارب العالمين
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Madinaxon
Hamma òzini ishini qiladi. Man ham . In sha alloh farzandlarim bunaqa jirkanch ishlarni kòrmidi deb duo qilaman. Alloh duolarni qaytarmaydi.
Haqqini talab qilganlarni bittasi Sattoriy
Boshqa gapim yuq.
Good luck
Диёрбек...Тургунов...))
E toʻriside bunaqa xolatda ertsngi kelajak boʻlarmidi yowla tik tokka qarab kottalar esa televizordagi xiyonat xaqidagi seriallarni koʻradi hamma daavlat rivojlanish chiqqisi bizchi qayodagi tanirofkagayam prezident aralashib yotibdi
Кўп ғам еманг. Тик токга ҳам сизу бизга ўхшаганлар ёки аслида қандай бўлса ўшалар киряпти. Бир кун хаммаси яхши бўлади. ИншоАллоҳ
Aytganiz kelsin toʻgʻri gapiryabsiz va yana bir narsa oilaviy sharoiti tufayli repititorga bora olmagan barcha kabi 2 3 ta fandan mukammal tayorlana olmagan lekin qalbida oliy talim olish ishtiyoqi porlab turgan abituryentlarga ham Alloh omadini bersin🙂🤲✨
Show next 100 comments