Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Диёрбек...Тургунов...))
E toʻriside bunaqa xolatda ertsngi kelajak boʻlarmidi yowla tik tokka qarab kottalar esa televizordagi xiyonat xaqidagi seriallarni koʻradi hamma daavlat rivojlanish chiqqisi bizchi qayodagi tanirofkagayam prezident aralashib yotibdi
Кўп ғам еманг. Тик токга ҳам сизу бизга ўхшаганлар ёки аслида қандай бўлса ўшалар киряпти. Бир кун хаммаси яхши бўлади. ИншоАллоҳ
Aytganiz kelsin toʻgʻri gapiryabsiz va yana bir narsa oilaviy sharoiti tufayli repititorga bora olmagan barcha kabi 2 3 ta fandan mukammal tayorlana olmagan lekin qalbida oliy talim olish ishtiyoqi porlab turgan abituryentlarga ham Alloh omadini bersin🙂🤲✨
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Шомурод Кодиров
Кўп ғам еманг. Тик токга ҳам сизу бизга ўхшаганлар ёки аслида қандай бўлса ўшалар киряпти. Бир кун хаммаси яхши бўлади. ИншоАллоҳ
Aka uzizni ovutishga yomon usta ekansizda.Gaplariz kelajagimiz buyuk degan gapga uxshash ekan.Lekin usha kelajak qachon kelishini,qachon buyuk bulishini hech kim bilmaganidek,qachon hammasi yaxshi bulishini ham hech kim bilmaydi.ammo noumid shayton😄
lekin, aslida, mana shunday adolatsizliklarning mavjudligi abituriyentlar uchun eng katta motivatsiya bo'lishi mumkin.
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Adalat apamga Green card chiqqan.Insofbek akamga erga tegib ikkisi amerikaga ketgan.Bunga ham ancha yillar bulib qoldi.Hozir farzandli bulib ketgan ular amerikada.Farzandlari Rivojlanishbek,Antimonopoloy,Antisenzuraoy,Haqiqatjon hamma hammalari shuyoqda baxtli hayot kechirishyabdi.
Allohni adolatiga ishoning tamom... Boshqa biz korayotgan adolatlar aslida adolat bolmasligi ham mumkin... Bandasidan kutaverib oziz avvalo organib qolgansiz chogi... Bandasidan sorayverganizdan keyin, bandasidan nimadir kutaverganizdan keyin shunaqa boladida... U bunday, bu unday deb yuraverasizmi?! Qachongacha?! Olganizchami?! Oziz nimadir qimaysizmi farzandlariz agar bolsa farzandlarizga aytmaysizmi... Mana shulardan ornak ibrat ol va aslo bularga oxshagan bolma, deb uqtirmaysizmi?! Oziz mayli yaxshilik kormabsiz shekilli shu paytgacha... Farzandlariz yaxshilik korishi uchun endi kurashsayiz bomaydimi?! Ular uchun harakat qiling... Ularni ilmlik qiling bilimlik qiling... Shuni unutib qoyyabsiz... Haqiqiy ilm va bilim egasi hech qachon hech qayerda maglub ham bolmaydi, adolatsizlikka ham uchramaydi, InshaAlloh !
Madinaxon
Oilangizga tushuntirishdan boshlash kerakda hammasini. Kòrgizmang televizor kirishmasin tik tokka . Shu ishlarni tògirlating
Men televizor koʻrmayman toʻgʻri ota onam koʻradi...ukamga kelsak u abiturient yaqinda oʻqiwga topwiradi man oʻzim un xulosa chiqarib olganman hozir yowlar tik tok, pubg oʻyini un nmla qilmaydi deysiz aslida bu biz un eng katta zarba Yevropa tomonidan
avvaldan biz musulmon davlatlaridan qoʻrqiwadi chunki bizni ota bobolarimiz hamma narsani biliwgan
" АЛҲАМДУЛИЛЛАҲ "
Илохим айтганингиз келсин ўқиганлар ўқишга кирсинлар омин .
☆LobaR☆
Омин
Эшмаматова Н
Хақиқий тайёрланганларга омад ёр бўлсин
Hammaga omad yor bolsin
Hali vaqt bor ko'proq o'qingizlar 20 25 foizga oshirasizla bilimlarzni
Alloh barchamizni omadimizni bersin
Aytganiz kelsin, Xushnudbek reklamani kamaytirib, tosh bosadigan,foydali postlar ham qo‘yib turing, yoki kanalni yopvoring
Raxmat sizniyam
Nigora Muhammadjonovna gapizga qöshilaman nafaqat med inst özi umuman barcha oliy ta'lim dargohidan superni yóqotish kerak lekin bu degani hamma superlar bilimsizga chiqdi deganimasda Usha superlaram ozmi kopmi tayyorgarlik körib super bölishgan ötish baliga ballari yetmaganlari uchun har yili yiqilib charchaganlari uchun yoshlari ötayotganlari uchun super bölishgandur biz bilmemizku ularni vaziyatini öqishga kirish uchun unchalik mashaqiyat bölishi kerak Deb öylameman.Öqishga kirgandan keyin kuchayish kk nateja berish kk bunga Oliy ta'limdagilarni kömagi kk meni fikrim shu.
Lekin oliy talimda super qilp kirgan guruppalarga boshqacha muomila qilwar ekan negadr
Show next 100 comments