Ko‘pchilik tadbirkorlik yoki boy bo‘lish haqida o‘ylaganda, darrov Jeff Bezos, Elon Musk kabi odamlarni misol qilib oladi. Bu tabiiy. Lekin amalda bu yondashuv ko‘p hollarda foyda bermaydi.

Sababi juda oddiy.

Bu insonlar bizdan juda uzoqda. Ularning yo‘li, sharoiti, vaqti, risk darajasi va imkoniyatlari biznikidan mutlaqo boshqa. Ularni ko‘rib ilhom olish mumkin, lekin ularga qarab real qadamni rejalash qiyin.

Aslida eng to‘g‘ri namuna — bu sizdan bir qadam oldinda yurgan odam.

Masalan:

bitta do‘koni bor tadbirkor

bitta restoran ochgan inson

o‘z kasbida barqaror daromadga chiqqan mutaxassis

Bu odamlar:

qayerda qiynalganini biladi

nimadan boshlaganini eslaydi

real xatolarini ochiq ayta oladi

Shu sababli ularning tajribasi siz uchun ancha foydaliroq.

Bu faqat biznesda emas, bilim olishda ham shunday.

Masalan, til o‘rganish:
Ko‘pchilik darrov N1 yoki native darajadagi odamlarni kuzatadi. Lekin bunday odamlar ko‘pincha:

jarayonni unutib yuborgan bo‘ladi

“qanday o‘rgandim”ni aniq tushuntira olmaydi

Asl foydali namuna — sizdan biroz oldinda yurgan kishi:

・N3 yoki N2 ga yangi chiqqan

・yaqinda ishlay boshlagan

・hali xatolarni eslaydigan odam

Uning yo‘li sizga yaqin, shuning uchun takrorlash oson.

Xulosa:
・katta orzular yomon emas. Lekin katta orzularga kichik va real qadamlar orqali boriladi.

Bugun sizga Ilon Mask yoki Donald Trump (dieta qilayotganlar uchun Black Pink-dagi Jeni) emas,
sizdan bir qadam oldinda yurgan inson ko‘proq yordam beradi.

Shuni toping. Shu odamni kuzating. Shu odamdan o‘rganing.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

2 comments

🔥🔥🔥🔥
👏🏻👏🏻👏🏻👏🏻