❗️ Ota-onalar va ustozlarga murojaat!

Hurmatli ustozlar va qadrli ota-onalar!

Avvalo, dam olish kuningizda farzandingiz kelajagi (yurt kelajagi) uchun vaqt ajratganingiz uchun sizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Mavsum endi boshlanayotganini inobatga olib, ba’zi qoidalar va mavjud imkoniyatlarni eslatib o‘tamiz:

1️⃣ Savollar kitobchasi o‘quvchilarda qoladi. Undagi maxsus QR-kod orqali video yechimlarni o‘rganishlari mumkin.

2️⃣ Bugungi musobaqa — olimpiada. Savollar qiyin tuyulishi tabiiy. Farzandingiz video yechimlar orqali muntazam o‘rganib borsa, albatta shunday darajadagi savollarni yecha oladigan bo‘ladi.

3️⃣ Olimpiada kuni istalgan bitta kitobimizni 50 000 so‘m chegirma bilan xarid qilish mumkin. Har bir olimpiadada faqat bitta kitob xarid qilinadi. Ba’zi hududlarga kitoblarimiz keyingi olimpiadadan yetib borishi mumkin.

4️⃣ Ayrim hududlarda tashkilotchilarning yangiligi yoki ro‘yxatdan o‘tmay kelgan ishtirokchilar ko‘pligi sababli turli tushunmovchiliklar yuz berishi tabiiy. Istalgan masala muloqot orqali hal qilinadi.

Biz har qanday tanqid va taklifga ochiqmiz. Zero, eng to‘g‘ri yo‘l — xalq tanlagan yo‘l. Ishtirokchilar juda ko‘p, hammani rozi qilish esa hech kimga nasib qilmagan. Biz mukammallikka da’vo qilmaymiz. O‘rinsiz yoki ortiqcha tanqid qiladiganlar ham uchrab turadi, biroq ularning takliflarini ham inobatga olamiz.

Keling, birgalikda rivojlanaylik. Inson ekanligimizni unutmaylik.

Hurmat bilan,
Olimpiada tashkilotchilari

31 comments

Show 10 more comments
Assalomu alaykum. 2-sinflar uchun berilgan
1 -savolda to'g'ri javob yo'q ekan
Assalomu alaykum
Malvina 1 2sinflarga bir xil 3 4sinflarga bir xil boladi doim wunaqa
Zeboxon Salimova
Assalomu alaykum. Oson savollar bolani pishirmaydi. Bola qiyin savollarni mana shunday olimpiadalarda koʻrmasa qanday oʻrganadi. Biz ham qatnashib qaytdik. Andijonda tashkiliy ishlar zoʻr tartib bilan oʻtdi. Savollar haqiqatda qiyin lekin asta sekin oʻquv yili oxiriga borib bunday misollarga oʻrganib boradi. Maqsad ham shu bolani oʻrgatib borish
Zeboxon Salimova
Barcha tashkilotchilarga katta rahmat. Ishlariga rivoj tilaymiz. Bolajonlarni omadini bersin.
Assalomu alaykum. Meni ikkita farzandim ham qatnashib keldi. Aytganizday savollar qiyinroq ekan deb chiqishdi. Lekin shunisi ma'qulroq. Qayta tafakkuri kengayadi. O'g'lim ro'yxatdan o'tgandi, kecha sms keldi. Lekin bugun imtixonda ID sini topib berolmabdi.
GʻAYRATOV KOMRONBEK
Assalomu aleykum 3 sinflarniki rossa murakkab ekanda hali bular oʻtmagan koʻplarini tushunmaydi
GʻAYRATOV KOMRONBEK
Birinchi olimpiadadan shunaqa qiyin tushsa bola qiziqmay qoʻyadi bugalxam qiyin boʻladi deb borgisi kelmay qoladi
Uchinchi sinfga endi borgan bolaga sinfni toʻliq oʻqiganlar savollari berilgan. Savol tuzishda oʻquv yili endi boshlanganligi inobatga olinmagan. Maktab oʻtmagan mavzusidan savol berilishi bolani olimpiadadan zeriktirishi mumkin
Шавкат Ибрагимов
Assalomu alaykum.
Reyting ballariga Copernicus olimpiadasini ballari ham qoshiladimi?
Hilola
Вопросы на олимпиадах всегда сложные, не соответствующие уровню школьной программы. И это нормально - это же олимпиада, а не контрольная работа за отчетный период. Поверьте, на официальных олиипиадах (район, город, Республика) вопросы такого же уровня. Если Вы хотите, чтобы ваши дети участвовали в дальнейшем в серьезных олимпиадах (не только KHISO), готовьте их к именно такому уровню сложности. У меня ребенок участвует в олимпиадах со 2 класса, в KHISO с 3. На официальных - заняла в 5 классе 1 место в районе с большим отрывом от второго. Первые 2 олимпиады она была в ужасе, но ее это заставило много работать над собой и пошли медали одна за другой. Сегодня она тоже вышла с квадратными глазами, сказала, что было очень сложно и, скорее всего, она провалила эту олиипиаду. Тем более, что 7-8 классы награждаются, в отличии от других, в одной категории. Посмотрим на результаты, но даже если это так, то ничего страшного - будет стимул идти вперед и не расслабляться. Моя дочь перешла в 7 класс. Задания уровня 9 класса. Есть куда расти и к чему стремиться.
Assalom alaykum hurmatli tashkilotchilar
Biz borolmay qoldik. Qolib ketganlar uchun iloji yo'qmi endi. Shunchalar kutib yurgandi ammo ulgurmadik
GʻAYRATOV KOMRONBEK
Youtubeda qachon chiqadi video yechimlari
Ахмедова Халимахон
Ассаламу алейкум хурматли ота оналар саволлар хакикатдан хам кийин лекин болангиз иктидорли булса еча олади
Икром Алманов
Ассалому алайкум китоблар сирдарё га келмади хар сафар шунака езилади лекин китоб олишимиз кийин буляпти
O‘tgan yili ham kitoblarni ololmadik. Chegirma deyiladiku lekin kitob kelmaydi. 1-2-kitoblar. Sirdaryo