⚡️Ўлим ҳолатлари сони 60тага етди
Охирги 3 кунда қайд этилган ўлим ҳолатлари:
51-ўлим: Сурхондарё вилояти Музработ туманида яшовчи 35 ёшли С.С. (эркак);
52-ўлим: Навоий вилояти Зарафшон шаҳрида яшовчи 55 ёшли Ж.Ў. (эркак);
53-ўлим: Сурхондарё вилояти Термиз шаҳрида яшовчи 67 ёшли Р.А. (эркак);
54-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 69 ёшли В.М. (эркак);
55-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 50 ёшли Р.Ю. (аёл);
56-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 66 ёшли М.Р. (аёл);
57-ўлим: Хоразм вилояти Шовот туманида яшовчи 56 ёшли Д.С. (эркак);
58-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 53 ёшли М.К. (аёл);
59-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 76 ёшли В.Т. (аёл);
60-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли М.Х. (аёл).
Вафот этган юртдошларимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.
👉 @xushnudbek 👈
Hurmatli kanalimiz a'zolari! Ayni vaqtda Covid 19 kasalligi yuqori tezlikda ko'paymoqda😞
Men Toshkent shahar, Chilonzor tumanida kvartirada yashayman. 1 hafta oldin menda isitma 37 gradusdan baland ko'rsatdi. Biroz muddatdan keyin yo'qoldi. Ammo 2 kun oldin tempraturam 40 gradusgacha chiqdi. Hammayog'im zirqirab og'rimoqda. Ta'm sezish yo'qolgan.2 kun oldin 1003 ga 20 daqiqa deganda bog'landim. Afsus ular ham hech narsa qilib berisholmadi. 103 (Tez yordam) ga telefon qilishni foydasi yo'qligini, hozir sizni olib ketisholmasligini aytib o'tdilar. Kecha ertalab ahvolim biroz og'irlashgandan so'ng, tez yordam chaqirdim. Shunchaki issiqni tushiradigan ukol qilib yana chiqib ketishdi...
Test topshiray desam, hech qayerda test qabul qilishmayapti. Vahimasiz karantin deyolmayman, chunki katta ehtimol bilan ko'pchilikka Covid 19 yuqmoqda😔.
Hozir shifoxonalarda ham bemorlar ko'paygan. Shifokorlar ham charchashdi.
Balkim kuchli shamollagandirman, lekin har ehtimolga qarshi o'zingizni ehtiyot qiling, bu hazil emas. Chindan ham bu kasallik mavjud... Faqat uy sharoitida, birovlar bilan ko'rishmasdan davolanib chiqishingiz mumkin...
1 hafta oldin men bilan suhbatda bo'lganlar, imkon darajasida shifokorga ko'rining. Testda odam ko'p bo'lsa ham topshirishga harakat qiling....
O'zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling. Hurmat bilan kanal admini Nodirbek!