Тиббиёт ОТМларидаги “ички перевод” масаласида

Тиббиёт олийгоҳларида ўқийдиган талабалардан ички “перевод” жавоблари қачон чиқади, деган саволлар кўплаб келиб тушмоқда.

Шуни алоҳида таъкидламоқчиманки, мазкур масала бўйича менда бирор маълумот йўқ. Соғлиқни сақлаш вазирлигининг масъулларига бир неча бор мурожаат қилганман, ҳозирча якуний жавоблар қачон чиқишини айтишмади.

ССВ матбуот хизмати берган хабарга кўра, ​transfer.edu.uz сайти орқали вазирлик тизимидаги 11 та тиббиёт ОТМга талабалар ўқишини кўчириш бўйича 2 968 та ариза келиб тушган.

Жумладан, мос ва турдош йўналишлар бўйича 1 442 та, нотурдош йўналишлар бўйича 382 та ва бошқа ОТМлардан 1 048 та ариза келиб тушган.

“Жорий йил тиббиёт олийгоҳларига талабалар ўқишини кўчириш бўйича жуда кўп мурожаат келиб тушган. Шу боис мазкур аризаларни кўриб чиқиш жараёни бироз вақт талаб қилмоқда. Ушбу амалиёт натижалари яқин кунларда эълон қилинади”, - дейилади ССВ хабарида.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 89 more comments
Sog'liqni saqlash vazirligida ishga har tomondan "mas'uliyat" bilan qarashadida.Gap yuq sizlarga.👍
Bu yerda bizlarni sikllar o'tib ketyapti, biz darslarga qatnashyapmiz, lekin ko'chirayotgan tibbiyot oliygohimiz bilan bu yerda biz o'tayotgan sikl guruhimizni fanlari mos kelmasligi katta ehtimol. Buning natijasida biz o'tgan sikllarimizni darsdan keyin qolib qaytaddan topshirishimiz kerak, bu degani 1 oy kamida, darsdan keyin yana dars.
O'tkirbek
Har hafta wunaqa haftani oxirida chqadi agar chqmasa keyingi hafta dushanba seshanbaga dib yolg'on gapirishyapti
Ha ariza yozganimizdan beri yaqin kunlarda chiqadi . Arizani javobi chiqqincha 6 Kurs bopqomase boldi. Tepadegiladi otvorish kere
Gulzoda Erkinjonovna
Tez orada deyilganda neca oy yoki haftani chuneylik
Qayerga shikoyat qilishniyam bilmaydi odam bir oy buldi munchalik bulmaslim kerakdaa insof degan narsa bormi chiqaringlar tezroq har hil sharoitda yurganlar bor pervod javobini kutib
Assalom u alekum hammaga veterenariyadan medetsinaga perevod qilsa boladimi agar bolsa qaysi yonalishlarga.
SAPAYEVA
Toshkent transport Universitetiga bu yil intellektual muhandislik (avtomobil transporti) ga kirgan talaba 2kursdan temir yo'l transporti ga perevod qila oladimi? Iltimos javob bering batafsil
Amaldagi nizomga kora 30-avgustda chiqishi kerak edi uje oktyabr keldi yana qancha kutish kerak vazirlik ish faoliyatidan umuman hamma norozi hali 1-oylik mavzu sikllarni yangi perevod qilgan joyimizda atrabotka qilish kerak sal o’ylab kormidimi qanaqa qilib shuncha narsani atrabotka qilib yetqizvolamiz tezroq chiqarsin perevod javoblarini nimasi bu!😡
Xaxaxa tez oradamush.3 kun avval SSV ga qoʻngʻiroq qildim (tinmay qilaman shu kuni javob berishdi) ,qachon chiqadi natijalar desam 1 daqiqa soʻrab beraman deb shu oyni oxiri ekan dedi sentyabrnimi desam ha dedi.Kechayam telefon qildim soʻrasam qachon ariza bergansilar ozi arizadan 15 kun oʻtib chiqadi deydi ,ha undan koʻp oʻtib kettiku ,kechayam soʻragan edim shu oyni oxiri dedilar desam yana 10 15 kundan keyin chiqadi deydi oʻylanib yana menga oʻzi bugun dam olish shanba yakshanbayam dushanba telefon qilib soʻrang dedi.Iltimos lagʻmonni kamroq osilar" tez orada "degan soʻzni ishlatishni maslahat bermayman.
Ассаломалекум, охирги кунларда перевод чикишидан кура, узини вилоятига перевод клаётганлар рад жавобини олишдан куркб колди, Олий талим вазирлигига карашли институтларда бу муоммо булмаяпти, бизя хам муоммо булмаслигини кутиб коламиз, вазирлик бошка булгани б.н кучиришдаги конун коидалар хамма у.н Бир булишини талаб кламиз, биз хам уз вилоятимизда укшни хохлаймиз, шу томонлариниям уйлаб жавобларини чикаришсин ССВ даги ходимлар ,
Yuridika yunalishini ham pervod masalasi holiyam jumboq bulib qolyabti aynan Samarqanda talabalar nima qilishni ham bilishmayabti shuni qachon aniq buladi
DOSTON UBAYDULLAYEV
Med ichki perevodni kutib qiynalib kettik biz talabalarni dardini tushunib kimdir yordam beradimi òqishni ham 1 oyi òtdi tezroq chiqoringlar iloji bòlsa oldindan rahmat
Elon Musk koinotni zabt etayotgan bir paytda biz 2 oydan beri perevod javoblari qachon chiqishini kutib yuribmiz☹️
SSV shuncha odamni kuttirib tepadagilar qanday hotirjam uxlayabti
Tezroq chiqaringlar med ichki perevod javoblarini
Гузаль
Hammaniyam perevod qilmaydiku faqat 3 bahosi yòqlargina perevod oladi. Yoki shu 2960 ta ariza berganlarni hammasi 4,5 likmi
Show next 72 comments