Chellenjga siz ham qoʻshiling!

#bazarbaev_bilan_10000_qadam

🏃🏻Soʻnggi bir hafta davomida har kuni kamida 10.000 qadam yurishga bel bogʻlagan edim.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan kuniga 10.000 qadam yurganlarga 3.000 soʻmdan toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan edi. Keyinchalik ragʻbatlantirish yanada takomillashtirilishi aytildi. Hozir gap bu haqida emas aslida. Oʻzim yangi chellenjni (ezgu chaqiriq) boshlashga qaror qildim.

Kimda kim har kuni davomida 10.000 dan ortiqroq qadam bosib oʻtsa Kuntesti mobil ilovasi uchun har kuni 30 ta bepul tanga beriladi. Ham sogʻlom boʻling, ham testlarda bepul qatnashing.

Buning uchun (istalgan dasturdagi) kunlik qadamlar soni 10.000 dan oshgani haqidagi skrinshotni instagram tarmogʻida istoriyangiz mening profilimni belgilagan holda qoʻyishingiz kerak.

Mening profilimni instagramdan bazarbaev_sardor_urinbaevich deb qidirishingiz yoki quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:

👉 INSTAGRAM

24 comments

Show 1 more comment
Kamoliddin
Ajoyib taklif uchun rahmat. Hozirgi qadam yurish bo'yicha dasturlar mukammal ishlab chiqilmagan. Bu dasturlarni kamchiliklari bor (misol uchun qadamni yurmagan holda qo'lda telefonni qimirlatib bajarsa ham bo'ladi). Davlatimiz tomonidan qadam yurish bo'yicha mukammal dastur yaratilib, 10000 qadamga 3000 so'mdan berishni qayta yo'lga quyilsa juda yaxshi bo'lardi. Zero kasalliklarni kasal bo'lgandan keyin davolash emas, balki kasallikni oldini olish bo'yicha ishlar amalga oshirilgani ma'qul. Men o'zimga keladigan bo'lsak 2021 yil dekabr oyidan beri kuniga 9000-10000 qadamdan yurib kelaman.
Men uchun oson challange ekan. 😊

Har kuni kompyuter oldida soatlab o'tirishga to'g'ri keladi, buning diqqanafasligini yengish uchun, sog'liq uchun zararini kamaytirish uchun ilojini topganimda piyoda yuraman.

Qo'shilaman challange'ga
Afsus ertaga bir joyda o'tirishimizga to'g'ri keladi, soat 9:00 dan 17:30 gacha zakovat o'ynaymiz, xudo xoxlasa.

Indindan natijalar bilan o'rtoqlashishni boshlayman
Klara Xusanova
Assalomu alaykum.Shu challangeda telegramdan rasm tashlasa bo'lmaydimi.Instagram noqulayroqda
iltimos.
Assalomu alaykum men bugun oʻz sogʻligim va jiyanim test yechishi uchun harakat qildim endi buni doimiy ravishda qilib boraman
Ажойиб таклиф
Instagrami yoʻlar nima qiladi?
Umida Tursunqulova
Telegram bölsa yaxshi bōlardi Instagram yōq edi
Oʻgʻlim kun testida qatnawadi Xurramov Asilbek haftani toq kunlari ingliz tiliga repitorga 10000 qadamdan xam koʻproq yoʻl yurip boradi uni vidyoga oliwga rasmga olishga menda vaqt yoʻqda taksida boriwini aytip pul xam beraman qoʻliga lekin yoʻq oyi vazifani borgunimca takrorlab boraman ustozga aytiwim oson boʻladi dep ustozi bergan vazifani borgunca oʻqip boradi bu ham celenjga kiradimi vidyo qilip tawasam oʻzim bir kun yurdim rosa carcap qoldim bolamga raxmim kelip dadasiga oboring desam xam bolam xoxlamaydi piyoda boriw xoxlaydi buyil 2sinfga oʻtdi
Ажойиб.👍👍👍👍
Sharofat Hakimova
Salom
Show next 2 comments