Assalomu alaykum! Men bir murojaat bilan yozayotgandim. Ballarni hisoblashda Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga Harbiy oliygohlarga to'plagan ballining 30 va boshqa OTM larga 15foizlik imtiyoz qo'shilyabdi va but Prezident qarori asosida. Lekin ko'plab abituriyentlarni o'ylantirayotgan va tashvishga solgan muammo shundaki, aksariyati bunday ta'lim muassasalari bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlariga topshirgan. JIDU da siyosatshunoslikda 2ta byudjet o'rni, Yuridik universitetda esa har bir yo'nalishga 4tadan byudjet o'rni ajratilgan. Bunday holatda 189ball olgan abituriyentlar ham xavotirda va kontraktda tushib ketishdan qo'rqishyabdi. Mantiqan o'ylab qaralganda bu ijtimoiy adolatsizlik emasmi? Ularga ham armiya xizmat qilganlarga ajratilgan kabi alohida kvota ajratishlari kerak emasmi?