❓Ko‘p berilgan savollarga javoblar:
1-savol: Mening raqamim
ucell va menga tasdiqlash kodi kelmayapti, nega?
Javob: Muammo aynan ucell raqamlari bilan bog‘liq bo‘lmoqda va bu bizga bog‘liq emas. Imkon bo‘lsa boshqa aloqa kompaniyasining raqami orqali ro‘yxatdan o‘ting.
2-savol: Savollar shu kanal (guruh) ga keladimi?
Javob: Yo‘q, savollar
khiso.uz saytida bo‘ladi. Siz
shaxsiy akkaunt ochib, olimpiadada qatnashishingiz va soat 22:00 dan so‘ng sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin.
3-savol: Matematikadan ham fizikadan ham qatnashsam bo‘ladimi?
Javob: Albatta, bemalol ikki fandan ham qatnashish mumkin.
4-savol: Qanday ro‘yxatdan o‘taman?
Javob: Ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsil tushuntirilgan qo‘llanma tayyorlaganmiz. Iltimos, tanishib chiqing:
👉 youtu.be/VIm3x31f5zI5-savol: Bir raqamga 2 odam ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, bitta raqamga faqat va faqat bitta odam ro‘yxatdan o‘ta oladi.
6-savol: Boshqa fandan ham bo‘ladimi?
Javob: Ha navbat bilan barcha fanlardan olimpiadalar o‘tkaziladi.
7-savol: O‘qituvchilar yoki talabalar ham qatnashsa bo‘ladimi?
Javob: Bugungi olimpiada aynan o‘quvchilar uchun. Lekin oldinda o‘qituvchilar va talabalar uchun ham olimpiadalar ko‘p.
8-savol: Kichik sinflar ham qatnashsa bo‘laveradimi?
Javob: O‘zini sinab ko‘rish maqsadida qatnashishlari mumkin, lekin savollar qiyinlik qilishi mumkin.
9-savol: Reyting ochkolari qachon beriladi? Jadvalda nega reyting ballim 0 bo‘lib turibdi?
Javob: Reyting ochko beriladigan olimpiadalar hali oldinda)
10-savol: Qanday qilib va qachon sertifikatimni yuklab olaman?
Javob: Soat 22:00 dan so‘ng sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida batafsil tushuntirilgan qo‘llanma tayyorlaganmiz:
👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU11-savol: Oldin ro‘yxatdan o‘tganman, lekin parolimni unutdim. Nima qilsam bo‘ladi?
Javob: Parolingizni qayta tiklab olishingiz mumkin:
👉 youtu.be/dg6iy8nPNMo