Барча юртдошларимизга мурожаат!
#abituriyent

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Komola
iltimos
Komola
kimdir hujjat topshirgandir
Ассалом алейкум Хушнудбек рахмат сизга мени болам хам эрталаб 4 дан кеч 18 гача репититорда булади укишга кираман деб озиб кетди халовти йук тиним билмай билим олаяпти ишкилиб орзулари руебга чиксин
Universitetga kirgandan so'ng abiturentlik paytidagi ishtiyoqni keraksiz fanlar va SSSR mafkurasidagi domlalar yo‘q qilib yuborar ekan
Abturiyentlarga omad tilab qolaman talabalik gashtini surish nasib qilsin
Komola
Xushnud Xudoyberdiyev iltimos savolimga javob bering nechta joyga topshirish mumkin qilib qo‘ydi
Barcha Abituriyentlarga talabalik baxti nasib etsin. O'qishga qabul qilindi habarini o'qish juda katta baxt😃
5 ta joyga topshirasiz
Abiturientlarga omad ko’zlagan maqsadlariga yetishsin
⚡️Xorijda o'qiyotgan talaba bir vaqtning o'zida ham o'qishni ko'chirish uchun ham abituriyent sifatida imtihonlarda qatnasha oladimi?
19 iyun 2021.
Ha qatnasha oladi. Buning uchun siz o'rta ta'lim (maktab, kollej yoki litsey)ni tamomlagan diplomingizni pdf shaklida abitur.dtm.uz saytiga yuklagan holatda abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tishingiz va imtihonlarda qatnashishingiz mumkin.
Shu bilan bir vaqtda o'qiyotgan oliygohingizdan transkript (yoki reying daftarchasi)ni pdf shaklida transfer.edu.uz saytiga yuklab o'qishni ko'chirish uchun ham ariza topshirishigiz va imtihonlarda ishtirok etishingiz mumkin.Sizda bir vaqtning o'zida ikkita imkoniyat mavjud va buni hammaga e'lon qilishingiz shart emas. Katta ehtimol bilan imtihonlaringiz bir kunga va bir vaqtga to'g'ri kelib qolmaydi, bundan xavotirlanmang.
AGARDA:
👉 Abituriyent sifatida talaba bo'lsangiz - o'z xoxshingizga binoan o'qiyotgan oliygohingizdan akademik ta'til olasiz (yoki talabalar safidan chetlatilasiz) va o'rta ma'lumot hujjatlaringizni olib ketasiz. Bu hujjatlarni o'qishga kirgan oliygohingizga taqdim etasiz. Ularga bu haqida aytishingiz shart emas, kerakli hujjatlarni taqdim etsangiz kifoya.
👉 O'qishni ko'chirish uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tsangiz - abituriyent sifatida imihonlarda qatnashganingizni shunchaki unutasiz va hech narsa bo'lmagandek 2-kursdan o'qishingiz ko'chirgan oliygohda tahsilni davom ettirasiz.
👉 Bir vaqtning o'zida ikkila imtihondan ham muvaffaqqiyatli o'tib qolsangiz - ikkisidan birini tanlashingizga to'g'ri keladi, aks holda vaqti kelib ikkalasidan ham quruq qolishingiz mumkin. Ikkala OTM ham o'rta ma'lumot diplomingizning asl nusxasini talab qiladi. Siz esa bir vaqtning o'zida bir hujjatni ikki joyga taqdim etolmaysiz. Nimadir yo'lini qilsangiz ham keyinchalik baribir birini tanlashingizga to'g'ri keladi.
☝️Agarda siz O'zbekistonda turib o'qishingizni ko'chirmoqchi va abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lsangiz unda aniq ikkisidan ham quruq qolasiz. Sababi sizning pasport ma'lumotlaringiz bazadan talaba sifatida chiqib kelaveradi. Agarda ma'lumotlaringiz talabalar bazasida mavjud bo'lmasa imtihonlargacha yetib borasiz, lekin undan keyingi holatda baribir ma'lumotlaringiz chiqib kelaveradi.Shu sababli bir vaqtning o'zida ikki joyga hujjat topshirish xorijiy oliygohlarda o'qiyotgan talabalar uchun foydaliroq hisoblanadi. Yana bir gap bu harakatlaringiz noqonuniy hisoblanmaydi.


Shu ma'lumotlar qanchalik rost yoki to'g'ri?

Xushnud aka shunga ham aniqlik kiriting iltimos....
@Xushnudbek
Hamma abituriyentlarga omad bu yil talaba bo‘lish nasib qilsin barcha abituriyentlarga.
Ilohim aytganingiz kelsin. Òtgan yili 2 ta fan bòlib ham imtihon vapshe oson bòlib òshanqangi bilimi yòqlar ham kirib qoldida essiz
Chin dildan tayyorgarlik ko'rgan tunu kun kitobdan bosh ko'tarmi o'qigan abituriyentlarga Omad tiliman Alloh qo'llasin grantlardan bo'lib kirish nasib qilsin
☺☺☺
Assalomu alaykum Xushnudbek aka menda savol bor edi
Xotin qizlar boyicha kvota ajratilgan edi shunda oqishga topshirayotganda faqat birinchi yonalishiga otadimi yoki barchasigami
Shuni aniqlashga yordam bering iltimos
Barcha abituriyentlarga omad
Абди☄Шохи☄Муродбек☄
Xushnud aka gap yo'q tilaklarizga manam tilakdoshman kallasi xumla kirolmasiiiin
Ota onasi puliga dediz to'g'rimi, bu yerda super kantraktga kirganlarni ham nazarda tutdizmi yoki...
Ilohim hamma talaba bòlish baxtiga muyyassar bòlsin
Assalomu alaykum Alhamdulillah talabaman bu yil o‘qishga hujjat topshirib o‘zimni sinab ko‘rsam bo‘ladimi bu hozir o‘qiyotgan o‘qishimga ta'sir ko‘rsatmaydimi
Show next 100 comments