Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Bu umumiy bilimlar.Bu oliy talimni foydasi emas.Siz gapni magzini chaqmabsiz
Tushundim gapiga, oqiganizga achinmang xayotda chiroyli yashash u-n ham savodli bolish kk demoqchiman xalos
👤
Туриси укишга киришга таёргарлик ва укишга кетган вактимга ачиняпма
Харакатизга мехнатизга яраша ажойиб натижага эришас иншааллох ноумид булманг
🙃🙃🙃
Харакатизга мехнатизга яраша ажойиб натижага эришас иншааллох ноумид булманг
Еришаман насиб килса узбдан иелтс олиб кетвосам еришаман худо холаса
Nechta yonaliwga topwrsa boladi
Омин омин омин
Маъмура
Ха факат билимлиларни омади келсин
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Diniy bilimni qayerda olib quygansiz.bunaqa qoyillatib quyadigan bilim berib quyibdimi
Man bekorchi vohtim yoq aslida... Ammo hamma qatori yakshanba kuni dam olish maqsadida... Mana shu Xushnudbek aka Xudoyberdiyevni kanalini korish uchun kirgandim va qaysidir manoda shaxsan ozimga maqul bolgan yana bir postga duch keldim va ana shu post ostidagi bazi kommentlarni ham oqidim va osha bazilarini orasidan ozim javob berishga jazm qilganlarimga javob berdim... Ammo foydasi yoqligini keyin anglab yetdim... Mayli nima bolgandayam Alloh hammamizni isloh qilsin... Diniy ilmga keladigan bolsak bazi birlarga oxshab dinimni bilmasdan dinimni ilmini organmasdan yurishga or qilib Allohga qilgan duolarim iltijolar oxiri ijobat bolib dinda Alloh O'zi faqih qilishda davom etayotganlardanman... Yurtimizda ahli ilmlar juda kop... Qaysi birinidir etagini tutib manga shu shu masalalarni orgating dinimni organmoqchiman deganlarni qaytargan biron domlarni ustozni imomni kormadim shu vohtgacha alhamdulillah... Yurtimizda qayerida diniy talimga ruxsat ekan deb savol berguncha qaysi bosayam ahli ilm imomni oldiga boring yoq demaydi... Hech biri... Shaxsan man uchratganlarim shunday... Diniy ilmni avvalo kitobdan keyin ustozdan organiladi... Kitob bolsa bor... Sizda kitob oqishga qiziqish yoqligi u mani yoki boshqani aybi emas... Xullas siz va sizga kabilarga ortiq gapirmayman... Juda kop shukr qiladiganlardan degan gapizga kelsak, Alloh Haq subhana huva taolo bu haqida O'z Haq kalomida shunday marhamat qiladi: "Qasamki, agar shukr qilsangiz, ziyoda qilurman."
Hurmatli Okalar opalar boldi bas qiliylik baxs munozarani bu juda baxs munozara qiladigon narsalar emas.Yuqoridagilarniyam tinch qöyaylik körmasdan bilmasdan turib yomonlamaylik hamma özini bilsin.Özgalarni ishiga burnini suqmasin.Yuqoridagilaram bekorga yuqorida ötirishgani yoq ularam nimadur qilishyapdi bosh qotirishyapdi Ularam shu martabaga chiquncha ancha muncha yölni bosib qöyishgan undan köra bizgayam shularni yölini bersin deb duo qiliylik.Manimcha yuqorida hammadan bilimlilar har tomonlama yetuk insonlar ötiribdi shunday ekan hamma öz yölida yursa yaxshi bölardi.Aqililik qilgan bölsam oldindan uzur.
Nasiba
O'zi hamma tomonni bilimi bo'lmasa ham puli kup superlar boson yotibdiyu. Oddiy inson was adolatdan gapiradimi
Сизи ёки биронта якинизди укишга киришига супер халакит бердими зиёни тегдимми нма деб ташурасила гапиришдан яхшилаб уйлаб курила
Ертак ёзиб ташамилаааа
Barcha abituriyentlarimizga omad hammasiga talaba bòlish nasib qilsin🤲🤲🤲🤲
кабул бошланмабдику хали.Каттан корвоссила?
Намунча бу гапларин бирон нмани хал киладигандек асабилани бузасила
Shu yildan cheksiz otmga topshirish tasdiqlandimi
👤
Сизи ёки биронта якинизди укишга киришига супер халакит бердими зиёни тегдимми нма деб ташурасила гапиришдан яхшилаб уйлаб курила
Men talabaman. Ikki yil repititor qatnaganman. O'z bilimim bilan kirganman. Ammo guruhimizda superlar bor. Ular deyarli hech narsani bilishmidi.Har semestr deyarli yiqiladi buni nimasi yaxshi. Bilimi bolsa bez super kirsin hamma
☆🌊MoViY DeNgIZiM🌊♡
Ha toppa toģri bu yerda hamma astoydil sitqi dildan tayyorlanvotganla kiromasdan bazida bowqa yollar bilan ham oqishga kirvotganlar ham borde toģri gapirganla
Bu yil hammaga talaba bòlish nasib qilsin omin🤲🤲🤲
Abituriyentlarni hammasi Talaba bo'lsin. Amin🤲
Show next 100 comments