Hasankhoja Muhammad Sodiq
Na istak, na orzu, na hoyu havas,
Dunyoga zigʼircha ketmasin hushim.
Robbim, yolvoraman Sendan iltimos,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Qaysidir pastkashning ostonasida,
Yuzimga yopilgan darvozasida,
Jonimni hovuchlab oʼt orasida,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Mol—davlat demayman, sinoat bergin,
Bir burda nonga ham qanoat bergin.
Qiyomat kunida shafoat bergin,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Sinovlar kelsada, goʼzal sabr ber,
Oʼsha sabrlarga biroz ajr ber.
Qulingman, illo Sen shohdek qadr ber,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Faqirlik bersang—da, koʼnglimni toʼq qil,
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil.
Sen qudrat sohibi, men koʼzi soʼqir
Аmmo hech birovga tushmasin ishim.
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil,
Oʼzingdan oʼzgaga tushmasin ishim...
5 comments
@Miss_Ledy@
May 1, 2021
Ha zor haqiqat
Azizaxon Nasriddinova
May 1, 2021
Domla, hali she'r ham yozasizmi?) Bizni lol qoldiryapsiz...
218-20 Najimov Xojimurod
May 2, 2021
Gap söz topolmadm. Mashaolloh deymz faqat Mashaolloh......
.
Jun 5, 2021
Bunda bir hikmat bor, qayg'uda yozilgan yanglishmasam, lekin juda ma'noli!
Abdulloh Kholikov
Aug 18, 2021
Azizaxon Nasriddinova
Domla, hali she'r ham yozasizmi?) Bizni lol qoldiryapsiz...
++