Avvalo, dam olish kuningizda farzandingiz kelajagi (yurt kelajagi) uchun vaqt ajratganingiz uchun sizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Mavsum endi boshlanayotganini inobatga olib, ba’zi qoidalar va mavjud imkoniyatlarni eslatib o‘tamiz:
1️⃣ Savollar kitobchasi o‘quvchilarda qoladi. Undagi maxsus QR-kod orqali video yechimlarni o‘rganishlari mumkin.
2️⃣ Bugungi musobaqa — olimpiada. Savollar qiyin tuyulishi tabiiy. Farzandingiz video yechimlar orqali muntazam o‘rganib borsa, albatta shunday darajadagi savollarni yecha oladigan bo‘ladi.
3️⃣ Olimpiada kuni istalgan bitta kitobimizni 50 000 so‘m chegirma bilan xarid qilish mumkin. Har bir olimpiadada faqat bitta kitob xarid qilinadi. Ba’zi hududlarga kitoblarimiz keyingi olimpiadadan yetib borishi mumkin.
4️⃣ Ayrim hududlarda tashkilotchilarning yangiligi yoki ro‘yxatdan o‘tmay kelgan ishtirokchilar ko‘pligi sababli turli tushunmovchiliklar yuz berishi tabiiy. Istalgan masala muloqot orqali hal qilinadi.
Biz har qanday tanqid va taklifga ochiqmiz. Zero, eng to‘g‘ri yo‘l — xalq tanlagan yo‘l. Ishtirokchilar juda ko‘p, hammani rozi qilish esa hech kimga nasib qilmagan. Biz mukammallikka da’vo qilmaymiz. O‘rinsiz yoki ortiqcha tanqid qiladiganlar ham uchrab turadi, biroq ularning takliflarini ham inobatga olamiz.
Keling, birgalikda rivojlanaylik. Inson ekanligimizni unutmaylik.
Va alaykum assalom. Hamma hududlarda ham bu safar toʻliq yetib bormagan boʻlishi mumkin. Yetib borgan hududlardan tashkilotchilardan soʻrasangiz boʻladi
Muhammadsafar Ibodullayev
Khiso olimpiada savollari judayam saviyali, khiso olimpiadasida ko'proq qatnashish xalqaro olimpidalarda o'rin olish uchun imkoniyatlar eshigi ochiladi deb o'ylayman, chunki e'tibor bersalariyz xalqaro olimpiadalardagi savollar bolani qandaydir bir hayajonlantiradi.Khiso olimpiada savollarini ham men bir ustoz sifatida xalqaro olimpiada savollariga o'xshataman, shuning uchun ham bu olimpiadada ko'p ishtirok etgan bola xalqaro olimpiadada qo'rqmay ishlab chiqadi
Nafasova Gulnoza
Assalomu alaykum biz qatnashib qaytyapmiz tashkiliy ishlar juda ajoyib boʻlgan👍👍, Samarqand viloyati. Lekin masofa judayyam uzoq ekan, tumanlarga
Bu yilgi boshlangan olimpiada hammaga hayrli bo'lsin Sardor Bazarboyev ishlaringizga omad va sizga kuch quvvat tiliman barcha insonlarni farzandlari hamisha yutuqlarga erishib yursin bugungi olimpiada ham meni farzandlarim qatori barcha bolajonlarga omadli bo'lsin
3sinflarni natijalari aloxida 4simfni natijasi aloxida korsatiladi. Savollari bir xil boladi
Zeboxon Salimova
Assalomu alaykum. Oson savollar bolani pishirmaydi. Bola qiyin savollarni mana shunday olimpiadalarda koʻrmasa qanday oʻrganadi. Biz ham qatnashib qaytdik. Andijonda tashkiliy ishlar zoʻr tartib bilan oʻtdi. Savollar haqiqatda qiyin lekin asta sekin oʻquv yili oxiriga borib bunday misollarga oʻrganib boradi. Maqsad ham shu bolani oʻrgatib borish
1 -savolda to'g'ri javob yo'q ekan