⚡️Ўлим ҳолатлари сони 60тага етди

Охирги 3 кунда қайд этилган ўлим ҳолатлари:

51-ўлим: Сурхондарё вилояти Музработ туманида яшовчи 35 ёшли С.С. (эркак);

52-ўлим: Навоий вилояти Зарафшон шаҳрида яшовчи 55 ёшли Ж.Ў. (эркак);

53-ўлим: Сурхондарё вилояти Термиз шаҳрида яшовчи 67 ёшли Р.А. (эркак);

54-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 69 ёшли В.М. (эркак);

55-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 50 ёшли Р.Ю. (аёл);

56-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 66 ёшли М.Р. (аёл);

57-ўлим: Хоразм вилояти Шовот туманида яшовчи 56 ёшли Д.С. (эркак);

58-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 53 ёшли М.К. (аёл);

59-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 76 ёшли В.Т. (аёл);

60-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли М.Х. (аёл).

Вафот этган юртдошларимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

326 comments

Show 100 more comments
Maqsad. Tanqid emas har birimiz o'zimiz kurashaylik.
M.Jalolov
Maqsad. Tanqid emas har birimiz o'zimiz kurashaylik.
Qo'simcha ishim sabab 5 10 soat qolqopda yurishga majburman. Hozir yechsam qol bir ahvol majburmiz bu bizni kurash qurolimiz. Hammasi Allohdan deyishlikni bas qilaylik. Alloh ham o'zini asraganni asraydi, o'ziga jabr qilganni emas.
Muxlisa
Jizzaxda karantinligi sezilmayabdi.
M.Jalolov
Maqsad. Tanqid emas har birimiz o'zimiz kurashaylik.
Tanqid taraqqiyot omili emasmi? To'g'ri o'zimizni o'zimiz asrashimiz kerak, lekin tanqid va jamoatchilik fikri mamlakat taraqqiyoti uchun juda muhim, o'zimizga chetdan ham bir qarab ko'ring!
Shahriddinov Eshmurod
Nima bulgan taqdirda ham davlat siyosati uzlari bilishadi nima qilishni bizdan surashmasa ham kerak
INSHAALLOH, JAMOATCHILIK NAZORATI TUSHUNCHASI YAQIN ORADA TO'LIQ BO'Y CHO'ZADI. SHUNDA BIZDAN SO'RASHGA MAJBUR BO'LISHADA. AGARDA O'TIRILGAN O'RINLARIDAN UMIDVOR BO'LISHSA.
Shu qancali tori??
Yana bir og'riqli nuqta. Maktab ta'limida ona tili va adabiyot soatlarini kamaytirilayotgan ekan. Qaysi aqllidan chiqqan ekan. Aniq o'sha odam o'zbek tilida gaplashmaydi. Men pedagog sifatida buni tomoman qoralayman va qarshiman. Nimaga bolalarga boshlangich sinf hatto bog'cha paytidan ingliz tilini soatlari kopayib borar ekan-u, millat tili kamayarkan. Mayli chet tilini ko'payishi qarshi emasmiz. Lekin bu o'zbek tili hisobigami? Degan haqli savol tug'iladi. Til jihatidan ko'pchilgimiz qoniqarli ahvolda emasmiz. O'zbek tilida muloqot qilishimiz bu bizni til bo'yicha mukammal ilmga ega ekanligimizdan dalolat emas. Bu birgina organ yoki shaxsning emas xalqnining izmidagi narsa. Bu borada xalq bilan hisoblashish zarur "ey ahli dohiylar". Aksariyat bugungi kundagi mutaxasislar hatto til sohasida ham qoniqarsiz ahvolda. Yoshlar bir dona Arizani 4 5 martalab yozishiga to'g'ri kelyapti. Iltimos tilni soatiga tengmanglar. 🙏🙏🙏
Umarjon
Ассалому алайкум Хушнудбек. Жарқўрғон туман судига қилинган харакат буйича сизи фикризи билмоқчи эдим.Мансабдор шахсларнинг харакатларида жиноят таркиби борми. Вақт ажратиб шу хақда пост қолдирсангиз яхши буларди
Сабр
Охратлари обод булсин илохим
Oilalariga sabr, Allohim jannatlaridan nasib qilsin ilohim
Sherzodbek
Жорий ҳукуматда қатъият етишмаябди. Тартибли шаҳдам ҳаракат йўқ. Иккинчи жаҳон урушида Сталинни қаттиқ қўллиги билан урушда ғалаба қозонилган деган иддаолар илгари сурилади. Коронавирус билан ҳам жанг кетябди, инсон битта жиҳати билан коронавирус дан устун, яъни ақли билан. Қарор чиқариш имконияти билан устун. Демак кескин қарорлар чиқариш керак. Президент Шавкат Мирзиёев фақат қуруқ гаплар билан эмас, амалда халқни ушбу оғир вазиятдан олиб чиқиб кетиши керак, сайловолди тарғибот-ташвиқот жараёнида айтилган битта гап ҳозиргача эсимда, тинчликни сақлашга қодир бўлган номзодга овоз беринг!
Bu balolarni yengib o'tishning bir yo'li bor bu SABR. INSHAOLLOH yaqin qoldi tezda davosi chiqadi.😷😷😷
Aslida òlim soni kòp hattoki judayam kòp,kecha 6 larda bitta hamshaharimiz shu narsadan vafot etganini eshitdik,Alloh rahmatiga olsin!Lekin hech qanaqa malumot berilmadi internetda!Kasallik chiqayotgan òchoqlar aytilmaydi.shunchaki viloyat nomi aytiladi,kimdan nimani, nega yashiryapti bular😔😔😔😔😔
Охиратлари обод бўлсин. Хар бандани Худони ўзи панохида асрасин
M.Jalolov
Men virusolog emasman ammo, oddiy to'rt dona sepilayotgan xlormi boshqa vositami bu dizenfeksiya emas. Hatto bozordagi ses xodimi ham 6 bolar bolmas ketadi. Vaholanki bugungi kunda ulgurji bozorlarda savdo ertalabgacha
Dezinfeksiyadan foyda yuq deb aytw yaramaydida. Balkm yetarli darajada bulmayotgandr , balkm bowqa gap suzdr, l.n manawu dezinfeksiya moddalari bn qarwi kurawyaptiku butun dunyo
Dilshod Eshonqulov
Ассалому алайкум. Мен узим эпидемиологман. Хозирда тиб ходимлари тамонидан нозоратни яхши йулга куйишмаябди. Касал билан мулокотдошлар назардан четда колаябди. Касаллик аникланган ишхона, обектлар карантинга йопилмаябди. Бу кетишда касаллик сони ошиб бораверади.
Show next 100 comments