📊 Bugungi olimpiada natijalari va g‘oliblarni e'lon qilamiz!
Bugun 3-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiadada
jami 138 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari
elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali
soat 17:00 dan boshlab olishlari mumkin.
🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 18 nafar o‘quvchi turli darajadagi
medallar bilan taqdirlanadi.
Taqdirlash marosimi (12-may kungi bilan birgalikda) 7-iyun kuni o‘tkazilishi
rejalashtirilmoqda.📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda har bir o‘quvchining
reyting ballari jamg‘arib boriladi va yakuniy natijaga ko‘ra eng yaxshi natija egalari
"YOZGI MAKTAB-2024" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
❗️ IZOH: TJS - to‘g‘ri javoblar soni, NJS - noto‘g‘ri javoblar soni, BJS - belgilanmagan javoblar soni