"
Viloyat hokimi olimpiadasi" yangi o‘quv yilida yangicha ruhda davom etmoqda!
Jami 13 turda oʻtkaziladigan olimpiadaning markaziy 9-turi 23-sentabr kuni Hazarasp tumanida
matematika (
5-6 sinf va
7-8 sinf) va biologiya (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning
300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.
💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Umumiy natijalar bilan
➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning
barcha tuman va
shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda
viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.
🏆 Yil yakunida esa
"Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.
Olimpiadaning keyingi turi
oktabr oyida Qo‘shko‘pir tumanida
matematika va
fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.