This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi maktab — 2025 qanday o‘tdi?

2025-yil 29-iyundan 6-iyulgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi maktabda 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Ulardan 100 nafarga yaqini qo‘shni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurdi. Bu esa yozgi maktabning xalqaro nufuzini yanada oshirdi.

O‘quvchilar kunning birinchi yarmida matematika fanidan xalqaro darajadagi chempion ustozlardan chuqurlashtirilgan mahorat darslarini olishdi. Kunning ikkinchi qismida esa "Yangi O‘zbekiston bog‘i" kabi diqqatga sazovor maskanlarga ekskursiyalar uyushtirildi hamda sport musobaqalari orqali o‘quvchilar o‘zaro do‘stlashish va jamoaviylikni kuchaytirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bu yilgi yozgi maktab nafaqat bilim, balki do‘stlik, madaniy almashinuv va unutilmas xotiralar makoni bo‘ldi.

Kelasi yildan boshlab esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan ham o‘quvchilar ishtiroki rejalashtirilmoqda, bu esa yozgi maktabni yanada kengroq xalqaro maydonga olib chiqishi kutilmoqda.

🎞 YOZGI MAKTAB haqida toʻliq (deyarli 10 daqiqalik) video bilan youtube kanalimizda tanishing: ➡️ https://youtu.be/rR53sVfeEiE

4 comments

Н.У
Гап йук Максат катта Ман жуда хурсантман узбек боллар жохон алимпидаларида узини курсатадиган вакт келди
Umarjonov Olloyor Sherali òģli
Assalomu alaykum. Har bir olimpiadadan soʻng, javoblarini vidyo koʻrinishidagi variantlarini joylab borardingiz. Yozgi maktabda oʻtkazilgan arximed olimpiadasini javob variantini ham tashlab bersangiz. Ishlarizga omad.
Assalomu alekum. Shu yozgi maktab boshlanish va tugash sanalarini prezident maktablariga kirish imtixonlariga tugri kelib qolmasn iltimos, chunki Khiso olimpiadasiga 4-sinf bitiruvchilari ham qatnashib kelishmoqda. Sanalar tugri kelib qolsa yozgi maktabga qatnasholmay qolishkari mumkin, albatta yaxshi niyat da bolalarimizni olimpiada larga qatnashtiryapmiz